http://web-journal.ru/
Часть-20_ Том-5_
Май -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
30
ISSN:
3030-3680
KUTUBXONALARDA TEZKOR AXBOROT ALMASHINUVI
Shayzoqova Madina -
TATU 3-kurs talabasi
Davurboyeva Muazzam
- TATU 3-kurs talabasi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada kutubxonalarda tezkor ma’lumot almashinish
usullari, qulayliklari va afzalliklari haqida qisqacha yoritilgan.
Kalit sozlar:
Texnalogiya, ta’lim, e’lektron kutubxona, korporativ tarmoq.
Kutubxonalar qadim zamonlardanoq jamiyat hayotining ajralmas qismi
hisoblangan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘l-yozmalar, bosma kitoblar,
tarixiy shaxslar haqidagi manbaalar bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari, millat
taraqqiyoti,
mamlakat rivoji, ilm-fan rivojlanishi, kadrlar salohiyatini oshirishda
kutubxonalarning o‘rni beqiyosdir.
Hozirda ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
jadal
taraqqiy etib borayotgan sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va
jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, sanoat,
ijtimoiy himoya, ta’lim, tibbiyot, bandlik,
qishloq xo’jaligi, mudofaa, xavfsizlik, turizm, kutubxona
va boshqa sohalarda
zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng
foydalanish urfga kirmoqda. Jamiyatda global va axborot xususiyatlari ustun
kelmoqda. Milliy siyosatlar va iqtisodiyotlarning yaqinlashuvi
va bir-biri bilan
o‘zaro bog‘lanib borishi borgan sari global miqyosni olmoqda.
Ta’lim muassasalarida zamonaviy bilimlarni berish bevosita kutubxonalar
faoliyatiga ham bog‘liq. Kutubxonalarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni asosan
ularning ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi. Kutubxona deganda ko‘p
jabhalarda: ta’lim, madaniyat va davlat qurilishida yetakchi rol o‘ynaydigan maxsus
ijtimoiy muassasa tushuniladi. U ijtimoiy institut sifatida
jamiyatning axborotga
bo‘lgan ehtiyojlarini eng yuqori darajada qondiradi. Agar yaqin vaqtgacha
kutubxona an’anaviy madaniyat va ma’naviy merosning ramzi bo‘lgan bo‘lsa, endi
u eng yangi texnologiyalar qo‘llaniladigan asosiy joylardan biriga aylanmoqda.
Kitoblar elektron shaklga o‘tkazilib, biror dastur ilovasi yoki alohida saytlarga
joylashtirilishi foydalanuvchilarga ularni tezroq topish, bir vaqtning o‘zida bir joyda
turib, bir nechta kutubxona bazalari bilan tanishish, ulardan foydalanish imkoniyatini
beradi, shuningdek bosma kitobga ketadigan xarajatlarni kamaytirgan holda uning
ko‘proq foydalanuvchiga yetib borishiga xizmat qiladi. Yaxshi ma’lumki,
nodir
kitoblarning bosma nashrlari juda kam, ammo ularga talab bir necha marta ko‘p. Shu