• Datchik chiqish signalining fizik tabiati.
  • 1-2 maruza. Datchiklar va ijromexanizmlari signallarini qayta ishlash




    Download 198,44 Kb.
    bet1/3
    Sana18.01.2024
    Hajmi198,44 Kb.
    #140515
      1   2   3
    Bog'liq
    1-maruza


    1-2 maruza .Datchiklar va ijromexanizmlari signallarini qayta ishlash.
    Аvtomatlashtirilgan tizimdan texnologik jarayonni boshqarishda foydalanish mumkin boʼlishi uchun dastavval uning obʼekt bilan aloqasini taʼminlashga moʼljallangan elementlar toʼgʼrisida oʼylab koʼrish zarur. Аyni holda gap shunday aloqani amalga oshirishda ishlatiladigan datchiklar va ijro etuvchi mexanizmlar haqida bormoqda.
    Datchik va ijro etuvchi mexanizmlarning qaerga - tizimga yoki boshqarish obʼektiga bogʼlanishi haqida baxslashish mumkin, lekin ular qaerga taalluqli yoki bogʼlangan boʼlmasin bir narsa aniq: bu vositalar bir tomondan obʼektning ajralmas qismi, chunki ular uning ichiga oʼrnatilgan va maʼlumotlarni ishlov berish uchun uzatishga hamda bu ishlov berish natijasida olingan buyruqlarni bajarish uchun qabul qilishga imkon beradi; ikkinchi tomondan ular boshqarish tizimining ajralmas qismidir, chunki datchiklar ham, ijro etuvchi mexanizmlar ham organiq jihatdan unga muvofiq kelishi, yaʼni tizimning boshqariluvchi jarayon haqidagi kiruvchi axborotni qabul qilishi uchun, boshqaruv obʼektining esa boshqaruvchi hisoblash mashinasidan (BHM) kelayotgan chiquvchi axborotni qabul qilishi uchun moslashgan boʼlishi kerak.
    Hozirda datchik va ijro etuvchi organlarni texnologik jihozlar (agregatlar, stanoklar va boshqalar) bilan kompleks yetkazib berish anʼanasi mavjud boʼlib, bunda, ularni turli xil hisoblash texnikasi (HT) vositalari bilan turlicha ulanishlar ehtimoli hisobga olinadi. Demak, ularning tuzilishi, ishlash printsipi va xarakteristikalari shu maqsad uchun mos kelishi kerak. Shuning uchun, boshqaruv obʼektining BHM bilan bogʼlanish organlarini tanlash buyurtmachining vazifasi deb hisoblash lozim. Quyida bunday organlar qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini va ularni tanlashda asosiy eʼtiborni nimaga qaratish lozimligini qarab chiqamiz.
    Datchik chiqish signalining fizik tabiati.
    Hisoblash texnikasi vositalari, odatda, elektr signallari koʼrinishida beriladigan maʼlumotlar bilan, baʼzida esa boshqa tabiatdagi signallar bilan (masalan, pnevmoelementlar, oqimchali elementlar asosida) ish koʼradi. Lekin koʼpchilik hollarda datchikning chiqishidan maʼlum xarakteristikali elektrsignallar hosil qilinishi kerak. Shuning uchun, noelektrik kattaliklar (temperatura, bosim, fazoda vaziyatni oʼzgartirishva hokazo) datchiklari, odatda, noelektrik kattaliklarni elektr signaliga oʼzgartkichlar bilan taʼminlangan. Bu oʼzgartkichlar (ularni baʼzan ikkilamchi asboblar deyiladi) tuzilish jihatdan, odatda, oʼlchovchi (qayd etuvchi) element bilan birgalikda tayyorlanadi, «datchik» atamasi esa oʼzgartkich bilan birgalikdagi oʼlchov elementini ifodalaydi.

    Download 198,44 Kb.
      1   2   3




    Download 198,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-2 maruza. Datchiklar va ijromexanizmlari signallarini qayta ishlash

    Download 198,44 Kb.