Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish




Download 357,5 Kb.
bet4/12
Sana14.05.2024
Hajmi357,5 Kb.
#230660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
NEFTNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR ASOSIDAGI SINTEZLAR

Neftni qayta ishlash sanoati — ogʻir sanoat tarmogʻi, neftni kayta ishlash hamda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni qamraydi. Neftdan turli mahsulotlar olish qadimdan maʼlum boʻlsada neft konlarini qidirish, undan sanoat usulida qimmatbaho mahsulotlar olish 19-asrning 1-yarmida paydo boʻldi. Oʻzbekistonda Neftni qayta ishlash sanoatii.s.ning toʻngʻich korxonasi Van-novsk (hozirgi Oltiariq) neft zavodi 1904-yilda ishga tushirilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Oʻzbekistonda yangi neft konlari ochilishi bilan Neftni qayta ishlash sanoatii.s. jadal surʼatlar bilan rivojlandi, texnika darajasi va ishlab chiqarish koʻlami oʻsdi. 1959-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodining 1nav-bati ishga tushirildi. Koʻkdumaloq neft-gaz koni ochilganidan keyin Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan hamkorlikda Buxoro viloyatining Qo-rovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1996-yilda qurib bitkazildi. 1997-yilda yuqori sifatli surkov moylari ishlab chiqarish ga ixtisoslashgan Oʻzbekiston—AQSH "Oʻz-Teksako" qoʻshma korxonasi tashkil etildi. 2000-yilda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi. Mazkur zavod surkov moylari va yonilgʻi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ishlab chiqarish boʻyicha 30 dan ortiq tex-nologik qurilmaga ega, Oltiariq neft zavodi esa yonilgʻi yoʻnalishida.
Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin (shu jumladan, B-92 aviabenzini), dizel yonilgʻisi, koks, parafin, motor moylariga qoʻshilmalar, yengil avtomashinalar uchun motor va surkov moylari (kompressor, turbina, ur-chuq moylari), kerosin, bitum, mazut kabi 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturiga muvofiq yangi texnologiyalar oʻzlashti-rilmoqda.
1861 yilda ochilgan birinchi neftni qayta ishlash zavodi oddiy atmosfera distillash yo'li bilan kerosin ishlab chiqaradi. Uning qo'shimcha mahsulotiga smola va nafta kiradi. Tez orada yuqori sifatli moylash moylarini vakuum ostida neftni distillash orqali olish mumkinligi aniqlandi. Biroq, keyingi 30 yil davomida kerosin iste'molchilar eng ko'p xohlagan mahsulot edi. Ushbu vaziyatni o'zgartirgan ikkita eng muhim voqea:

  • kerosinga bo'lgan talabni kamaytiradigan elektr chiroqning ixtirosi

  • dizel yoqilg'isi va benzinga (nafta) talabni yaratgan ichki yonuv dvigatelining ixtirosi.




Download 357,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 357,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish

Download 357,5 Kb.