• 4-bob. Bazaviy fazoviy ma’lumotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • -bob. FMMI axborot resurslari




    Download 1,66 Mb.
    bet11/21
    Sana16.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #237183
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
    Bog'liq
    Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri

    3-bob. FMMI axborot resurslari
    19. FMMI axborot resurslari quyidagilardan iborat:
    bazaviy fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari;
    sohaga oid (tarmoq, mavzuli) fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari;
    fazoviy ma’lumotlarni izlash va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun metama’lumotlar, kataloglar va metama’lumotlar bazalari;
    fazoviy ma’lumotlar servislari.
    20. Fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari uchun quyidagilar tegishli spetsifikatsiyalarda va metama’lumotlarda belgilangan va tavsiflangan bo‘lishi kerak:
    o‘lchov birliklari;
    fazoviy koordinatalar tizimlari;
    vaqt koordinatalari tizimlari;
    fazoviy obyektlar xususiyatlarini tasvirlash sxemasi;
    tasniflash va kodlash tizimlari;
    taqdim etish formatlari;
    fazoviy obyektlarni raqamli tavsiflash qoidalari;
    fazoviy ma’lumotlarning kataloglari;
    vizuallashtirish uchun shartli belgilar majmuasi;
    yangilashning dolzarbliligi;
    yangilashning davriyligi;
    fazoviy ma’lumotlarning sifati.
    21. FMMIda foydalaniladigan fazoviy ma’lumotlarning asosiy turlari:
    raqamli kartografik asos;
    Yerni masofadan turib zondlash (EMTZ) materiallari;
    EMTZ materiallari asosida yaratilgan ortofotoplanlar va boshqa hosilaviy materiallar;
    relyef va joyning raqamli modellari;
    bazaviy fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari;
    sohaga oid fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari;
    Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri ma’lumotlar bazasi;
    Ko‘chmas mulk obyektlari manzillar reyestri ma’lumotlar bazasi;
    Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish integratsiyalashgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasi;
    qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar bazalari.
    22. Fazoviy ma’lumotlarda fazoviy obyektning nomi, uning koordinata tavsiflari, manzili va boshqa ma’lumotlar beriladi.
    4-bob. Bazaviy fazoviy ma’lumotlarga qo‘yiladigan asosiy talablar
    23. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar quyidagi fazoviy obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
    geodeziya, nivelir va gravimetriya tarmoqlari punktlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi, ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari;
    gidrografik obyektlar va gidrotexnika inshootlari;
    aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, dahalar, mavzelar, massivlar, bog‘lar, xiyobonlar);
    sanoat, qishloq xo‘jaligi obyektlari va ijtimoiy-madaniy obyektlar;
    binolar va inshootlar;
    avtomobil yo‘llari;
    temir yo‘llar;
    magistral quvurlar;
    muhandislik kommunikatsiyalari;
    aeroportlar, daryo bandargohlari;
    o‘simlik qoplami va tuproqlar;
    yer uchastkalarining chegaralari;
    muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros obyektlari;
    aholi punktlarining chegaralari va zonalashtirish obyektlari, shuningdek, shahar atrofidagi zonalar;
    muhofaza etiladigan zonalar hamda hududlardan foydalanishning alohida shartlariga ega bo‘lgan zonalar;
    aholi punktlari hududidagi va undan tashqaridagi ko‘chalarning reyestrlari hamda obyektlarning manzillari;
    geografik obyektlarning nomlari;
    joy relyefi;
    ortofotoxaritalar, aero- va kosmik suratlar hamda Yerni masofadan turib zondlashga doir ishlarning natijalari.
    Bazaviy fazoviy ma’lumotlar tarkibiga qo‘shimcha tarzda bazaviy ma’lumotlar maqomini berish maqsadga muvofiq deb topilgan boshqa obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi mumkin.
    24. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar to‘plamlarini yaratishda quyidagi asosiy talablarga rioya etiladi:
    fazoviy ma’lumotlarning sifati ularning dolzarbligi, ishonchliligi, to‘liqligi, yaxlitligi va aniqligi;
    majburiy doimiy saqlanadigan atributlarning minimal to‘plami;
    fazoviy obyektlarni tasniflash va kodlashning mavjud umumdavlat va tarmoqqa oid tizimlar bilan mosligi;
    bazaviy fazoviy ma’lumotlar to‘plamlarini shakllantirishdagi ustuvorliklar va ketma-ketlik;
    ma’lumotlarni joylardagi o‘zgarishlarga moslashtirgan tarzda tezkor yangilash;
    texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga qat’iy amal qilish;
    joyning holati to‘g‘risidagi bazaviy axborot sifatidagi kartografik asosdan bazaviy fazoviy ma’lumotlar va geoaxborot tizimlarining raqamli to‘plamlaridan foydalanishga izchillik bilan o‘tish.
    25. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar va ularning metama’lumotlarini saqlash, dolzarblashtirish va taqdim etish uchun FMMI administratori tomonidan bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki tashkil etiladi.
    Bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki bazaviy fazoviy ma’lumotlar, ularning metama’lumotlari, klassifikatorlar, ma’lumotnomalar va reyestrlar to‘plamlaridan, shu jumladan, Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, MGAT ma’lumotlar bazasi hamda kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi ma’lumotlar bazasidan iborat bo‘ladi.
    26. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar tarkibiga kiritilgan obyektlar bo‘yicha bajarilgan geodeziya, kartografiya, geoaxborot va kadastr ishlari natijalaridan foydalanib bazaviy fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar to‘plamlari yaratiladi va FMMIga kiritiladi.
    Geodeziya, kartografiya, geoaxborot va kadastr ishlari natijalari esa buyurtmachida (fazoviy ma’lumotlar saqlovchisida) yoki tegishli ishlarni bajaruvchida saqlanadi.
    27. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar bankida mavjud ma’lumotlar va boshqa manbalardagi fazoviy ma’lumotlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki ma’lumotlari haqqoniy hisoblanadi.
    28. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar to‘plamlarini dolzarblashtirish fazoviy ma’lumotlarni ishlab chiqaruvchilari tomonidan bajarilgan barcha turdagi geodeziya, topografiya, kartografiya, kadastr va boshqa ishlar natijasida olingan materiallar (ma’lumotlar) asosida FMMI administratori tomonidan amalga oshiriladi.
    29. Bazaviy fazoviy ma’lumotlar to‘plamlari umumdavlat axborot resurslariga tegishli bo‘lib, davlat mulki hisoblanadi va xususiylashtirilmaydi.
    30. Bazaviy fazoviy ma’lumotlarga, ularning metama’lumotlariga, tarkibi va mazmuniga batafsil talablar davlat standartlari hamda texnik jihatdan tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlar bilan o‘rnatiladi.
    31. Bazaviy fazoviy ma’lumotlardan barcha davlat organlari va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fazoviy ma’lumotlarni yaratishda ishtirok etadigan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan foydalanish uchun majburiydir.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




    Download 1,66 Mb.