|
Bir vaqtning o’zida bir necha xar hil diametrdagi sterjenlarni qizdirishga ruhsat etilmaydi
|
bet | 4/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 5,13 Mb. | | #245416 |
Bog'liq Ergash temir betonBir vaqtning o’zida bir necha xar hil diametrdagi sterjenlarni qizdirishga ruhsat etilmaydi.
Armaturani taranglashtirishning elektrotermomexanik usulining mohiyati shundaki elektr toki yordamida qizdirilgan armatura simi yoki arqoni statsionar yoki o’zi yuruvchi armaturani uzluksiz ma‘lum mexanik kuch yordamida stend yoki qolipdagi tirgaklarga tortib o’raydilar.
V.V.Mixaylov tomonidan taklif etilgan uzluksiz armaturalash egiluvchan armatura simini katta o’ramdan tortuvchi mashinanig blok va moslamalari orqali o’tkazilib qolip tagiga mahkamlangan stilindrik sterdenlar yoki qolipning tirgaklariga tarang qilib tortishdan iborat.
Bir yoki ikki parallel egiluvchan armatura simlari o’ramdan yechilib, uzatuvchi mexanizm orqali posongili tortuvchi stansiya va pinolning tarqatuvchi blokiga o’tadi, va qolip tirgaklarida mustahkam qilib mahkamlanadi.
Uzluksiz o’rash davrida elektr tokidan maksimal ravishda foydalanish tavsiya etiladi, chunki bu vaqtda tortish uchun mexanik kuchning sarfi kam talab etiladi. Elektr toki yordamida armaturani qizdirish harorati 3500С dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Armaturani taranglashtirishning elektrotermo-mexanik usuli
O„zi yurar DN-7 armatura o„rovchi mashinaning sxemasi: 1 - o‘raladigan armatura simi (arqoni); 2- karetkani siljish mexanizmi; 3 - karetka; 4 - karetka pinoli, 5 - uzatish mexanizmi; 6 - bo‘ylama yurish mexanizmi uzatmasi; 7 - siljuvchi kontaktlar; 8 - tortish yuki; 9 – bloklar tizimi; 10 – tortish mexanizmi; 11- elektr shkafi; 12- chervyakli reduktor, 13- elektr dvigaeli; 14 - armatura simi o‘ramini g‘altagi; 15 – tormoz mexanizmi; 16 – payvandlash transformatori.
O’rovchi mashina avtomatik ravishda armatura simini o’rashni boshlash va tugatish vaqtida uni mahkamlaydi va kesadi. Temir-beton konstruksiyalarni uzluksiz armaturalash ko’p mehnatni talab etadigan armatura ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkonini beradi.
Temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda uzluksiz armaturalash usulidan quyidagi ikki turdagi oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda foydalanish mumkin:
b) tashqi vaqtinchalik anker-tirgakli bo’lib, po’lat sim yoki arqon ular atrofidan aylantirib o’tkazilib tortiladi va po’lat sim yoki arqon beton qotgunaga qadar ana shu anker-tirgaklarga tortilgan xolda turadi. Beton qotgandan keyin tashqi chiqib turgan ilmoq kesilgandan so’ng beton ichida xar xil yo’nalishda ankerlangan to’g’ri chiziqli armaturagina qoladi.
a) armaturaning xamma qismi tayyorlanadigan konstruksiyaning ichida joylashadi va po’lat sim yoki arqon maxsus po’lat vtulkalar atrofidan aylantirib o’tkaziladigan ichki ankerli konstruksiyalar;
|
| |