Xo’jalik yuritish va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik




Download 17,15 Kb.
Sana25.09.2024
Hajmi17,15 Kb.
#272488
Bog'liq
vfdpe


“Yashil iqtisodiyot” fani nazariy jihatdan xo’jalik yuritish tizimini “yashillashtirish”ning umumiy strategiyasini ishlab chiqish va ustivor yo’nalishlarini belgilab berish bilan shug’ullanadi.
“Yashil iqtisodiyot”ni nazariy asoslashdan keyin uning ahamiyatini iqtisodiy sub’yektlar o’rtasida ommalashtirish zaruriyati paydo bo’ladi. Ushbu darajada yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi jamiyatda ekologik toza ishlab chiqarishning zarurligi va ahamiyati to’g’risida dunyoqarashni uyg’otish hisoblanadi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o’tish nazariy va g’oyaviy jihatdan asoslangandan keyin, uning huquqiy asoslarini shakllantirish va sohaga oid tegishli qonunchilikni ishlab chiqish zaruriyati paydo bo’ladi. “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga oid qonunchilik iqtisodiyotni “yashillashtirish”ga ko’maklashishi bilan bir vaqtda barcha xo’jalik sub’yektlari manfaatlariga mos kelishi zarur.
Iqtisodiy darajada “yashil iqtisodiyot”ni boshqarish jarayonlarining natijalariga baho beriladi.
“Yashil iqtisodiyot”ning fan sifatida o’rganish ob’yektlarini quyidagilarga ajratish mumkin;
-xo’jalik yuritish va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik;
-iqtisodiy faoliyat tufayli uzoq istiqbolda atrof muhitga yetkaziladigan zararni minimallashtirish, ekologik ijtimoiy omillarni qamrab oluvchi iqtisodiy tizimlarni boshqarish usullari;
-xo’jalik yuritish faoliyati va ishlab chiqarish sohalarida yangi texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni atrof muhitga yetkaziladigan zararini minimallashtirishga yo’naltirilgan tamoyillarini.
“Yashil iqtisodiyot” fanining umumlashgan ob’yektlaridan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, “yashil iqtisodiyot” fani uchun fanlararo uslubiyat xos bo’lib, unda iqtisodiyot fani boshqa fanlar bilan o’zaro kesishadi.
“Yashil iqtisodiyot” fanida ilmiy bilish usullarini tanlash tadqiqot strategiyasini tuzishda quyidagi tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi;
-resurslarning cheklanganligi sharoitida ekologik omillarning birlamchi omil ekanligi;
-“Yashil iqtisodiyot”ni amaliyotga tadbiq etish bosqichlarini turli (nazariy, g’oyaviy, siyosiy va iqtisodiy) darajalarga bo’lish zaruriyatining mavjudligi;
-taxlillar va ilmiy ishlanmalarning fanlararo xarakterga egaligi.
“Yashil iqtisodiyot” fanining maqsadi -“yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi, “yashil iqtisodiyot”ga o’tish zaruriyatini asoslash, “yashil iqtisodiyot”ni baholash ko’rsatkichlari va indikatorlarini tahlil etish, jahon amaliyotida shakllangan “yashil iqtisodiyot”ga o’tish modellarini qiyosiy o’rganish, O’zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
“Yashil iqtisodiyot” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
-“yashil iqtisodiyot”ga oid kotegoriyalar va tushunchalar mohiyatini ochib berish;
-barqaror rivojlanishni ta’minlashda “yashil iqtisodiyot”ning tutgan o’rnini baholash;
-“yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining maqsadi, tamoyillari va amalga oshirish mexanizmini tahlil etish;
-“yashil iqtisodiyot” va “yashil o’sish” miqyosini baholashning xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilayotgan yondashuvlarini qiyosiy tahlil etish;
-“yashil iqtisodiyotga” o’tish jarayonini moliyalashtirish holati, ko’rsatkichlari va rivojlantirish istiqbollarini o’rganish;
-“yashil energetika”ga barqaror rivojlanish omili sifatida baho berish;
-organik qishloq xo’jaligini rivojlantirish muammolarini o’rganish;
-jahondagi ekologik vaziyatga baho berish va ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmini asoslash;
-jahonning yetakchi mamlakatlarida “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, milliy dasturlarini amalga oshirish borasidagi jamlangan boy, ilg’or tajribani qiyosiy tahlil qilish;
-O’zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o’tish strategiyasining maqsadi, vazifalari va rivojlantirish istiqbollarini o’rganish.
Download 17,15 Kb.




Download 17,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xo’jalik yuritish va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik

Download 17,15 Kb.