|
Datchik chiqish signalining parametrlari
|
bet | 2/3 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 198,44 Kb. | | #140515 |
Bog'liq 1-maruzaDatchik chiqish signalining parametrlari.
Zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari quyi darajadagi (taxminan 6-24 V oʼzgarmas tokda) diskret elektr signallari bilan ishlashga moʼljallangan. Shuning uchun, datchik chiqish signalining darajasi shu darajaga mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Obʼekt bilan bogʼlanish qurilmalari asosida (OBQ) ishlab chiqiladigan hisoblash texnikasi vositalari komplektiga, odatda, yuqori volьtli (yuqori kuchlanishli) signallarni (masalan, 220 V) qabul qilish uchun moʼljallangan bloklar ham kiritilgan. Biroq bunday bloklardan foydalanish faqat chiqishi past volьtli datchikdan foydalanish mumkin boʼlmagan hollardagina maqsadga muvofiqdir.
Diskret signallar datchigi chiqishda faqat ikki qiymatga ega boʼlishi, ularni 0 (signal yoʼq) va 1 (signal bor) tarzida talqin etish mumkin. Bunday datchiklarni tanlashda buyurtmachi oʼzgartkichning chiqishida 0 elektr signalining maksimal qiymati 1 signalning maksimal qiymatidan (tizim bu qiymatlarni 0 uchun 1 ni va aksincha qabul qilib «adashtirmaslik» uchun) ancha farq qlish (5-10 marta) kerakligini hisobga olish lozim.
Oʼxshash signalli datchiklar oʼlchanayotgan kattalikning butun diapazoni boʼyicha standart chiqishga ega boʼlishi kerak (odatda bu tokning 0 dan 5 mА oraliqda oʼzgarishi, kuchlanishning 0 dan 10 V gacha oraliqda oʼzgarishi yoki ayrim hollarda datchik hosil qiladigan chastota oʼzgarishidan iboratdir).
Datchiklarning turini tanlash.
Ishlash printsipiga koʼra datchiklar kontaktli va kontaktsiz turlarga boʼlinadi. Kontaktli datchikning chiqishidagi signal kontaktlarning masalan, elektr rele kontaktlarining) mexanik tutashuvi hisobiga elektr zanjirining ulanishi natijasida shakllanadi. Kontaktsiz datchik chiqishidagi signal kontaktsiz elementning (masalan, tranzistorning) qayta ulanishi natijasid shakllanadi. Hisoblash texnikasi vositalari kontaktsiz elementlardan qilingani uchun oʼzining ishlash printsipi boʼyicha ham, elektr signallari parametrlari boʼyicha ham tizimga oson moslashib ketadigan kontaktsiz datchiklar afzalrokdir.
Shuni taʼkidlab oʼtish joizki, kontaktli datchik¬lardan faqat boshqalari boʼlmaganda yoki datchik bilan tizim kirishi oʼrtasida galьvaniq bogʼlanish yoʼqligini taʼminlash talab qilingan hollardagina foy¬dalanish mumkin (maʼlum bir sabablarga koʼra). U holda obʼektning chiqish signali sifatida datchikning «sof» kontaktidan foydalaniladi.
1-расм. Kontaktsiz va kontaktli datchiklarning tizim bilan bogʼlanish sxemalari.
a - kontaktsiz datchikning tizim chiqishi bilan bogʼlanishining sxematik koʼrsatilishi, b, v - datchiklariing kontaktli oʼzgartkich bilan ulangan ikki usuliniig sxematik koʼrsatilishi.
rasm, a da kontakt¬siz datchikning chiqishi bilan bogʼlanishi sxematik koʼrsatilgan. 1-rasm b, v da esa datchiklarning kon¬taktli oʼzgartkich bilan ulanishining ikki usuli sxe¬matik koʼrsatilgan.
1-rasmda quyidagilar shartli ravishda tasvirlangan: 1-boshqarish obʼekti; 2-datchikning oʼlchash elementi; 3-kontaktsiz ikkilamchi asbob (datchik oʼzgartkichi); 3-kontaktli oʼzgartkich; 4-tizimning kirish signallarini qabul qilish boʼgʼini; 5- boshqarish tizimi; U-datchikni taʼminlovchi kuchlanish.
Ijro etuvchi mexanizmlarga talablar asosan boshqarish obʼekti tomonidan va biroz darajada boshqaruvchi tizim tomonidan belgnlanadi. Haqiqatdan, agar, masalan, ijro etuvchi organ biror kontaktor boʼlsa, u holda uning xarakteristikalari birinchi navbatda bu kontakt ulaydigan zanjirlarning quvvati bilan belgilanadi. Ikkinchi tomonidan, tizim tarkibiga kiruvchi chiqish kuchaytirgichlarining nomenklaturasi, odatda, ancha cheklangan va boshqaruv obʼekti turli ijro etuvchi mexanizmlarining katta spektrlarini har doim ham «qoplab» ololmaydi.
Buyurtmachining vazifasi shundan iboratki, ijro etuvchi organlarni, asosan, tizimning kuchaytirgichlariga boʼladigan yuklanishlarning qiymati va xarakteri boʼyicha imkoni boricha maksimal darajada bir xillashtirishga erishishdir. Bundan tashqari, agar obʼekt uchun noelektrik tabiatdagi boqaruvchi signal talab qilinsa, u holda ishlab chiquvchi tegishl oʼzgartkichni tanlab olishi kerak.
Ijro etuvchi mexanizmlar nomenklaturasi va qiymati aniqlangandan soʼng buyurtmachi boshqarish tizimi tarkibiga kiruvchi chiqish kuchaytirgichlarining xarakteristikalari va nomenklaturasiga qoʼyiladigan asoslangan talablarni taʼriflab berishi kerak.
Baʼzi ijro etuvchi mexanizmlar shunday tuzilganki, ularda kiruvchi boshqaruv signali turli xil mexanik va elektr moslamalar hisobiga boshqaruvchi kirish signalini xotiraga olish amalga oshiriladi. Bunday mexanizmni ishga tushirish uchun uning kirishiga impulьs tarzidagi boshqaruvchi signal berish yetarli. Bu signal olingandan soʼng mexanizm unga oʼchirish haqidagi maxsus signal berilmaguncha ulangan holda turadi. Bunday mexanizmga misol tarzida xonadagi oddiy elektr oʼchirgich (viklyuchatelь) ni keltirish mumkin.
Boshqa turdagi ijro etuvchi mexanizmlar kirishda ulanishga signal bor ekan, ulangan holda turadi va agar boshqaruvchi signal boʼlmasa, uziladi. Bunday ijro etuvchi mexa¬nizmga misol tarzida uyga kiraverishdagi elektr qoʼngʼirogʼi tugmachasi xizmat qilishi mumkin.
Ijro etuvchi mexanizmning biror turini tanlash texnologik jarayonning oʼziga xos xususiyatlariga bogʼliq boʼlib, tizimning kirish qurilmalari strukturasiga va axborotni chiqarish dasturiga katta taʼsir qiladi. Bu taʼsir xotirali mexanizmlarni boshqarish uchun ikkita boshqaruvchi buyruqni - ulashga va uzishga alohida buyruqni shakllantirish zarurligi (xotirasiz ijro etuvchi mexanizmlarda buning zarurati yoʼq) bilan belgilanadi. Аyrim hollarda biror sababga koʼra ikki boshqaruvchi kirishli mexanizmlardan foydalanish mumkin boʼlmaganda, lekin tizim chiqishida xotirlash talab qilinganda, bu xotirani tizimning chiqish kuchaytirgichlariga «koʼchirishga» toʼgʼri keladi, yaʼni ulash va uzish uchun kirishlari alohida boʼlgan ijro etuvchi mexanizmlarni boshqarishga oʼxshash maxsus xotirali kuchaytirgichlardan foydalanishga toʼgʼri keladi.
Koʼpincha ijro etuvchi mexanizmning quvvati yeki boshqa xarakteristikalari uni bevosita tizimning kirish kuchaytirgichlari orqali boshqarishga imkon bermaydi. By holda moslovchi element oʼrnatishga toʼgʼri keladi (odatda bu rele bilan ishlaydigan dastlabki kuchaytiruvchi oraliq blokidir), u oʼz kirish parametrlari boʼyicha tizim kuchaytirichlariga toʼgʼri kelishi, chiqish parametrlari boʼyicha esa ijr etuvchi mexanizmlarga toʼgʼri kelishi lozim.
Shunday qilib, boshqarish obʼekti bilan tizim oʼrtasidagi aloqani taʼminlash uchun buyurtmachi quyidagilarni bajarishi kerak:
1) boshqarish tizimining kirish va chiqish axborotlari hajmini analogli (uzluksiz) va diskret signallari boʼyicha alohida-alohida ishlab chiquvchi bilan aniqlashi va kelishib olishi;
2) diskret va analogli kirish signallarining maʼqul boʼladigan (boshqarish tizimi bilan tutashish nuqtai nazaridan) parametrlarini ishlab chiquvchi bilan aniqlashi va kelishib olishi;
3) tizimning datchiklar zanjirlari bilan galьvaniq ajralishini talab qiluvchi hamma kirishlarini sanab chiqishi va tizimni ishlab chiquvchi bilan bunday ajralishni amalga oshirish usullarini kelishib olishi (kontaktli kirishdan yoki tizimning kirish qurilmalaridagi sxemali yechimlardan foydalanish);
4) diskretli va analogli signallar datchiklarini talab qilingan xarakteristikalarni (chiqish kuchlanishi amplitudasi, yuklanish toki, datchik turi, ishonchlilik va hokazo) hisobga olgan holda tanlashi;
5) boshqarish obʼekti ijro etuvchi mexanizmlarini imkoni boricha tizimning chiqish kuchaytirgichlari nomenklaturasini hisobga olgan holda tanlash;
6) ijro etuvchi mexanizmlarning chiqish kuchaytirgichlari va kirish zanjirlari parametrlari mos kelmagan holda tegishli moslovchi oʼtish qurilmalarini tanlash, shuningdek, ularni obʼektda joylashtirish oʼrnini aniqlashi;
7) tizimdan obʼektga chiquvchi va boshqaruvchi signalni xotirlashni talab qiluvchi hamma chiqishlarni sanab chiqishi (bunda xotirali ijro etuvchi mexanizmlar bilan taʼminlanganlarni ajratish kerak);
8) boshqarish tizimi tarkibiga kiruvchi analogli-rakamli va raqamli-analogli oʼzgartkichlarga qoʼyiladigan zarur talablarni (aniqlik almashtirish tezligi, chiqish signalining shakli va xarakteri) aniqlashi;
9) datchiklar va kirish qurilmalari orasidagi aloqa liniyalarini taʼminlash, shuningdek, tizimning chiqish tizimlari va ijro etuvchi mexanizmlar orasidagi aloqani mazkur obʼekt uchun kabelь aloqasi (oʼtkazish usullari, xalaqit berishlarga bardoshliligi va boshqalar) talablariga oʼziga hoslikni hisobga olgan holdagi aloqa liniyasini va ishlab chiquvchining talablarini (aloqalarning yoʼl qoʼyilgan uzunligi, biriktirish usullari, halaqit berishning taʼsirini pasaytirish va boshqalar) taʼminlashi.
Buyurtmachining sanab oʼtilgan ishlarni bajarishi (albatta, tizimni ishlab chiquvchi ishtirokida) tizimni boshqarish obʼektiga yanada ishonchli bogʼlashga va keyinchalik mumkin boʼladigan oʼzgartirishlar va qayta ishlashlarni ancha qisqartirishga imkon beradi.
Datchiklardan konservativ foydalanish lozim:
Datchiklar mikrokontrollerning qayta ishlash quvvatining katta qismini sarflaydi.
Qaysi va qancha datchiklardan foydalanishni tanlashda mikro-kontrollerning ishlash quvvatini hisobga oling.
Arduino bizning amaliy maqsadlarimiz uchun etarlicha tez.
|
| |