Axborot kutubxona fondi haqida umumiy tushincha Axborot kutubxona fondini butlash




Download 47,92 Kb.
bet1/5
Sana16.05.2024
Hajmi47,92 Kb.
#237176
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot Kutubxona


Reja


  1. Axborot kutubxona fondi haqida umumiy tushincha

  2. Axborot kutubxona fondini butlash

  3. Axborot kutubxona fondini hisobga olish

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Bo‘lim vazifasi avvalo elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi qo‘yidagilar hisobiga to‘ldiriladi. Xarid qilish, obuna bo‘lish (davriy nashrlarni tarqatadigan tashkilotlar orqali), ayirboshlash (xalqaro va kutubxonalararo kitob ayirboshlash yo‘li bilan) amalga oshiriladi.
Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‘lib, kutubxona faoliyatida kitob olishdan boshlanadi. Butlash asosan Bolalar kutubxonasi joylashgan hududning iqtisodiy madaniy-ma’naviy tomonlarni, u yerda aholining tarkibi, talabi va qiziqishini hisobga olish lozim. Shundan so‘ng kitob olish manbalari aniqlanib, ular bilan shartnomalar tuziladi va kitob olishga kirishiladi. Yangi olingan adabiyotlarni bolalar kutubxonasi fondiga qabul qilinadi.
Xizmatning asosiy vazifasi ARMning axborot-kutubxona fondlarini tizimli to‘ldirish yo‘li orqali shakllantirib boradi. “Axborot-kutubxona muassasalarda axborot-kututbxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida” (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan № 2567) yo‘riqnoma asosida hisobga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini olib boradi. ARMni axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlashda kitob sotuvchi firmalar, nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari turkumlashtirish, tahlil va fondning holatini o‘rganish ishini olib boradi.
Komplektlash, kataloglashtirish va tuzish manbaalari:

  • nashriyotlar va kitob do‘konlari, firmalari orqali;

  • bosmaxonalar, boshqa korxonalar va xususiy firmalar;

  • obuna yo‘li bilan;

  • kitobxonlardan, kitobning mualliflari tomonidan va tashrif buyuruvchilar tomonidan sovg‘a tariqasida fondni to‘ldirish;

  • axborotkutubxona resurslariga texnik ishlov berish, adabiyotlarni sohasi bo‘yicha klassifikatsiya qilish va bibliografik tavsifini tuzish, ARM elektron katalogini tashkil qilish va shu orqali ARM fondini zamonaviy ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan qilib ochib berish

Наг xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi) dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlari bo‘lsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladi. Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni toidirish manbalari jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.
Yuqoridagilardan ma’lumki, badiiy kitoblar fondning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon qiziqishiga mos keladiganini olish ma’qul. Kasaba kengashining kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini to‘ldirishda shu kutubxonalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasaba kengashi kutubxonasi, odatda biron-bir korxona, tashkilotga, alohida soha kishilariga xizmat qiladi.

Download 47,92 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 47,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot kutubxona fondi haqida umumiy tushincha Axborot kutubxona fondini butlash

Download 47,92 Kb.