• So’ngra simlarning uchi to’lqinli qisqichlarning plastinalari orasiga o’rnatib siqiladi va pona yoki bolt bilan mahkamlanadi.
  • Bosimli temir-beton quvurlarni tayyorlashda metall yoki temir-beton o’zakka spiral armaturani uzluksiz o’rashda o’rash stanoklaridan keng foydalaniladi




    Download 5,13 Mb.
    bet5/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi5,13 Mb.
    #245416
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Ergash temir beton

    Bosimli temir-beton quvurlarni tayyorlashda metall yoki temir-beton o’zakka spiral armaturani uzluksiz o’rashda o’rash stanoklaridan keng foydalaniladi.
    Spiral armaturani quvurga o„rash sxemasi: 1 – plan-shaybali oldingi babka; 2 – quvur o‘zagi; 3 – oldingi karetka; 4 – orqa babka; 5 – taranglash qurilmasi; 6 – yukni fiksatsiya qilish mexanizmi; 7 – tormoz qurilmasi; 8 – armatura o‘ramini tutgich.
    Birinchi xolda armatura chiqindisi bo’lmaydi va ikkinchisida esa xalqalarni kesish oqibatida armaturaning kalta bo’laklari hosil bo’ladi.
    Oldindan zo’riqtirilgan uzun o’lchamli, katta va og’ir temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda stend usulidan foydalanish keng tarqalgan. Armaturani tayyorlash texnologiyasiga ko’ra paketli va uzun stendlar mavjuddir. Paketli stendlarda armatura elementlarni tayyorlash uchun qoliplovchi maydonga parallel ravishda joylashtirilgan maxsus qurilmalar mavjud bo’ladi. Uzun stendlarda armaturani navbati bilan qoliplash o’qi bo’yicha stendning butun uzunligi bo’yicha tortib taranglashtiriladi. Paketli stendlarda simlar paketini tayyorlash va taranglashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
    Yuqori mustaxkamlikka ega armatura simi o’rami o’ram o’rnatgichga joylashtiriladi va xar bir simning uchi tormozlash qurilmasining, simni tozalash qurilmasi va teshikli diafragmalarning teshiklari orqali o’tkaziladi.
    So’ngra simlarning uchi to’lqinli qisqichlarning plastinalari orasiga o’rnatib siqiladi va pona yoki bolt bilan mahkamlanadi.
    6248 paket stendi: 1-o‘ram o‘rnatgich; 2 – tormoz roliklari bloki; 3 – press; 4 – sudrab tortish konveyeri; 5 – paketlarni ko‘chirish aravachasi; 6 – tirgak va tortish qurilmalari; 7 – SM-513B gidrodomkrati; 8 – ko‘targich.
    Yig’ilgan paket zanjirli konveyer karetkasining mahkamlagichiga o’rnatiladi va mahkamlagich tirgakdan ma‘lum bir masofada o’rnatilgan ohirgi o’chirgichgacha sudrab boriladi. Press yordamida ikkinchi to’lqinli qisqich yig’iladi va paketning ikkinchi uchi tashkil qilinadi. Uchinchi to’lqinli to’lqinli qisqichda simlar siqilgandan so’ng ular uziladi va tayyor paket stoldan olinadi va paket tayyorlash shu ketma-ketlikda olib boriladi. Paketlar ko’prikli kran yordamida o‗rnatiladigan joyiga olib boriladi va bosh va oxirigi tyagalarga taranglashtirish uchun o’rnatiladi
    Stendda armatura paketini tortish. 1 – tortish mashinasining tirgak stangasi; 2 – domkrat shtoki; 3 – ulash muftasi; 4 - xvostovik; 5 – fiksatsiyalovchi gayka; 6 – stend tayanchi konstruksiyasi; 7 – jag‘li qisqich, 8 – to‘lqinli qisqich; 9 – armatura paketi; 10 –taqsimlovchi diafragma; 11 – qolip.
    Taranglangan armaturani bo’shatishni bir tekisda olib borish lozim.
    O’ramli va arqonli armaturani bo’shatish uchun ponasimon gidrodomkrat, vintli va qumli moslamalar, aylantirish tirgaklari va boshqalardan foydalaniladi. Ponasimon moslamalar stenddagi tayanchlarning bir tomonida tayanch va qisqichlar o’rtasida armaturani taranglashtirishni boshlashdan oldin o’rnatiladi.
    Kuchli qoliplarda esa ularni kuchli qolip tagiga o’rnatiladi va bu uning chekka qismlarini tayanchlar bilan birga qolipda o’rta tomonbir maromda siljishining imkonini beradi.
    Download 5,13 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 5,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosimli temir-beton quvurlarni tayyorlashda metall yoki temir-beton o’zakka spiral armaturani uzluksiz o’rashda o’rash stanoklaridan keng foydalaniladi

    Download 5,13 Mb.