|
Uchinchi avlod bioyoqilg'ilari
|
bet | 4/5 | Sana | 30.09.2024 | Hajmi | 54,58 Kb. | | #273014 |
Uchinchi avlod bioyoqilg'ilari
Uchinchi avlod bioyoqilg'isi deganda suv o'tlaridan olinadigan yoqilg'i tushuniladi.
AQShning Energetika vazirligi 1978-1996-yillarda "Suvda yashovchi o'simlik turlari"dan yog' ajratib olish dasturi bo'yicha zamonaviy tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. Tadqiqotchilar Kaliforniya, Gavayi va Nyu-Meksikodagi ochiq suv havzalaridagi suv o'tlarini sanoat miqiyosida xom ashyo sifatida ishlab chiqarishda foydalanishga yaroqli degan xulosaga kelishgan. Suv havzalarida 6 yil davomida 1000 m hajmda suv o'tlari yetishtirilgan. Nyu-Meksiko shtatida suv havzasidan CO2 ni
olishda yuqori samaradorlikka erishilgan. Hosildorlik kuniga kvadrat metr uchun 50 grammdan ko'proq suv o'tlarini tashkil etgan. 200 ming gektar suv havzalarida AQSh transport vositalarining iste‘mol qilishi uchun yillik 5 % ga yetarli yoqilg'i ishlab chiqarilgan. AQShda suv o'tlarini yetishtirishga 200 ming gektar suv hududi ajratilgan bo'lib, bu umumiy qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlarning 0,1 %idan kamrog'ini tashkil qilgan. Bioyoqilg'i olish texnologiyasida hali ko'p muammolar mavjud. Masalan, suv o'tlari o'sishi uchun yuqori harorat kerak bo'ladi. Cho'l iqlimi ularni o'stirish uchun uchun juda mos keladi. Lekin bunday hudularda o'simliklarni tungi harorat pasayishidan himoya qilish uchun qo'shimcha isitish talab etiladi. 90-yillarning oxirida bozorda neftning nisbatan arzonligi sabab bioyoqilg'i texnologiyasi tijorat maqsadida biogazni ajratib olishda deyarli qo'llanuilmadi.
Suv o'tlarini ochiq suv havzalarida yetishtirishdan tashqari, elektr stansiyalari yaqinida joylashgan kichik bioreaktorlarda suv o'tlarini yetishtirish texnologiyalari
yaratilingan. Issiqlik elektrostansiyasi (IES) zavodida sovutish uchun foydalanladigan suvlar issiqlik suv o'tlarini yetishtirish uchun issiqlik ehtiyojining 77% gacha qoplashga qodir. Suv o'tlarini o'stirishdagi texnologiyada haroratning kunlik o'zgarishidan himoyalashda, issiq cho'l iqlimi kabi talab qilinmaydi hamda olinadigan biogaz har qanday issiqlik elektr stansiyasida yoqilg'i sifatida samarali qo'llanishi mumkin.
Bioenergetikaning rivojlanishida о’ziga yarasha afzalliklar va kamchiliklar mavjud.
|
| |