|
-bob. FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati to‘g‘risida yillik hisobotni tayyorlash tartibi
|
bet | 16/21 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #237183 |
Bog'liq Asliddin Xolbo\'tayev davlat kadastri9-bob. FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati to‘g‘risida yillik hisobotni tayyorlash tartibi
67. FMMI administratori FMMIning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirilishini FMMIga kiritilgan fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlarni izlash, to‘plash, umumlashtirish, ularning mavjudligi, dolzarbligi, ishonchliligi, ochiqligi va interoperabelligi haqidagi ko‘rsatkichlarni baholash va reytinglash yo‘li bilan doimiy monitoring yuritadi.
68. Kadastr agentligi FMMI faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirilishini monitoring qilish ko‘rsatkichlari va metodikasini belgilaydi, shuningdek, monitoring natijalarini o‘zining rasmiy saytida e’lon qiladi.
69. Monitoring va boshqa tadbirlar natijalari asosida Kadastr agentligi FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati haqida yillik hisobot tuzadi, Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishiga kiritadi va hisobot davridan keyingi yilning 31-yanvarigacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati haqidagi yillik hisobotning loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan oldin FMMIni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash ko‘rib chiqadi va o‘z takliflarini beradi.
70. FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati haqidagi yillik hisobot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
FMMIni yaratish, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirilishi masalalari bo‘yicha davlat dasturlari va boshqa dasturlarning amalga oshirilishi;
fazoviy ma’lumotlar sohasida ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va tajriba-texnologik ishlarning bajarilishi;
fazoviy ma’lumotlar sohasidagi normativ-huquqiy baza, standartlashtirish va fazoviy ma’lumotlar sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini rivojlantirish holati;
FMMI faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi monitoringi natijalari, dolzarb bo‘lmagan ishonchsiz yoki belgilangan tartibni buzgan holda taqdim etilgan fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar;
fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar sifatini ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish natijalari;
ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, ilmiy va boshqa vazifalarni hal qilishda bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlardan foydalanish xususiyati va miqdoriy ko‘rsatkichlari;
FMMI geoportallari tarmog‘ining ishlashi;
FMMI faoliyat ko‘rsatishining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Yillik hisobot, shuningdek, FMMI ishida aniqlangan kamchiliklar va muammolar haqidagi axborot, FMMIni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar, boshqa zarur axborot ham kiritiladi.
71. Kadastr agentligi FMMIni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning holati haqidagi yillik hisobotni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullangandan keyin o‘zining rasmiy saytida e’lon qiladi.
|
| |