• II. ASOSIY QISM II.1 Avtomatik rostlash tizimlari va ularning elementlarini tahlili
  • Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
  • Mustaqil ishi mavzu: Avtomatik rostlash usullari




    Download 0.64 Mb.
    bet1/4
    Sana16.03.2023
    Hajmi0.64 Mb.
    #45767
      1   2   3   4
    Bog'liq
    20. AVTOMATIK ROSTLASH USULLARI
    Ravshanoy toliq, BALANS, ronaldo

    Andijon mashinasozlik instituti sirtqi bo`lim AT yo`nalishi 354-19-guruh 4-kurs talabasi Mamadaliyev Elmurodjonning “Texnik tizimlarni boshqarish” fanidan

    MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: Avtomatik rostlash usullari

    I. KIRISH

    I.1 Avtomatik rostlashning vazifasi

    II. ASOSIY QISM

    II.1 Avtomatik rostlash tizimlari va ularning elementlarini tahlili

    II.2 Rostlanuvchi ob’yektlar va rostlash sifati

    II.3 Rostlash qonunlari va avtomatlashtirishning texnik vositalari

    XULOSA

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    I. KIRISH I.1 Avtomatik rostlashning vazifasi

    Texnologik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.

    Avtomatik nazorat - texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.

    Avtomatik rostlash - texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) turi ishlashini nazorat qiladi.

    Avtomatik boshqarish - texnologik operasiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv ob’ektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.

    Avtomatlashtirish - texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalarni joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish - ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi bo‘lib, bunda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish ishlab chiqarishning asosiy texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi.


    Download 0.64 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ishi mavzu: Avtomatik rostlash usullari

    Download 0.64 Mb.