|
Moddiy nuqtaning ilgarilanma harakati
|
bet | 1/7 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 390,22 Kb. | | #101841 |
Bog'liq 1-MAVZU amaliy topshiriq (2)
AMALIY
KO‘NIKMA
1-mavzu: MODDIY NUQTANING ILGARILANMA HARAKATI
Ushbu uslubiy koʻrsatmadan foydalangan holda talaba:
1. Nazorat savollar va koʻrsatilgan adabiyot yordamida berilgan boʻlimni sinchiklab oʻrganishi kerak.
2. Oʻqib oʻrganilgan nazariyaga, uslubiy koʻrsatma va misollarga tayangan holda oʻqituvchi tomonidan koʻrsatilgan variant boʻyicha uy vazifasini mustaqil bajarishi kerak.
Masalalarni yechishda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1. Eng avval, masalani sinchiklab oʻqib, uning mazmunini tushunib olish zarur. Agar masalaning tavsifi imkon bersa, uni tushuntiruvchi rasm chizish kerak.
2. Masalani tahlil qilib, qanday ob’yektlar yoki jarayonlar haqida soʻz ketayoʻtganligini, qanday kattaliklar ularni aniqlayotganligini, koʻrilayotgan hodisalar qanday fizik qonuniyatlarga boʻysunishini aniqlash kerak.
3. Masalani yechishda optimal usulni tanlab olish kerak.
4. Avval masalani umumiy koʻrinishda yechib, bunda qidirilayoʻtgan kattalik masalada berilgan kattaliklar orqali ifodalanishi kerak.
5. Berilgan kattalaiklarni son qiymatlari bir tizim – tizimida qoʻyilishi kerak.
6. Yechishni oxirida oʻlchov birligini mosligi tekshirilishi zarur.
|
| |