|
Mavzu: Armaturani taranglashtirishning usullari Bajardi: To’raboyev Ergash
|
bet | 1/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 5,13 Mb. | | #245416 |
Bog'liq Ergash temir beton Bajardi:To’raboyev Ergash Reja: Reja: 1.Armaturani taranglashtirishning mexanik usuli 3. Armaturani taranglashtirishning elektrotermo-mexanik usuli Sterjenli, simli va arqonli armaturani mexanik usulda СМЖ-82, СМЖ-84 gidravlik domkratlart yordamida taranglashtiriladi. Sterjenli, simli va arqonli armaturani mexanik usulda СМЖ-82, СМЖ-84 gidravlik domkratlart yordamida taranglashtiriladi. СМЖ-84 gidravlik taranglashtirish qurilmasi. 1 – telejka, 2 – domkrat, 3 – СМЖ-83 nasos stansiyasi, 4 – moy baki, 5 – elektr uskunalari shkafi, 6 – elektr dvigateli, 7 – nasos, 8 – bo‘shatish-himoyalovchi klapan, 9 – zalotnik, 10 – monometr.
Armaturani taranglashtirish uchun DG-100-2 va DG-200-2 gidravlik domkratlaridan foydalanish mumkin. Gidravlik domkratlar foydalanilgunga qadar tekshirilgan bo’lishlari shart. Bu ish xar uch oyda va har bir ta‘mirlash ishlaridan so’ng amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan domkrat birgalikda foydalaniladigan monometr va nasos stansiyasi bilan birgalikda tekshiruvdan o’tkazilishlari kerak.
Gidrodomkratlar uchun uzatma sifatida mexanik uzatmali СМЖ-83 va qo‗lli uzatmali НСР-400M nasos stansiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Qoliplar va stendlarning tayanchlariga armatura elementlarini bittadan yoki bir vaqtning o‗zida bir necha elementni, yoki konstruksiyaning taranglashtiriladigan armaturasining hammasini taranglashtirish mumkin.
Stendlarda armaturani ikki bosqichda taranglashtirish tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda armatura belgilanganiga nisbatan 40’50% kuch bilan taranglashtiriladi. So’ngra taranglashtiriluvchi armatura to’g’ri joylashgani tekshiriladi, qo’shimcha detallar qo’yiladi, armatura to’rlari va karkaslari joylanib qolipning yon devorlari berkitiladi. Ikkinchi bosqichda armaturani belgilanga nisbatan 10% ortiq kuch bilan taranglashtiriladi va shu holattda 3-5 minut ushlab turiladi. Shundan keyingina taranglashtirish ko’rsatkichini loyihaviy taranglikkacha pasaytiriladi.
Armaturaning taranglik darajasi gidravlik domkratlarga o’rnatilgan va tekshirilgan monometrlar yordamida va bir vaqtning o’zida armaturaning uzayishi bo’yicha nazorat qilinadi. Bu ikkala o’lchov natijalarining farqi 10%dan oshmasligi kerak. Agarda farq yuqori bo’lsa taranglashtirishni to’xtatish zarur va sababini aniqlab, ko’rsatkichlar farqining yuqori bo’lish sabablarini yo’qotish zarur bo’ladi.
Armaturani taranglashtirishda gidravlik domkratlardan foydalanilganda monometr shkalasi qiymati o’lchanadigan bosimdan 0,05 yuqori bo’lmasligi kerak. Monometr mo’ljallangan eng yuqori bosim o’lchanadigan bosimdan ikki martadan yuqori bo’lmasligi kerak.
Taranglashtirish vaqtida gidravlik domkratni o’rnatish jarayonida shunday o’rnatish zarurki uning bo’ylama o’qi taranglashtiriladigan armatura elementi yoki paketining bo’ylama o’qiga mos kelishi kerak.
Quyida PAУЛ Maschinenfabrik “GmbH&Co.KG’’ firmasining zavod sharoitida armaturani taranglashtirib oldindan zo’riqishni hosil qilish uchun foydalaniladigan gidravlik domkratlari va jadvallarda ularning tasniflari keltirilgan.
Ikki gidrostilindrli domkrat.
Nasos agregati va zo’riqishni tushirish uchun to’rt stilindr.
Bir dona simni taranglashtiruvchi domkrat.
4 shlangli 160 kN kuchga ega gidravlik domkrat gidravlik agregati bilan
Armaturani taranglashtirini faqat operatsiyani nazorat qiluvchi texnik xodimlar ishtirokida amalga oshirish mumkin. Nazorat tekshiruv ma‘lumotlari maxsus jurnalga yozib boriladi.
|
| |