|
Axborot kutubxona fondini butlash
|
bet | 3/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 47,92 Kb. | | #237176 |
Bog'liq Axborot KutubxonaAxborot kutubxona fondini butlash
Kutubxonachi avvalo kutubxonaning turi, tipi va modelini hisobga olib, uni kitob bilan butlashga harakat qilishi lozim. Butlash kitobxonning talabi, qiziqishi va kutubxonani vazifasiga mos keluvchi kitoblarni olish hamda doimo yangilab turish demakdir. Butlash kutubxona fondini tashkil qilishning asosi bo‘lib, kutubxona faoliyati kitob olishdan boshlanadi. Butlashda asosan mazkur kutubxona joylashgan hududning iqtisodiy, madaniy, ma’naviy tomonlarini, u yerdagi aholining tarkibi, talabi va qiziqishini inobatga olish ham lozim. Bundan tashqari markaziy kutubxonada ushbu joyda qanday tashkilot va muassasalar mavjudligi va ular kutubxonalari haqida to‘liq ma’lumot (kartoteka) bo‘lishi lozin. Shundan so‘ng kitob olish manbalari aniqlanib, ular bilan shartnomalar tuziladi. Kitob olishga uch xil butlash mavjud: 1. Joriy butlash — nashr qilingan va qilinayotgan kitoblarni olish. 2. Retrospektiv — ilgari nashr etilgan kitoblarni olish. 3. Fonddan chiqarish — eski, yirtilgan kitoblarni fonddan chiqarib tashlash. Ularning ichida eng asosiysi joriy butlash bo‘lib, unda kitoblarning 80—90 foizi olinadi, retrospektiv butlashda yetishmayotgan kitoblar olinadi. Ularning ichida eng asosiysi joriy butlash bo‘lib, unda kitoblarning 80—90 foizi olinadi, retrospektiv butlashda yetishmayotgan kitoblar olinadi. Yangi ochilayotgan kutubxona boshlang‘ich butlovdan boshlanadi. Unda kitobxonlar talabini ma’lum miqdorla qondiradigan kitoblar bo‘lishi lozim. Bu fondning qancha va qanday bo‘lishi 144 kutubxona tipi va turiga bog‘liq boladi. Kutubxona fondini butlash to'rt bosqichdan iborat. 1-bosqich. Nashr etiladigan hujjatlar haqida xabar beradigan bibliografik qo‘llanmalar ko'rib chiqiladi. Bibliografik qollanmalarga: nashriyot mavzu rejalari, kitob savdosi muassasalarining byulletenlari, gazeta va jurnallarning bibliografiya qismlari, xilmaxil bibliografik ko‘rsatkichlar kiradi. Ushbu nashrlarni sinchiklab ko‘rib chiqib, tegishli kitoblarni olish uchun kollektor yoki kitob do‘koniga buyurtma berib qo‘yiladi. Vaqtli matbuotni olish uchun esa «gazeta va jurnallar kataloglaridan» foydalaniladi. Buyurtma qilingan hujjatlarning kelib tushishini nazorat qilib turish uchun joriy buyurtma kartotekasi tuziladi. 2-bosqich. Dastlabki tanlov. Kitob olish manbasi aniqlangandan so‘ng kitoblarni tanlashga o‘tiladi. U besh bosqichdan iborat: 1. Kitoblarning fondga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini formal belgisiga qarab bibliografik qo‘llanmalardan ko‘rib tanlanadi. 2. Ushbu bosqich ancha murakkab va qiyin bo‘lib, unda kitobning mazmuniga, sohasiga, o‘qilishiga qarab tanlab olinadi. Buning uchun kutubxonachi malakali, bilimli, ko‘p sohani tushunadigan, mantiqiy tahlil qila oladigan bo‘lishi lozim. Shundagina kutubxonaga mos keladigan dolzarb, bilim beruvchi, mazmunli, kitobxonni qiziqtiradigan kitoblarni tanlashi mumkin. Kitob tanlashda kutubxonachi nashriyotlarning mavzu rejalarini sinchiklab ko‘rib chiqib, muallifi, sarlavhasi, annotatsiyasini ko‘zdan kechirib, u kimlarga mo‘ljallanganligiga asosiy e’tiborni qaratadi. Xorijiy tildagi kitoblarni tanlashda beriladigan vatani, tilini hisobga olib, mutaxassislarga kerakli fundamental bilimga ega kitoblar tanlanishi muhimdir. Kutubxonachi ilmning hamma sohasini yaxshi bilmasligi mumkin, shuning uchun kitob tanlashda ko‘pincha muayyan soha, fan mutaxassislari ishtirok etishi ma’qul. Bu jarayonda kutubxonachi kitobxon bilan kitob o‘rtasida vositachi rolini o‘ynaydi, demak, u ham kitobxonning talabini qondirishni, ham kutubxona fondini sifatli to‘ldirishni o‘ylashi lozim. Yirik kutubxonalar esa tanlashda xilma-xil soha kishilari, ya’ni ekspertlardan foydalanadi, shunda fondda keraksiz kitoblar kamayadi.
Tanlangan hujjatlar ichki va tashqi tuzilmaga mos kelishi yoki kelmasligi aniqlanadi. Butlovchi kitobga buyurtma berishdan oldin ushbu kitobdan fondda bor yoki yo‘qligini, boshqa kutubxonalarda qanchaligini, qanday o‘qi!ayotganIigini bilishi kerak. Shundan so‘ng ushbu kitob kerakli bo‘lsa buyurtma beradi, kerak bo‘lmasa buyurtma bermaydi. 4. Kutubxonaga berilgan mablag‘ hisobga olinadi. Birinchidan, berilgan mablag‘ni keraksiz kitoblarga sarflash davlatga ham, kitobxonga ham foyda keltirmaydi, ikkinchidan, kerak kitoblarga mablag‘ yetmasligi xizmat ko‘rsatishni yomonlashtiradi, kitobxonning kutubxonadan ketib qolishiga sabab bo‘ladi. Almashuv fondlari, depozitar kutubxonalar paydo bo'ladi. Kutubxonalararo abonent to‘liq ishlamay qo‘ydi, kitob almashish yo‘q darajada bo‘lib qoldi. Hozir kitoblar qimmatlashib ketdi. Endi ichki va tashqi kitob almashuvini yo‘lga qo‘yish lozim. Kitob olishga ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajada bo‘lishi kutubxona faoliyatini yaxshilashning asosi va garovidir. 5. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib dastlabki tanlov asosida butlash boshlanadi. Joriy butlash esa davom etaveradi. Kerakli hujjatlarni olishni aniqlab, kutubxonachi mazkur kitoblar manbasini qidiradi. Kutubxona fondini to‘ldirish manbasi, yo‘llari shakl va usullari bir-biridan farq qiladi. Manba —bu obyekt bo‘lib, olinadigan joy, ya’ni tashkilot, muassasa yoki boshqa alohida joy bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha kutubxonalarga, 80 foiz kitobni kutubxona kollektoridan oladilar. Kutubxonachi kollektor bilan shartnoma tuzib, unda bir yilga oladigan kitoblar va ularni mablag‘ bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi. Kollektor esa o‘z navbatida buyurtma qilingan kitoblar bilan kutubxonani ta’minlash majburiyatini oladi. Bundan tashqari, kutubxonalarga kitoblarni kitob do‘konlaridan oladi146 lar. Do‘konlardan kitob olish oson va qulay, chunki kitoblar o‘z vaqtida kutubxonaga keladi. Bizda nashriyotlar bilan ham shartnoma tuzish endigina yo‘lga qo‘yilmoqda, bu ancha oson va uni rivojlantirish lozim. Kutubxonalar fondi samaradorligini oshirish yollaridan biri kutubxonalararo kitob almashuvini yo‘lga qo‘yishdir. Shundagina kitob o‘z o‘quvchisiga tez yetib boradi. Yirik milliy va ilmiy kutubxonalar uchun pullik va pulsiz majburiy nusxa tizimini joriy qilish va ishlatish lozim. Majburiy nusxa yirik milliy va soha kutubxonalariga davlat tomonidan yuboriladi. Bular masshtabiga qarab davlat va mahalliy, yo‘nalishiga, sohaga qarab umumiy yoki biron-bir maqsadga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Kutubxonalarning turiga, ixtisosiga qarab muayyan qoida asosida davlat ularni mazkur kitoblar bilan ta’minlab turadi. Bunday tizim orqali belgilangan kutubxonalar ma’lum joyda chiqarilgan barcha nashrlarni oladi va ularni saqlab kitobxonga yetkazadi. Majburiy nusxani 1537-yilda Fransiya qiroli Fransisk I joriy qilib, u shaxsiy kutubxonasi uchun barcha nashriyotlar chiqarayotgan kitobdan ma’lum nusxa yuborishni belgilab qo‘ygan edi. Shu asnoda jarayondagi eng yirik kutubxonalar o‘z fondini to'ldirgan va nodir kitoblar bilan boyitgan. Bepul majburiy nusxa oladigan kutubxonalar barcha xildagi matbuot asarlarini, barcha tilga oid hujjatlarni oladi. Pullik majburiy nusxa 1931-yildan joriy qilingan bo‘lib, undan asosan ilmiy kutubxonalar tizimi foydalanadi. Bundan maqsad ilmiy kutubxonalarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat. Mazkur kutubxonalarni hujjat bilan ta’minlashning eng tarqalgan yo‘li nashr qilinadigan kitoblarga oldindan buyurtma berib qo‘yishdir. Kutubxona o‘ziga kerakli kitoblarni belgilab, kartoteka tuzib, uni kollektorga va kitob savdosi tashkilotiga jo‘natadi va kerakli kitoblarni muntazam olib turadi. Buyurtma qilingan kitoblarning kitob olish manbalaridan to‘liq va o‘z vaqtida kelishi nazorat qilib turiladi. Kutubxonachi kutubxonaga kelayotgan kitoblarga taalluqli barcha hujjatlarni qabul qilingan kitoblar bilan solishtirib, taqqoslab ko‘radi. 0 ‘zlari 147 buyurtma bergan kitoblarning nomi, miqdori, bahosi mos kelsa bajaradi, kitobxonga kerak bo‘lmasa undan voz kechishi mumkin. Buyurtma berilmagan yoki defekti bo‘lgan, hujjatlarda ko'rsatilmagan kitoblarga dalolatnoma tuzilib qaytarib yuboriladi va buxgalteriyaga topshiriladi. Qolgan kitoblarga shartli belgi qo‘yilib, kutubxona fondiga topshiriladi. Dunyodagi har bir narsaning hisob-kitobi boiadi. Shuning uchun hamma sohada bo'lgani kabi kutubxonalarga keladigan va chiqariladigan nashrlarni hisobga olib boriladi. Chunki hisob — bu axborot olishdir. Kutubxonalar faoliyatida fond haqidagi ma’lumotlar keng qo‘llaniladi, chunki fondni tashkil qilish asosi hisobga olish bo'lib, kutubxona shu asosda nazorat qilinadi. Fondni hisobga olishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
Fond haqidagi ma’lumotlarning aniq va to‘liq bo‘lishi.
Kutubxonaga kelgan va undan chiqarilgan nagshrlarni hujjatlashtirish.
Nashrlarni o‘z vaqtida va tezda ro‘yxatga olish.
Hisobga olish natijalarining olingan kitoblar haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi.
|
| |