|
13-mavzu: Researchgate xalqaro ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tish
|
Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 29,11 Kb. | | #141609 |
Bog'liq Мавзу 13.
13-mavzu: Researchgate xalqaro ma'lumotlar bazasida ro'yxatdan o'tish
1.2.
Avtomatlashtirilgan va elektron kutubxonalarni yaratishda to‟liq matnli
ma‟lumotlar bazalarining ahamiyati va sifati
Fan, ta‘lim, madaniyat rivoji va har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishining
asosiy shartlaridan biri - turli sohalar bo‘yicha kerakli axborotlarni hech bir to‘siqsiz, tezkorlik
bilan ega bo‘lishga bog‘liqdir. Bu maqsadga erishish uchun ommaviy kutubxonalar faoliyatiga
yangi axborot texnologiyalarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, asosiy kutubxona
jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va iste‘molchilarga yetkazib
berish
jarayonlariga
zamonaviy
telekommunikatsiya
kanallari
yordamida
elektron
texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalar berishi mumkin.
Har qanday mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy yuksalishi, xususan fan, ta‘lim va
madaniyat rivoji uchun asosiy shartlardan biri turli sohalarga oid zarur axborotlarni tezkorlik
bilan olish imkoniyatiga bog‘liqdir. Bu maqsadga erishishda kutubxonalar faoliyatini yangi
axborot texnologiyalari bilan qurollantirish katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa kutubxona
faoliyatining asosiy jarayonlari: axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, saqlash, qidirish va
iste‘molchilarga yetkazib berishga zamonaviy telekommunikatsiya kanallari vositasida elektron
texnologiyalarni qo‘llash samarali natijalar beradi. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish turlari
keskin kengayib bormoqda: Internet tarmog‘idan foydalanish, axborot - tahliliy materiallarni
jamlab berish, kutubxona kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq matnli ma‘lumotlar
bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir.
Aslida kompyuter texnikasi bilan ta‘minlanganlik, internetga ulangan mahalliy tarmoqlar
yaratilishining o‘zi elektron kutubxona tushunchasini bildirmaydi, bu - kompyuterlashgan
kutubxona degani xolos va bunday kutubxonalar bizda oz emas.
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK) larda asosiy faoliyat va axborot - kutubxona
xizmati, ya‘ni kataloglashtirish, fondlarni to‘ldirish, avtomatlashtirilgan, elektron kutubxonalarda
esa axborot resurslari elektron holatga o‘tkazilgan, ya‘ni raqamlashtirilgan bo‘ladi. Elektron
katalog yaratish imkoniyatini beruvchi bibliografik axborotlarni taqdim qilish, milliy axborot
resurslarini jahon miqyosiga olib chiqishda xalqaro andozalarda ishlashga o‘tish uchun katta
ishlarni amalga oshirish zarur. Qolaversa, bu boy madaniy merosimiz va zamonaviy adabiy
jarayonlar bilan butun dunyoni tanishtirish imkoniyatlarini ochadi.
O‘zbekistonda 30 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari va kutubxonalar xalqaro talablarga mos
keluvchi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimiga ega. Ularda xalqaro formatlarga muvofiq
keluvchi ―ИРБИС‖ tizimidan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Faqat hozircha bu ish ularning o‘z
tashabbuslari bilan amalga oshirilgan.
Biroq, axborot - resurs yoki axborot - kutubxona markazlarining tashkil etilishi an‘anaviy
kutubxona xizmatidan voz kechish degani emas. Balki, asosiy muddao zamonaviy vositalar
|
| |