Ma’vzu: Piroliz va kokslash jarayonlari. Reja Piroliz jarayoni. Kokslash jarayoni




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.04.2024
Hajmi0.72 Mb.
#190911
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-ma\'ruzaGK
1, Counting Sort


Ma’vzu: Piroliz va kokslash jarayonlari. 
Reja
1. Piroliz jarayoni. 
2. 2. Kokslash jarayoni. 
 
Neftni qayta ishlash va neft kimyosi ishlab chiqarishlarida qo‘llaniladigan 
eng asosiy kimyoviy jarayonlar qatoriga katalitik riforming, katalitik kreking, 
izomerlash, 
gidrotozalash, 
gidrokreking, 
kokslash, 
piroliz, 
alkillash, 
vodorodsizlantirish, polimerlanish kabi jarayonlar kiritiladi. 
Gazsimon uglevodorodlar termik qayta ishlashning asosiy jarayonlaridan 
biri bu piroliz jarayoni hisoblanadi. 
Piroliz. Neft distillyatlari (benzin, kerosin) yoki gaz (etan, propan) ni piroliz 
qilish neft kimyosi uchun muhim ashyo bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar (etilen, 
propilen, butadien) ni ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Piroliz paytida 
aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol) va pirokondensat ham olinadi. Ushbu 
jarayon bosim 0,01 MPa dan past bo‘lganda va haroart 650–900
0
C atrofida 
o‘zgarganda amalga oshiriladi. 
Uglevodorod xom ashyosining pirolizi jarayoni asosan quyi alkenlarni 
olishga mо‘ljallangan bо‘lib, jarayon 700-1000 
0
C haroratda va atmosfera 
bosimiga yaqin bosimda olib boriladi.
Etilen olish uchun optimal xom ashyo etandir. Etilenning miqdori ushbu 
jarayonda 80% (mass.) ga yetadi. Etilenning kо‘p miqdori propan pirolizida 
47% (mass.) va butan pirolizida 45% (mass.) olinadi. Tarmoqlangan 
alkanlarning pirolizida kо‘proq propilen hosil bо‘ladi. Yuqori haroratda alken 
va metilatsetilenlar ham hosil bо‘ladi. Quyi alkenlarning miqdori sikloalkan va 
arenlarning pirolizida yuqori emas. 
Etilen ishlab chiqarish sanoat sharoitlarida asosan individual birikmalar 
emas, balki neft fraksiyalari ishlatiladi. Etilen bilan birgalikda C
3
– C
4
alkenlar, 
kо‘p miqdorda suyuq mahsulotlar ham hosil bо‘lib, tarkibida alkenlar, 
sikloalkenlar, C
5
va undan yuqori alkadiyenlar hamda C
6
– C
8
arenlar va boshqa 
komponentlar hosil bо‘ladi.
Benzinlar pirolizida hosil bо‘ladigan mahsulotlar keng oraliqda о‘zgarib 
turishi 1-jadvalda keltirilgan (% mass.). 
Tо‘g’ridan-tо‘g’ri haydab olingan benzin resurslari yetishmaganligi bois 
va narxlarning uzluksiz о‘sishi oqibatida piroliz xom ashyosi sifatida kо‘pchilik 
davlatlarda kerosin – gazoyl fraksiyasi (170-380 
0
C) qо‘llanilmoqda. 
1 - jadval 



Download 0.72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’vzu: Piroliz va kokslash jarayonlari. Reja Piroliz jarayoni. Kokslash jarayoni

Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish