|
Kutubxonalarda tezkor axborot almashinuviBog'liq 30-33
http://web-journal.ru/
Часть-20_ Том-5_
Май -2024
ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
31
ISSN:
3030-3680
bois bosma nashrlarni va nodir kitoblarni elektron shaklga o‘tkazish ularni kelajak
avlod uchun asrab, saqlab qolish, kengroq targ‘ib qilish uchun kutubxonalar
“Elektron kutubxona” deb nomlangan dasturlar yaratib, ularni saytlariga biriktirib
qo‘yishmoqda.
Butun dunyoda elektron kutubxona axborot texnologiyalarini joriy etishning
ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Amerika universitetlarining kutubxonalari uzoq
vaqtdan beri elektron kutubxonaga aylantirilgan. Elektron kutubxona bu shunchaki
raqamlashtirilgan kitoblar, davriy nashrlar, audio va video materiallar to‘plami emas.
Bular mavjud ma’lumotlarning barcha turlarini (telefon, radio, televidenia, kino va
bosma materiallar - kitoblar, jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar) birlashtirgan
korporativ taqsimlangan axborot tarmoqlari. Bunday kutubxona so‘rovga javoban
turli bilim sohalaridan ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Korporativ tarmoq-bu bir tashkilotning (korporatsiyaning) turli tugunlari va
bo‘linmalari o‘rtasida ma’lumotlar, resurslar va aloqa almashish uchun
mo‘ljallangan yaxlit axborot tarmog‘idir.
Korporativ tarmoq uskunalari ma’lumotlarni uzatish uchun barcha shaxsiy
kompyuterlarni bitta jismoniy vositaga ulash uchun ishlatiladi.
Korporativ tarmoqlar global yoki mahalliy bo’lishi mumkin. Hozirda dunyo
miqyosida kutubxonalar o’zlarining keng foydalanuvchilari uchun Internet global
tarmog’idan korporativ tarmoq sifatida foydalanib, unda o’z korporativ saytlarini
joylashtirmoqdalar. Bu faoliyat o‘tgan asrning 90 yillaridan boshlangan.
Korporativ veb-sayt kompaniyani taqdim etadigan, o‘z mahsulot va
xizmatlarini mijozlarga, investorlarga, hamkorlarga, potentsial xodimlarga taklif
qiladigan va ulardan hamkorlik qilish uchun arizalarni to’plashga yordam beradigan
asosiy platformadir.
Korporativ kutubxona jamoaning yaxlitligi va kompaniyaning barcha
xodimlarining yagona axborot bazasiga sodiqligining ko‘rsatkichi sifatida xodimlar
o‘rtasida o’zaro tushunishni ta’minlash uchun yagona axborot muhiti sifatida
tavsiflanadi.
Bu jarayonlar, o‘z navbatida, O‘zbekiston oliy ta’lim mussasalari kutubxonalar
faoliyatida ham o‘zgarishlarga olib keldi va natijada “Yagona ta’lim axborot
muhitini rivojlantirish” maqsadida yagona UNILIBRARY.UZ korporativ sayti
tashkil qilindi, u to‘ldirilmoqda va takomillashtirilmoqda. Portalga qo‘yiladigan
muayyan talablar quyidagilardan iborat: 24 soat davomida ishlash; axborot
resurslarining ta’limning barcha darajalariga mos kelishi; sertifikatlangan resurslarni
kiritish. Unga oliy ta’lim mussasalari kutubxonalari o‘z bosma nashrlarini elektron
|
| |