Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi




Download 54,58 Kb.
bet2/5
Sana30.09.2024
Hajmi54,58 Kb.
#273014
1   2   3   4   5
1 –rasm. Biogaz energiyasining hosil bo‘lish texnologiyasi.
BGQ har qanday qurilish kabi, mablag‘, kuch va quvvatingizni talab qiladi. Birinchi kubometr biogazni olish bilan foyda kelishini o‘ylamaslik kerak, buning uchun qurilma turg‘un ishlashi kerak va sizni bilimdon ega sifatida doimo e’tiboringizda bo‘lishi kerak. BGQ ni qurishga qaror qilgan fermer yoki kichik xususiy xo‘jalik egasiga rejalash va montaj ishlarining xar bir tafsilotlariga e’tibor berish tavsiya etiladi.
Agarda qurilma mustaqil ravishda yig‘ilsa, har bir bosqichda mutaxassislar (quruvchilar, montajchilar, gazchilar, elektriklar) bilan maslaxat qilish nihoyatda zarur.
Faqat shunday yondashuvda va shaxsiy manfaatdorlikda ko‘pgina xavf- xatarlardan qutilish mumkin.
BGQ turg‘un, doimiy va ishonchli ishlashi uchun undan foydalanuvchi ekspluatatsiyaning xar bir tafsilotini bilishi kerak. Faqat shu shartlar bajarilganda, quyida berilgan kafolatlarga erishish mumkin.

      • xarid qilishni kamaytirish hisobiga mablag‘ tejash:

        • yonilg‘i;

        • elektr energiya;

        • o‘g‘it.

      • qo‘shimcha mablag‘lar olish imkoniyatlari:

        • biogaz va bioo‘g‘it sotish;

        • qishloq xo‘jalik madaniy o‘simliklarining hosildorligini oshirish. BGQ qurishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak?

        • Biogaz qurilmasi tufayli krizisga uchragan xo‘jalikni ko‘tarish mumkin emas. Biogaz qurilma xo‘jalikning samaradorligini va birinchi navbatda, qishloq uy- joylaridagi sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi mumkin.

        • Biogaz qurilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar uzoq muddatli sarmoyalar bilan bog‘lik. Suning uchun BGQ qurilishining hisob-kitobi kelajakni ham nazarga olgan holda bajarilishi kerak.

        • BGQ qurilishining ko‘p qismining mustaqil qilinishi yo‘qotishlarni kamaytirish va rentabellikni oshirishga, kelgusidagi nosozliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

        • BGQ ning ishlashi natijasida fermadagi yoqimsiz hidlarning darajasini anchagina pasaytiradi, bu esa fermalar turar-joylarga yaqin joylashganida juda muhim.

        • Metan hosil qiluvchi bakteriyalar fermadagi mollar kabi o‘ziga e’tibor talab qiladi. Bu esa biogaz qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun maxsus bilimlarni talab etishidan dalolat beradi. Shuning uchun xizmat qiluvchilarga bilim berishga, malakasini oshirishga va manfaatdorligini yaratishga e’tibor berish zarur.

        • Nazorat va profilaktik ishlar o‘tkazmasdan ekspluatatsiya qilish mumkin emas.

Download 54,58 Kb.
1   2   3   4   5




Download 54,58 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Biogaz energiyasining hosil bo‘lishi

Download 54,58 Kb.