Kirish I bob. Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish




Download 21.92 Kb.
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi21.92 Kb.
#56591
  1   2
Bog'liq
Ezoza
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………………….
I Bob.Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish……………
1.1 Bibliografik qo’llanmalarni tuzushning umumiy metodikasi..
1.2 Bibliografik kartatekalarni tuzish……………………………………….
II Bob.Kutubxonalarni bibliografik axborotlashtirish…………………
2.1 Bibliografik axborotlashtirish haqida tushuncha…………………
2.2 Yakka tartibdagi bibliografik axborot berish ………………………..
III Bob.Xalqaro bibliografik formatlar ………………………………………
3.1 MARC formatlarining tarixi, shakllanishi, ahamiyati……………
3.2 MARC formatlarining turlari,milliy formatlar……………………….
3.3 MARC formatda bibliografik yozuvlarni aks ettirish xususiyatlari
Xulosa …………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi . 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng jamiyat taraqqiyotining barcha bo’g’inlaridain — siyosatda, iqtisodda, shuningdek, ma’naviyatda va madaniyatda ham tub 0‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida to ‘plangan tajribalar, dunyo jamoatchiligi tomonidan o‘zbek modeli deb tan olingan o’zimizga xos va o‘zimizga mos bo‘lgan taraqqiyot yo‘li — kelajagi buyuk davlatni barpo etish yo‘lidagi amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga hamda shukriga ulkan ta ’sir ko‘rsatmoqda.


Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o ‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimiz ongiga singdirish asosiy vazifalarimizdandir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarimizni izchil davom ettirish, ta ’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirib borish davlatimiz qudrati va mamlakatimiz kelajagi bo’lgan bilimli, dono va m a’naviy barkamol kadrlarga bogiiq. Bu har bir kishidan ana shunday ulkan axborot olamiga kirib borishda, undan o‘ziga zarur va eng qimmatli axborotni ola bilish ko‘nikmasini, mahoratini, san’atini egallashni talab etmoqda. Internet tizimi ham juda kengaydi. Endi kitobxon dunyo miqyosida o‘zi istagan davlatning kutubxonasi fondidagi adabiyotlar haqida ham, dunyo m a’naviyatidagi o fczgarishlar haqida ham bemalol o‘z kutubxonasida o’tirib ma’lumot olish imkoniga ega. Bu esa axborot manbalari bilan axborot iste’- molchilari o‘rtasida qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Endi iste’molchi tobora axborot qidirishda, uni tanlashda, undan unumli foydalanishda, uni qayta ishlab chiqishda yordamga muhtojlik sezmoqda. 2006- yil 20- iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning „Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta ’minlash to‘g‘risidagi qarori“da aholiga axborot-kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, axborot-resurs markazlari sifatida kutubxonalarni qayta tashkil etish, buning uchun chora-tadbirlar belgilash, ularda o’sib kelayotgan yosh avlodning intelelektual salohiyatini o‘stirishga e’tiborni qaratish, aholining olamshumul axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalarining ham imkoniyatlaridan foydalanish vazifasi qo‘yildi. 2011-yil 23-fevralda qabul qilingan bu qaror „2011—2015- yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida“ deb nomlandi va 2015-yilga qadar mamlakatimiz kutubxonalari qoshida 1815 ta elektron kutubxona va ular uchun 400 mingdan oshiq elektron shakldagi axborot-kutubxona resurslarini yaratish vazifasi belgilab berildi. Ana shu vazifalami amalga oshirishda bibliografiya yordamga keladi. Bibliografiya va bibliografiyashunoslik maxsus predmetlardan bo‘lib, kutubxonachi kadrlar tayyorlovchi fakultetlarda, madaniyat, san’at va pedagogika kollejlarining kutubxonachilik bo‘limlarida o‘tiladi. Bibliografiya kursini o‘rganish nazariy masalalar, amaliy mashg‘ulotlar, tajriba darslari, mustaqil ishlar yordamida olib boriladi. Kutubxonalarda olib boriladigan ishlab chiqarish amaliyotlari davomida ma’ruza matnlarida berilayotgan nazariy masalalar amaliy mashg’ulotlar va mustaqil ish orqali mustahkamlanib boriladi.

Talaba o‘zini o‘zi muntazam tekshirib borish, nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur kurs ishi birmuncha murakkab, ammo juda qiziqarli bo‘lib, kutubxona ish faoliyatida foydali bo‘lgan bibliografik va axborot jarayonlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Chunki barcha mutaxassislikka oid fanlar bu fan bilan bog‘liq holda o’rganiladi, kutubxona ish jarayonlarining barcha sohalarida ana shu fan yordamida olingan bilim zarur bo‘ladi, kitobxonlarga o ‘ziga mos axborotni topish va yetkazib berishdir.


Kurs ishining maqsad va vazifalari . Bibliografiya predmeti o’quvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga yetkazib berish ilmi bilan qurollantiradi. Bibliografiya milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini targ‘ib etishda, Prezident I. A. Karimov asarlaridan, ko‘rsatma va farmonlaridan foydalangan holda okquvchilarga amaliyotda bibliografik sharhlashni, adabiyotlarning turli xil ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va bibliografik qo'llanmalarni tuzish metodikasini, kerakli m a’lumotlarni qayerdan, qaysi 4 yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish kerakligini, kutubxonada kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini o’rgatadi
Bibliografiya ishi bilimli, sabr-toqatli, sinchkov va ziyrak kishining ishi ekanligini unutmang.


Download 21.92 Kb.
  1   2




Download 21.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish I bob. Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish

Download 21.92 Kb.