I Bob.Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish




Download 21.92 Kb.
bet2/2
Sana05.05.2023
Hajmi21.92 Kb.
#56591
1   2
Bog'liq
Ezoza
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234
I Bob.Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish

    1. Bibliografik qo’llanmalarni tuzushning umumiy metodikasi

Yirik axborot-kutubxona markazlari tomonidan bibliografik qollanm alar nashr etishning va tarqatishning keskin darajada kamayib ketganligi, aniq kitobxonlar guruhiga m o‘ljallangan qollanmalarning kamligi, tor mavzuga oid maxsus bibliografik qollanmalarning tuzilmay qo‘yilganligi va boshqa moddiy-iqtisodiy qiyinchiliklar sababli ko‘pgina kutubxonalar tayyor bibliografik qo‘llanmalardan foydalanish bilan birga okzlari ham bibliografik qollanm alar va ko‘rsatkichlar tuzadilar. Kichik kutubxonalar, asosan, tavsiyaviy bibliografik qollanm alar va ko‘rsatkichlarni tuzadi hamda tarqatadi. Ularning maqsadi kitobxonlarga mustaqil bilim olishda yordam berish, axborotga bolgan talabini qondirish, kitobxonlarga professional bilim olishda, uni oshirib borishda, qayta malaka oshirishda yordam berishdan iborat. Bu ishni amalga oshirish uchun ular bibliografiyalash qoidalarini va texnologiyasini bilishlari zarur.
Bibliografik qo’ llanmalarni tuzish dasturini ishlab chiqish bosqichining maqsadi — kitobxonlik guruhini aniqlashdan iborat. Bunda quyidagi vazifalar bajariladi: mavzuni tanlash va o‘rganish; shunga oid adabiyotlarning fondda mavjudligini aniqlash; bibliografik tanlashning mezonlarini aniqlash (nashr turlari, ularning to’liqligi, mavzuli va xronologik chegarasi); bibliografik qo‘llanmaning turi va janrini belgilash.Qo‘llanmaning mavzusi turli xil aspektlarda okrganiladi: uning dolzarbligi, yangiligi, unga kitobxonlar qiziqishi va munosabati, adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi, kutubxona imkoniyatiga muvofiqligi.
Tuzuvchilar masalaning mohiyatini to‘la anglab olishlari uchun kitoblarga, jurnal va gazetalarga, mavzuga oid turli xil to‘plamlarga murojaat qiladilar. Muntazam ravishda shu sohaga oid olimlarning, mutaxassislarning asarlarini o‘rganib borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la ochib berishga, har qanday hujjatni to‘g‘ri tavsiya qilishga olib keladi. Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng qo'llanmaning rejasi ishlab chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo’imlari, har bir bo’limda material berishning tartibi, hujjatlarni joylashtirish prinsiplari, yordamchi apparatlar, ularning tartibi, foydalanish uchun manbalar ko‘rsatiladi. Matbuot asarlarini aniqlash va bibliografik qidirish bosqichining vazifasi — tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar u vaqtincha mavjud bo‘lmasa, bibliografik yozuvlarning) kutubxonada mavjudligini aniqlashdan iborat. Agar mavjud bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Tuzuvchi mavzuga oid m a’lumot beruvchi hamma manbalarni ko‘rib chiqadi: kataloglar, kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar, ko‘rsatkichlar, sharhlar, mutaxassislikka oid jurnallardagi ro‘yxatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning bibliografik ma’lumotlari tanlab olinadi va mahalliy nashrlar haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi. Ba’zan yangi adabiyotlardagi, o‘quv qo’llanmalaridagi, ko‘p tarmoqli, tarmoqli, mavzuli bibliografik ko‘rsatkichlardagi, „Kitob dunyosi “ gazetasidagi ro‘yxatlar ham ko‘rib chiqiladi va mavzu uchun moslari tanlab qo‘shiladi.
Download 21.92 Kb.
1   2




Download 21.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I Bob.Kutubxonalarda bibliografiya ishini tashkil etish

Download 21.92 Kb.