Tuproq gigienasi




Download 142,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana15.12.2023
Hajmi142,95 Kb.
#119312
  1   2   3
Bog'liq
5-laboratoriya SANITARIYA



5-laboratoriya ishi 
TUPROQ GIGIENASI 
Ishdan 
maqsad
oziq-ovqat 
maxsulotlarini 
begona 
mikroorganizmlar 
kontaminatsiyasi manbai bo‘lgan tuproqni mikrobiologik jihatdan o‘rganib chiqish. 
Tuproqda mikroorganizmlar juda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Unda Erda uchraydigan 
barcha shakldagi mikroorganizmlar mavjud: bakteriyalar, viruslar, aktitsomitsetlar, 
achitqilar, zamburug‘lar. 1 g tuproqdagi umumiy mikroblar soni (UMS) 1,0 dan 10 
mlrd.gacha bo‘lishi mumkin. Tuproqning turli qatlamlarida mikroorganizmlar 
miqdori turlicha. Eng eng yuqori qatlamda (0,5 sm) mikroorganizmlar juda kam. 1-
5 sm chuqurlikdan 30-40 sm gacha mikroorganizmlar soni maksimal bo‘ladi - 1 g 
da o‘rtacha 10 mln dan 50 mln gacha. 30-40 sm dan keyin UMS sekin asta 
kamayadi va chuqurroq qismlarda minimal bo‘ladi. 
Tuproq morfologiyasi 2 guruhga bo‘linadi: 
1. Autotorf - mineral moddalar bilan oziqlanadi. 
2. Geterotorf - organik moddalar bilan oziqlanadi 
Ikkala guruh tuproqlarining o‘zini-o‘zi tozalash jarayonlarida ularning 
mineralizatsiyasida qatnashadi. Ammo geterotrof mikroorganizmlar guruhida 
patogen mikroflora mavjud bo‘lishi mumkin. Tuproqning ichak tayoqchalari bilan 
zararlanga inson chiqindilari bilan ifloslanishida o‘simliklar dizenteriya, vabo, 
qoring tifi, salmonellyoz, enteroviruslar qo‘zg‘atuvchilari bilan kontaminatsiya 
qilishi mumkin. Inson va hayvonlarning ichak infeksiyalari bilan kasallanish 
darajasi va tuproq sanitar holatining yomonligi orasida bevosita bog‘lanish 
mavjud. Tuproq orqali o‘lat, gazli gangrena, qoqoshol va boshqa kasalliklarning 
qo‘zg‘atuvchilari tarqalishi mumkin. 
Tuproqning sanitar-mikrobiologik tekshiruvida umumiy mikroblar soni, kolititr, 
perfingens-titr, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar titri vaproteylar, termofill 
bakteriyalar miqdori hisoblanadi. Mikroblar sonituproqning organik moddalar 
bilan zararlanganligi bilan ifodalaydi. Tuproqda ichak tayoqchalarining mavjudligi 
uning inson chiqindilari bilan ifloslangangiligidan darak beradi. Tuproqda 
Clostridium perfringenstayoqchasining mavjudligi ham shunday ifloslanishga 


misol bo‘ladi. Tuproqda Proteusturidagi bakteriyalarning mavjud bo‘lishi uni 
hayvonlarning organik moddalari yoki inson chiqindilari bilan zararlangan deb 
hisoblashga asos bo‘ladi. Termofil mikroorganizmlarning mavjudligi tuproq go‘ng 
yoki kompostlar bilan ifloslanganligidan darak beradi. Toza tuproqlarda termofill 
mikroorganizmlar ko‘pincha topilmaydi. 
Tuproq namunasini olish. Tuproqning yuqori qatlamlarini mikrobiologik 
tekshirishlarda namunalar 15-20 sm chuqurlikdan olinadi. Bunda yuqoridagi 2 sm 
qalinlikdagi qatlam olib tashlanadi (tekshirilayotgan huduning turli qismlaridan 
kamida 10 ta namuna). Namunalar kichkina temir kurakcha yoki hokandoz bilan 
steril, qog‘ozga o‘ralgan, yorlig‘i mavjud bo‘lgan og‘zi katta bankalarga solinadi. 
Har bir olingan namuna 200-300 g og‘irlikda bo‘lishi kerak, aralashgan namuna 
(o‘rta Namuna) esa, 1 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Tuproqni tekshirishga tayyorlash. Tuproq namunalari katta bo‘laklardan ajratiladi, 
maydalanildi, steril 3 mm li elakdan o‘tkaziladi. Keyin namuna steril qog‘ozga 
solib yaxshilab aralashtiriladi va 10 g miqdori tarozida tortiladi. Tarozida tortilgan 
tuproq 90 sm steril vodoprovod suvi solingan 250 sm hajmga ega kolbaga solinadi. 
1:10 miqdordagi aralashma olinadi. Bu tekshirilayotgan tuproqning 0,1 g 
miqdoriga mos keladi. Bu tekshirilayotgan tuproqning 0,1 gr. miqdoriga mos 
keladi. Kolba 10 daqiqa davomida silkitilib, tuproqning yirik zarrachalari 30 sek. 
davomida joylashadi va tuproqning ifloslanganlik darajasiga qarab 3 tadan 6 
tagacha o‘n karrali aralashmalar tayyorlanadi. 

Download 142,95 Kb.
  1   2   3




Download 142,95 Kb.
Pdf ko'rish