• Sanoatda olish.
  • Kimyoviy xossalari.
  • Fizik xossalari.
  • Diyen uglevodorodlar
  • Alkadiyenlar
  • Klaster metodi. Butenning izomerlarini yozing




    Download 357,5 Kb.
    bet6/12
    Sana14.05.2024
    Hajmi357,5 Kb.
    #230660
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    NEFTNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR ASOSIDAGI SINTEZLAR

    Klaster metodi. Butenning izomerlarini yozing.

    Olinish usullari. 1. Laboratoriya sharoitida etilen etil spirtidan olinadi. Buning uchun etil spirti suvni tortib oluvchi moddalar (kontsentrlangan sulfat kislotasi, fosfor (V)- oksidi va x.k.) bilan qizdiriladi. Temperatura 140 oC dan katta bo‘lishi kerak.
    C2H5OH + (konts. H2SO4) → CH2=CH2 + H2O
    2.Monogalogen tutgan alkanlar ishqorning spirtdagi kontsentrlangan eritmasi bilan birga qizdirish orqali olinadi.
    CH3-CH2Br + KOH → CH2=CH2 + KBr + H2O
    Sanoatda olish. Etilen va uning gomologlari neftni krekinglash gazlaridan olinadi. To‘yingan uglevodorodlarni nikel katalizatori ustida degidrogenlashdan iborat.
    CH3 –CH3 → CH2=CH2 + H2 (Ni)
    CH3-CH2-CH3 → CH3-CH=CH2 + H2 (Ni)
    Kimyoviy xossalari. Alkenlarda qo‘sh bog’ borligi uchun to‘yingan uglevodorodlarga nisbatan oson reaktsiyana kirishadi. Alkenlarda π – bog’ beqaror, oson uziladi.Shuning uchun alkenlarga quyidagi reaktsiyalarga kirishadi. :
    I. Birikish
    II. Oksidlanish
    III. Polimerlanish
    Fizik xossalari. Alkenlar gomologlari dastlabki uch vakili (C2 - C4) gaz, C5 – C17 gacha suyuqlik, C18 va undan yuqorisi qattiq moddalar. Gomolog qatorning birinchi vakili etilen gaz, havodan yengil, suvda kam eriydi. Alkenlarning tsis izomeri trans izomeriga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi. Yuqori molekulyar massali alkenlar suvda erimaydi, organik erituvchilarda (metil spirtidan tashqari) yaxshi eriydi.
    Diyen uglevodorodlar, diyenlar, diolefinlar — ikkita qoʻshbogʻli toʻyinmagan uglevodorodlar. Diyenlar u molekulasidagi qoʻshbogʻlarning oʻzaro joylashuviga qarab uch xil boʻladi: 1) ayrim qoʻshbogʻli Diyenlar uglevodorodlar, mas, pentadiyen -1,4; kimyoviy xossalari jihatdan olefinlarga oʻxshaydi; 2) zich (kumulyasiyalangan) qoʻshbogʻli Diyenlar uglevodorodlar, allenlar sinfi shulardan iborat; 3) qoʻshbogʻlari oralangan (oddiy bogʻ vositali) Diyenlar uglevodorodlar etilen qatori uglevodorodlarining barcha xossalarini namoyon qiladi. Diyenlar uglevodorodlar olishning umumiy usullari: glikollar va toʻyinmagan spirtlar degidratatsiyasi, ikki atomli galoid birik-malardan galogen vodorodlar tortib olish reaksiyasi va boshqa. Diyenlar uglevodorodlar poliamid tolalar, plastifikatorlar, lok, dori, sintetik kauchuk va b. i. ch.da asosiy xom ashyodir.
    Alkadiyenlar — tarkibida ikki qoʻshbogʻ boʻlgan toʻyinmagan uglevodorodlar oʻta tez polimerlanish xususiyatiga ega. Eng oddiy vakili — divinil (qarang Diyen uglevodorodlar)
    Qoʻsh bogʻlarning joylashishiga qarab alkadiyenlar quyidagi uch turga boʻlinadi:

    1. Kumulyatsiyalangan yoki tutashgan diyenlar. Bu tor diyenlarda ikkala qoʻsh bogʻ ham bitta uglerod aioraiga birikkan boʻladi. Ularning birinchi vakili CH2=C=CH2 alien deb atalgani uchun, koʻpincha, kumulyatsi­yalangan diyenlar alien uglevodorodlar deb ham ataladi.

    2. Konyugirlangan diyenlar yoki oralatma qoʻsh bogʻli diyenlar. Bu tupr diyenlarda ikkita qoʻsh bogʻ orasida bitta oddiy bogʻ joylashgan boʻladi. Masalan, CH2=CH~CH=CH2 divinil.

    3. Ajratilgan qo 'sh bogʻli diyenlar

    Nomenklaturaasi. Xalqaro oʻrinbosarli nimenklatura bilan atalganda diyenlar toʻyingan uglevodorodlarning hosilasi deb qaraladi, qoʻsh bogʻlarning oʻrni qoʻsh bogʻ tutgan uglerod atomining raqami bilan koʻrsatiladi va alkanlarning nomi oxiridagi -я oʻrniga -diyen soʻzi qoʻshib oʻqiladi. Baʻzan diyenlar tarixiy nomenklatura bilan ataladi.

    Download 357,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 357,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Klaster metodi. Butenning izomerlarini yozing

    Download 357,5 Kb.