Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi




Download 54,58 Kb.
bet1/5
Sana30.09.2024
Hajmi54,58 Kb.
#273014
  1   2   3   4   5

Mavzu: Bioenergetik qurilmalar va ularning turlari.
REJA:

Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi.


Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi.

Bioenergiya asosiy afzalliklari va kamchiliklari


Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi.
Bioenergiya energetika sohasida bioyoqilg'idan energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan soha bo'lib, uning yordamida elektr energiyasi va issiqlikni ishlab chiqariladi.
Biogaz deyarli arzon ekologik yonilg‘i hisoblanib, chorvachilik, parrandachilikni qattiq va suyuq chiqindilaridan hamda o‘simliklar va oqar suvlarda hosil bo‘ladigan qoldiqlardan olinadi.
O‘z xususiyatlari bo‘yicha biogaz tabiiy gazga yaqin.
Biogaz tabiiy gaz kabi quyidagi jarayonlarda ishlatilishi mumkin:

      • ovqat tayyorlash;

      • elektr va issiqlik energiya (issiq suv va uy-joylarni isitish);

      • avtomobil yonilg‘isi sifatida.

Biogaz ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlaridan yuqori sifatli go‘ng hosil bo‘ladi.
Biogazni nafaqat mollari, parrandalari ko‘p bo‘lgan fermer xo‘jaliklarda, balki xususiy xo‘jaliklarda ham olish mumkin. Agarda bir necha fermalar va xususiy xo‘jaliklar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lsa, chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni markazlashtirib tashkil etish va olingan biogazni ferma va xo‘jaliklarga quvurlar orqali uzatish iqtisodiy foydaliroq bo‘ladi.
Biogaz olish uchun sanoat korxonalarda va qo‘lda ishlab chiqarilgan biogaz qurilmalardan (BGQ) foydalaniladi (8.1-rasm). Sanoat va qo‘lda ishlab chiqarilgan qurilmalarning asosiy farqi isitish maxsus tizimlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirishda. Dunyoda qurilmalarni ikkala turi ham keng tarqalgan. Masalan, Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda ko‘pincha kichik (oilaviy) BGQ ishlatiladi. Ulardan olingan gaz, asosan, ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladi. BGQlarning ko‘pchiligi Xitoyda joylashgan - 40
millionga yaqin, Hindistonda - 3,8 million, Nepalda - 20 ming kichik qurilmalar mavjud. O‘rta vakatta BGQ larning absolyut ko‘rsatkichlari, soni bo‘yicha ilg‘or 5-o‘rinni Germaniya egallaydi (8 ming). G‘arbiy Evropada parrandachilik fermalarning yarmi biogaz bilanisitiladi.

Download 54,58 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 54,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi

Download 54,58 Kb.