|
Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish
|
bet | 1/12 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 357,5 Kb. | | #230660 |
Bog'liq NEFTNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR ASOSIDAGI SINTEZLAR
MAVZU: NEFTNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR ASOSIDAGI SINTEZLAR
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I.ASOSIY QISM…………………………………………………………………..6
1.1. Neftni qayta ishlash usllari…………………………………………….………6
1.2.To’yinmagan uglevodorodlar…………………………………………………12
1.3.Sintez gani asosida uglevodorlar olish jarayonini o’rganish va sintez reaksiyasi………………………………………………………………………….18
II.TAJRIBAVIY QISIM………………………………………………………...24
2.1. Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar………………………………...……...24
2.2. Etilen va uning gomologlarining olinishi…………………………………….24
III.Olingan natijalar tahlili…………………………………………………...…27
XULOSA………………………………………………………………………....28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………….…30
KIRISH
Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Bugungi kunda ilm - fanning keng miqyosda rivojlanishi insoniyat hayotining yanada yaxshilanishi uchun yetarli darajada zamin yaratmoqda. Bu o‘rinda turli sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlarning ishlarini ta’kidlab o‘tish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, o‘zbek olimlari ham turli sohalarda o‘z iqtidorini namoyon etib, o‘zining ilmiy ishlari, tajribalari bilan xalqaro maydonda yurtimiz obro‘sini yanada oshirmoqda.
Respublikamizda kimyo sanoatini modernizatsiya qilish ishlab chiqish korxonalarining xomashyo bazasini maxalliylashtirish va ular asosida import o’rnini bosadigan yangi turdagi kompozitsion materiallar ishlab chiqarish borasida ilmiy- amaliy natijalarga erishilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 7- fevraldagi PF-4947-son “O’zbekistonni yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi” farmoni, 2017-yil 29- avgustdagi PQ-3246-son “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi 2018- yil 17- yanvardagi PQ-3479-son “Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari talab yuqori bo’lgan maxsulot va xomashyolar turlari bilan barqaror taminlash chora- tadbirlari to’g’risida”gi 2019-yil 3-aprelda PQ-4265-son “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va unning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari.
Bugungi kunda fan va texnikaning taraqqiyoti sanoatning rivojlanishi tobora takomillashib bormoqda. Bu esa rivojlanish bilan bir qatorda ekologik muammolarning kelib chiqishiga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatmoqda. Bu muammolarni oldini olish va unga yechim topishda neftkimyoviy analizning ahamiyati beqiyosdir.
Bu birinchi navbatda ―Neft kimyosi va fizikasi fanining rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilib bo‘lmasligi tufayli, atrofimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o‘zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi.va maskur sohaga tegishli qunun va farmonlarga ush bu kurs ishi to’liq mos bajarilgan. Ush bu tadqiqot ishi shu sohlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Hozirgi kunda dunyoning ko`plab mamlakatlari iqtisodiyotining neft sanoatidan bog’liqligi juda yuqoridir. Neft asosiy energiya manbai bo`lib qolgan sharoitda uning iqtisodiy va siyosiy ahamiyati oshdi. Mahalliy neft manbalari mavjudligi, neft va neft mahsulotlarini eksport qilishni tashkil qilish imkoniyati turli mamlakatlarga iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o`sishini ta`minlay oladi. Jahonda neftga bo`lgan narxlarnig o`zgarib turishi, neft' bozoridagi kon`yuktura ham neft' qazib oluvchi mamlakatlar, ham sanoati neftni qayta ishlashga asoslangan mamlakatlar iqtisodiy siyosatida jiddiy o`zgarishlarga olib keladi.
Neft o`ziga xos tovar bo`lib, bir qator sifat ko`rsatkichlari (zichlik, kimyoviy va fraktsion tarkib, qo`shimchalar mavjudligi) bilan ajralib turadi.
Qazib olinadigan boshqa yoqilg’ilardan farqli ravishda, neft nisbatan osonroq qazib olinadi, tashiladi va turli xil maqsaddagi mahsulotlarning keng assortimentiga qayta ishlanadi, va shu vaqtning o`zidа:
sintetik kauchuk, spirtlar, polietilen, polipropilen, turli xil plastmassalarni va ulardan tayyorlangan tayyor mahsulotlarni, sun`iy matolarni ishlab chiqarishda neft' kimyosi uchun xom-ashyo;
motor yoqilg’ilar (benzin, kerosin, dizel va reaktiv yoqilg’ilar), moy va moylash mahsulotlari, qozon-pech yoqilg’isi (mazut), qurilish materiallari (bitum, gudron, asfalt) ishlab chiqarish uchun manbа;
qoramol parvarishida uning yem-xashagiga qo`shimchalar sifatida ishlatiladigan bir qator oqsilli preparatlarni olish uchun xom-ashyo bo`lib hisoblanadi.
|
| |