• 5-modda. Aloqa sohasida davlat boshqaruvi
  • 6-modda. Aloqa tarmoqlari va vositalariga egalik
  • 8-modda. Aloqa vositalarini rivojlantirish
  • -modda. Aloqa to‘g‘risidagi qonunchilik




    Download 1,66 Mb.
    bet2/21
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #237183
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

    3-modda. Aloqa to‘g‘risidagi qonunchilik
    Aloqa sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
    4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining aloqa sohasidagi vakolatlari
    Aloqa sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ixtiyoriga:.
    aloqa sohasidagi qonunchilik;
    aloqa sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalarini belgilash;
    xalqaro shartnomalarni ratifikatsiyalash;
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.

    5-modda. Aloqa sohasida davlat boshqaruvi.
    Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘ziga bo‘ysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar, aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari ko‘rsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.
    Pochta to‘lovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tegishlidir.
    6-modda. Aloqa tarmoqlari va vositalariga egalik
    O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllariga asoslangan, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar egaligida bo‘lgan aholiga aloqa xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
    8-modda. Aloqa vositalarini rivojlantirish
    Davlat aloqa vositalarini rivojlantirish va qayta qurish davlat idoralarining mablag‘lari, o‘z mablag‘lari, banklarning kreditlari, jalb qilingan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
    Boshqa aloqa vositalarini rivojlantirish, qayta qurish ularning egalari tomonidan o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
    Yer uchastkalari, ko‘priklar, tonnellar orqali, ko‘chalardan, inshootlardan, kollektorlardan, man etilgan hududlardan, o‘rmonlardan telekommunikatsiyalar liniyalari o‘tkazishda bunday liniyalarni o‘tkazish shartlari yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalarining mulkdorlari, shuningdek yuqorida qayd etilgan obyektlarning egalari bilan kelishiladi.
    Inshootlar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlar barpo etilayotganda yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va ko‘chirish ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan va pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari taqdim etgan texnik shartlarga muvofiq bajariladi.
    Daha ichkarisidagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va barpo etiladi.

    Download 1,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Aloqa to‘g‘risidagi qonunchilik

    Download 1,66 Mb.