• Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati
  • Ishning hajmi.
  • Neftni haydash usullari
  • Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish




    Download 357,5 Kb.
    bet2/12
    Sana14.05.2024
    Hajmi357,5 Kb.
    #230660
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    NEFTNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR ASOSIDAGI SINTEZLAR

    Mavzuning dolzarbligi. Neft va neft mahsulotlarining tarkibini aniqlashda uning tarkibidagi «umumiy oltingugurt» yani oltingugurt, undan chiqadigan har qanday organik birikmalarini aniqlashda yuqori sondagi analiz yo`li taklif kilinadi.
    Ishning maqsadi. Metodning oxirgi mohiyati shundan iboratki neft mahsulotlarini 900-9500C tempratura kvars naycha havo yordamida qizdiriladi. Hosil bo`ladigan oltingugurt oksidlarini kislotali vodorod peroksidd eritmasi bilan ushlab qolish va eritmada hosil bo`lgan sulfat kislota miqdori bo`yicha oltingugurt hajmiy aniqlanadi.
    Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati:
    Kurs ishi bajarishda adabiyotlardan o‘rganilgan va tahlil qilingan ma‘lumotlardan,shuningdek tajriba natijalardan talabalar kurs ishi mavzularini tayyorlashda, ularning neft kimyosi va fizikasi faniga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.
    Ishning hajmi. Kurs ishi 30 betlik matndan iborat bo‘lib, kirish, adabiyotlar tahlili, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismlaridan iborat. Kurs ishi moddalarning fizik kimyoviy formulalar va modellar yordamida yoritib berilgan.

    I.ASOSIY QISM.
    I.1. Neftni qayta ishlash usllari
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasida turli-tuman texnologik jarayonlar qo'llaniladi. Bunday jarayonlar ayrim belgilarga asosan bir necha sinflarga bodinishi mumkin. Texnologik jarayonlarni ularning harakatlantiruvchi kuchiga ko’ra turlarga bodish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga ko‘ra asosiy jarayonlar 5 guruhga bodinadi: mexanik jarayonlar; gidromexanik jarayonlar; issiqlik almashinish jarayonlari; modda almashinish jarayonlari; kimyoviy jarayonlar.
    Mexanik jarayonlar qattiq materiallarni mexanik kuch ta’sirida qayta ishlash bilan bog‘iiq bodadi. Bunday jarayonlar qatoriga maydalash, elash, uzatish, qismlash, aralashtirish va shu kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bunday jarayonlarda harakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan qochirma kuch bajaradi.
    Suyuq va gazsimon sistemalardagi harakat bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar gidromexanik jarayonlami tashkil etadi. Bunday jarayonlar qatoriga tindirish, filtrlash, sentrifugalash, aralashtirish, suyuqlik yoki gazning sochiluvchan materiallar qatlamidan oqib o‘tishi kabi jarayonlar kiradi. Ushbu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi.
    Issiqlik almashinish jarayonlari - haroratlar farqi mavjud bir (harorati yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o‘tishidir. Bu guruhga isitish, sovitish, bug‘latish, kondensatsiyalash, erish, qotish kabi jarayonlar kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog‘liq holda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi. Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muhitlar o‘rtasidagi haroratlar farqi ishlatiladi.
    Modda almashinish jarayonlari - bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan, ikkinchi fazaga o‘tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekular va turbulent diffuziyalar yordamida o‘tadi. Shu sababli, bu jarayonlami diffuzion jarayonlar ham deyiladi. Bu guruhga haydash, rektifikatsiya, absorbsiya. desorbsiya, ekstraksiyalash, quritish, kristallanish kabi jarayonlar kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog‘liq bo‘lib, modda o‘tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Modda almashinish jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentratsiyalarning farqi bilan belgilanadi.
    Kimyoviy jarayonlar - moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida yangi birikmalarning hosil boMishidir. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida odatda issiqlik va modda almashinish jarayonlari ham sodir boMadi. Kimyoviy jarayonlar qatoriga kreking, kokslash, piroliz, gidrogenizatsiya, riforming, polimerlanish, alkillash. oksidlash, vodorodni ajratish, izomerlanish kabi jarayonlar kiradi. Bu guruhdagi jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Reaksiyalarning tezligi, ayniqsa, sanoat miqyosida, moddalarning gidromexanik harakatiga ham bog’liq bo’ladi. Kimyoviy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi reaksiyaga kirayotgan moddalarning konsentratsiyalariga bog’liq bo’ladi.
    Neft-gazni qayta ishlash korxonalarida ishlatiladigan uskuna va mashinalar ham 5 guruhga bo’linadi: mexanik uskunalar (maydalagichlar, tegirmonlar, saralashgichlar, tranportyorlar, dozatorlar, aralashtirgichlar); gidromexanik uskunalar (tindirgichlar, filtrlar, sentrifugalar, aralashtirgichlar, mavhum qaynash qatlamli uskunalar, siklonlar, elektrodegidratorlar, elektrofdtrlar); issiqlik almashinish uskunalari (issiqlik almashgichlar, quvursimon o‘txonalar, sovitgichlar, bug’latgichlar, kondensatorlar, erish o‘txonalari); modda almashinish uskunalari (haydash kublari, rektifikatsion kollonalar, absorberlar, desorberlar, ekstraktorlar, quritgichlar, kristallizatorlar); kimyoviy reaktorlar (ichi bo‘sh reaktorlar, qo‘zg‘almas qatlamli reaktorlar, mavhum qaynash qatlamli reaktorlar, favvora hosil qiluvchi qatlamli reaktorlar, harakatchan qatlamli reaktorlar, aralashtirgichli reaktorlar).
    Neft va gazni qayta ishlash sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar davriy va uzluksiz ravishda o‘tkaziladi. Jarayonning tezligini belgilovchi qiymatlarning vaqt davomida o'zgarishiga qarab, jarayonlar turg‘un va turg‘unmas bo'ladi. Tezlik, konsentratsiya, harorat kabi qiymatlar vaqt davomida o'zgarsa jarayon turg‘unmas, aksincha, agar bu kattaliklar o'zgarmasa jarayon turg‘un deyiladi. Zamonaviy neft va gazni qayta ishlash sanoatida asosan uzluksiz texnologik jarayonlar ishlatiladi.
    Neftni haydash usuli miloddan avval maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qadimgi yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtkazishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. XVIII asrga kelib neft konlarini qidirish va oʻrganish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash laboratoralari qurildi. 1823-yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodini qurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi.

    Neftni haydash usullari.


    Odatda neftdan quyidaga temperaturalar oraligʻida qaynab bugʻlanadigan distillyatlar olinadi:

    • benzin 28—180°,

    • ligroin 110—230°,

    • kerosin 120—315°;

    • gazoyil 230—330°;

    • solyar 280—380°;

    • moy 320—500°.

    Neftni qayta ishlab yonilgʻi va moylar olishda uni toʻgʻri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi (sxema). Toʻgʻri haydash pech quvurlarida harakatda boʻlgan neftni qattiq qizdirib bugʻlatish, bugʻni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikatsiya ustunining oʻrta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil uglevodorod bugʻlari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikatsiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan boʻlib, pastki tarelkalarda ogʻir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi.
    Neftni toʻgʻri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng boʻladi. Rektifikatsiya ustunining tagida yigʻilgan mazut kreking qurilmalarida qayta haydalishi yoki yoqilgʻi mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishlanishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yigʻiladi.

    Download 357,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 357,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish

    Download 357,5 Kb.