|
Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi
|
bet | 3/5 | Sana | 30.09.2024 | Hajmi | 54,58 Kb. | | #273014 |
Bioyoqilg’ilarni avlodlarga bo’linishi. Birinchi avlod bioyoqilg'ilari
Bioyoqilg'i - odatda biologik chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadigan biologik xomashyodan olingan yoqilg'i hisoblanadi. Selyuloza va turli xil organik chiqindilardan bioyoqilg'ini olishga qaratilgan loyihalar mavjud bo'lib, hozirda bu texnologiyalar rivojlanish yoki tijoratlashtirishning dastlabki bosqichidadir. Bioenergiyaning xomashyosi sifatida quyidagilar qo'llaniladi:
qattiq bioyoqilg'ilarga o'tin, briket, somon, daraxtlarning po'stlog'i va torf kiradi;
suyuq bioyoqilg'ilarga ichki yonish dvigatellari uchun bioetanol, biometanol, biobutanol, dimetil efir, biodizel va boshqalar kiradi;
gazsimon bioyoqilg'ilarga biogaz, biogidrogen va metan gazlari kiradi.
Ikkinchi avlod bioyoqilg'ilari
Ikkinchi avlod bioyoqilg'ilari uchun metanol, etanol, biyodizel, biomassa pirolizining turli usullari bilan olinadigan yoqilg'i turlari xomashyo manbalari hisoblanadi. Piroliz biomassasini tashish, saqlash va ishlatishda osonroq va arzonroq bo'lgan usul uni suyuqlikka aylantiriladi. Ishlab chiqarilgan suyultirilgan yoqilg'ini avtomobil yoqilg'isi yoki elektr stansiyalar uchun yoqilg'i sifatida ishlatilishi mumkin.
Ikkinchi avlod bioyoqilg'i xomashyosiga biologik ozuqadan oziq-ovqat chiqindilarini ajratib olingandan so'ng qoladigan ligno-selyulozik birikmalar kiradi. Ikkinchi avlod bioyoqilg'isini ishlab chiqarish uchun biomassadan foydalanish qishloq xo'jaligi uchun foydalaniladigan yaroqli unumdor yerlarning maydonini
kamaytirishga olib kelishi mumkin. O'simliklardan ikkinchi avlod xomashyo manbalariga quyidagilar kiradi:
suv o'tlari - ifloslangan yoki sho'r suvda o'sadigan va ko'payadigan oddiy tirik organizmlar;
Rijik (o'simlik) - bug'doy va boshqa don ekinlari bilan almashtirib o'stiriladi;
Jatropha (o'simlik) - qurg'oqchil hududlarda o'sadi, ularning turiga qarab yog'i 27% dan 40% gacha bo'ladi.
Bozordagi ikkinchi avlod bioyoqilg'ilarini olishda ko'plab kompaniyalar shug'ullanadilar, ular orasida eng taniqli kompaniyalarga Kanadaning BioOil Dynamotive va Germaniyaning CHOREN Industries GmbH SunDiesel kompaniyalari dunyoga tanilgan.
Germaniya energetika agentligining (Deutsche Energie-Agentur GmbH) (zamonaviy texnologiyalar asosida) hisob-kitoblariga ko'ra, biomassa piroliz yoqilg'isini ishlab chiqarish Germaniyaning avtomobil yoqilg'isiga bo'lgan ehtiyojining 20 %ini qoplashi mumkin ekan. 2030-yilga kelib, texnologiyaning rivojlanishi bilan biomassa pirolizlar Germaniyaning avtomobil yoqilg'isi
iste‘molining 35 %ini ta‘minlashi mumkin. Bunda ishlab chiqarish qiymati bir litr yoqilg'i uchun 0,80 yevrodan kam bo'ladi.
Yevropa, AQSh va Kanada davlatlaridan hamda rivojlangan 15 ta mamlakatlardagi tadqiqotchilarni birlashtirgan tadqiqot markazi - Piroliz Network (PyNe) tashkil etildi.
Ignali daraxtlarning piroliz suyuq mahsulotlaridan bioyoqilg'ini olishda foydalanish ham juda istiqbolli hisoblanadi. Masalan, 70% saqichli turpentin, 25% metanol va 5% aseton aralashmasi qarag'ay daraxtining quruq distillash fraksiyalari natijasida olingan yoqilg'i A-80 benzinining o'rnini bosuvchi vosita sifatida muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. Distillash uchun yog'och chiqindilari ishlatiladi: novdalar, ildizlar va daraxtlarning po'stloqlari. Yoqilg'i fraksiyalarining chiqishi har bir tonna chiqindi uchun 100 kilogrammni tashkil etadi.
|
| |