Tayanch iboralar Izoh




Download 41,23 Kb.
Sana08.10.2024
Hajmi41,23 Kb.
#274134
Bog'liq
AGROKIMYO GLOSSARIY


GLOSSARIY





Tayanch iboralar

Izoh

1

Agronomik kimyo yoki agrokimyo

ekinlarni yetishtirish jarayonida ularning hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash, tuproq va oʻgʻitlarning oʻzaro ta’siri haqidagi fandir. Agrokimyoning oʻz oldiga qoʻygan maqsadi - oʻgʻitlarning turli shakillari va xususiyatlarini, ularni tuproq bilan oʻzaro ta’sirining oʻziga xos belgilarini, oʻgʻitlarning eng samarali shakillari, normalri, ularni qoʻllashning usullari va muddatlarini hisobga olgan holda oʻsimliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoitlar yaratishdan iboratdur.

2

Oʻsiliklarning moslashuvi

oʻsimlik organizimlarining yashash sharoitlariga moslashuvi.

3

Adsorbent

yuzasida adsorbtsiya amalga oshayotgan jism (tana).

4

Agrar siyosat

dalatning yer va undan foydalanish borasida olib boradigan siyosati.

5

Azotli oʻgʻitlar

oʻsimliklarning oziqlanishida azot manbayi sifatida qoʻllaniladigan organik va mineral moddalar. Azotli oʻgʻitlar organik (goʻng, torf, compost), mineral (ammiakli selitra, mochevina, ammoniy sulfat) va yashil oʻgʻitlar (lyupin, seradella va boshqa oʻsimliklarning yashil massasi) ga boʻlinadi. Mineral azotli oʻgʻitlarda azot ammiak, ammiak nitrat, nitrat va amid holida uchrashi mumkin.

6

Azotobakter

tabiatda (tuproq va suvda) keng tarqalgan, atmosfera azotini oʻzlashtira oladigan mikroorganizim. U tabiatda azotni aylanishida, shu bilan birga tuproqni atmosfera azoti hisobiga azotli birikmalar bilan boyitishda muhim rol oʻynaydi.

7

Komponent

biron narsaning tarkibiy qismi.

8

Azotfiksatsiya

atmosferadagi azot malekulalarining bogʻlanishi va uni azotli organik moddalarga-aminokislota va boshqalarga aylanish jarayoni. Azotfiksatorlar, jumladan tuganak bakteriyalar tomonidan amalga oshiriladi. Azotning tabiatda aylanishi, tuproqning bogʻlangan azot bilan boyishida muhim rol oʻynaydi.

9

Oʻgʻit normasi

Oʻsuv davri 1 ga ekinzorga solinadigan oʻgʻit miqdori. Turli usullar bilan hisoblanadi.

10

Sugʻorish normasi

1 ga maydondagi ekinlarni bir marta sugʻorish uchun ishlatiladigan suv miqdori, m3/ga bilan oʻlchanadi. Sugʻorish normalarining yigʻindisi mavsumiy sugʻorish normasini tashkil qiladi.

11

Yorliq, etiketka

agrokimyoviy tajribalar oʻtkazilayotgan paytda uzatishlar olib borilayotgan oʻsimliklarga osiladigan yorliq.

12

Efemerlar

rivojlanish davrini (urugʻdan unib chiqqandan pishib
etilgungacha boʻlgan) juda ham qisqa muddatda oʻtaydigan oʻsimliklar.

13

Oʻgʻitlarning samaradorligi

mineral va organik oʻgʻitlarning paxta hosili va uning sifatini oshirishdagi rolini belgilovchi koʻrsatgich. Oʻgʻitlar samaradorligi uning hisobga olingan qoʻshimcha hosilni pulga chaqish yoʻli bilan aniqlanadi.

14

Tuproq eroziyasi

tuproqlarning eng unumdor qatlamlarini va shuningdek, tuproqdagi jinslarni qor va yomgʻir suvlari (suv eroziyasi), shamol ta’sirida (shamol eroziyasi) - emirilish jarayoni.

15

Elita xoʻjaligi

urugʻchilik xoʻjaligi- ekinlarning eng yaxshi navlari urugʻlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik.

16

Elyuviy

togʻ jinslari hosil boʻlgan joylarda qoladigan nurash mahsuloti. Elyuviyga qarama qarshi mahsulot allyuviy boʻlib, shamol va oqar suvlar ta’sirida olib ketiladi.

17

Endoderma

oʻsimliklar poya va ildizida boʻlib barcha ichki toʻqimalarni oʻrab, ularni birlamchi poʻstloqdan ajratib turuvchi hujayra qatlami.

18

Endosperm

koʻpchilik gul oʻsimliklarining urugʻlarida murtakning rivojlanishi uchun zarur boʻladigan moddalar toʻplanadigan oʻziga xos oziq toʻqimalari.

19

Quvvat almashinuvi, energetik almashinuv

oʻsimliklarning quvvatiga boʻlgan talablarini qondirishda kerak boʻladigan oʻzaro aloqador murakkab jarayonlarni majmui.

20

Qand moddalari

oʻsimliklarning ayrim organlarida koʻp miqdorda toʻplanadigan zaxira (zapas) moddalar. Koʻp hollarda qand moddalaridan monosaxaridlar glyukoza va fruktoza, disaxaridlardan- saxaroza toʻplanish jihatidan ustunlik qiladi.

21

Sedimentastiya

suyuqlik yoki gazlardagi muallaq holda turgan zarrachalarni ogʻirlik kuchlari yoki boshqa kuchlar ta’sirida choʻkishi.

22

Selekstiya

hayvon va oʻsimliklarning mavjud zot va navlarini takomillashtirish va shuningdek, yangilarini yaratish haqidagi fan va shu yoʻnalishdagi amaliy faoliyat.

23

Selitralar

kaliy, natriy, bariy va shu kabilarning nitratli tuzlari; qimmatli oʻgʻit sifatida katta ahamiyatga ega.

24

Tuproqlar seriyasi

tuproqlarning amerikancha klassifikastiyasidagi asosiy taksonomik birlik.

25

Siderat

tuproqning organik modda va azot bilan boyitish maqsadida unga qoʻshib haydab yuboriladigan koʻkarib turgan oʻsimlik massasi.

26

Siderastiya

yashil oʻgʻit (siderat) qoʻllash yoʻli bilan tuproq unumdorligini oshirish.

27

Siderit

FeCO3 formula bilan ifodalanuvchi suvsiz karbonatlar gruppasi.

28

Simbioz

har xil turga oid organizmlarning birlikda hayot kechirishi. Bunda sheriklar bir-biridan bevosita foydalanishadi, masalan, tuganak bakteriyalar va dukkakli ekinlar kabi.

29

Minerallarning sintezlanishi

minerallarning ion (atom)lar yoki amorf moddalardan yangidan hosil boʻlishi.

30

Oʻsimlik navi

nasldan naslga oʻtadigan ma’lum bir mustahkam morfo- biologik, xoʻjalik belgilari va xususiyatlariga ega boʻlgan bir turga oid boʻlgan ekinlarning yigʻindisi; madaniy ekinlarning eng quyi klassifikastiya birligi.

31

Superfosfat

apatit va fosforitlarga sulfat kislota (glauber tuzi va boshqa moddalar) ta’sir ettirib olinadigan sun’iy mineral oʻgʻit.

32

Termostat

turli predmetlarni oʻzgarmas haroratda tutib turish uchun ishlatiladigan asbob.

33

Tigel

olovga chidamli materiallar (chinni, loy, grafit, platina va boshqa) dan tayyorlanadigan maxsus idish.

34

Torsion tarozi

aniq oʻlchashlar chogʻida qoʻllanadigan bir pallali tarozi.

35

Fenologik kuzatishlar

ilmiy va hoʻjalik maqsadlarida oʻsimliklardagi rivojlanish davrlarning boshlanganligini va oʻtishini hisobga olish.

36

Fitin

koʻpgina oʻsimliklarda uchraydigan fosforning organik birikmasi.

37

Fosfatlar

tarkibidagi fosfor kislotasining tuzlarini tutgan mineral moddalar guruhi.

38

Xloroz

tuproqda temir etishmasligi va boshqa sabablar bilan oʻsimlikda roʻy beradigan kasallik holati.

39

Xloroplastlar

yashil oʻsimliklar hujayra protoplazmasidagi xlorofill, shuningdek, karotin va ksentofill tutgan oʻziga xos yashil tanachalar.

40

Xlorofill

oʻsimlik barglari va boshqa organlarning yashil tus olishiga sabab boʻladigan boʻyoq modda (pigment).

41

Xromoplastlar

oʻsimliklar hujayrasi protoplazmasidagi sariq yoki qizil rangli oʻziga xos tanachalar.

42

Shamozit

mineral, varaqasimon silikatlarning kichik sinfga mansub temirlixlorit.

43

Atmosfera

yer sharini o‘rab olgan havo qobig‘i.

44

Arid iqlim

Yogʻingarchilik miqdori oʻsimliklar vegetatsiyasi uchun yetarli bo‘lmagan quruq, issiq kontinental iqlim.

45

Kislotali tuproqlar

pH ko‘rsatkichi 7 dan kichik bo‘lgan tuproqlar

46

Akkumulyatsiya

geologiyada quruqlik yuzasidagi yoki suv havzasi tubiga mineral moddalarning yoki organik choʻkindilarning toʻplanishi, gidrogeologiyada faol yer osti suvlari toʻplanishi.

47

Aktiv g‘ovaklik

tog‘ jinslarida yer osti suvlari erkin harakatlanadigan g‘ovaklar va boshqa bo‘shliqlarning devorchalari gigroskopik va parda suvi bilan qoplanganligi uchun harakatlanayotgan yer osti suvlari sezilarli ishqalanish va tortishish kuchiga duch kelmaydi.

48

Anaerob jarayon

kislorodsiz muxitda hayvon va oʻsimlik qoldiqlarining rivojlanish (chiqish, oʻzgarishi) jarayoni.

49

Havo namligi

Havodagi suv bugining miqdori.

50

Biosfera

Havo qatlamining yer shari yuzasidagi bir qismini, gidrosferani, yer po‘stining ustki qatlamlarini qamrab olgan, organizmlar rivojlangan alohida qoplama.

51

Kolloid aralashmalar

dispers faza va dispers muhitdan tashkil topgan har xil dispers tizimlar.

52

Korroziya

tog‘ jinslarining suv, shamol, va sh.k. koʻchirib yuradigan bo‘laklanuvchan material bilan charxlanish, silliqlanish, jilolanish va uyilish jarayoni.

53

Kapillyar suvlar

grunt bo‘shliqlarini egallab turgan va tashkil topgan yuza bilan cheklangan suvlar.

54

Konstitutsion suv

minerallarning kristall panjaralariga OH, H, H2O ionlari shaklida kiradigan suv.

55

Gilli jinslar

Choʻkindi jinslar bo‘lib, tarkibida gilli minerallar ko‘pligi, molekulalararo kuchning mavjudligi va nihoyatda mayda zarrachalar orasida ilashish borligi tufayli ular yaxlit holida turadi.

56

Barxanlar

Choʻllardagi kuchma qumtepalar. Shamol kuchi tasirida bir joydan ikkinchi joyga koʻchib yuradi va bir necha sm dan yuzlab m gacha koʻchadi.

57

Botqoqlik

yilning ko‘p qismida gruntning ustki qatlamini haddan tashqari namligi, torf hosil bo‘lish jarayonlarining mavjudligi va botqoqlik oʻsimliklari oʻsishi bilan xarakterlanuvchi hudud.

Download 41,23 Kb.




Download 41,23 Kb.