O‘zmaxsusmontajqurilish” ak raisi o‘rinbosarining funksional majburiyatlari




Download 17,59 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi17,59 Kb.
#12794

O‘ZMAXSUSMONTAJQURILISH” AK RAISI O‘RINBOSARINING FUNKSIONAL MAJBURIYATLARI

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi raisi o‘rinbosari (keyinchalik “O‘rinbosar”) kompaniya boshqaruvining ishtirokchisi hisoblanadi.

“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi raisi o‘rinbosari o‘z lavoizimiga “O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining Umumiy Yig‘ilish Ishtirokchilari tomonidan saylanadi.

O‘rinbosar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalar MF, Sanoatkontexnazorat, Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa davlat va xo‘jalik organlari bilan hamkorlik qilish masalalariga javob beradi.

Ishlab chiqarish sur’atlari, ish haqi, qurilish-montaj ishlarini samaradorligi va rentabelligi, mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy zahiralarni imkon qadar eng kam miqdorda sarf qilgan holda katta natijalarga erishish maqsadida Kompaniyaning iqtisodiy faoliyatini tashkil qiladi va takomillashtiradi.

Kompaniya raisi o‘rinbosari kompaniya tarkibiga kiruvchi montaj, ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash va loyiha tashkilotlari, sanoat korxonalarining investitsion loyihalarini amalga oshirish, respublika iqtisodiyotidagi yuqori sifatli qurilish mahsulotlariga bo‘lgan extiyojni qondirish, yuqoritexnologiyali, maxsus-qurilish-montaj va ishga turishish ishlari ishlari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi. Korxona va tashkilotlarga marketing izlanishlar o‘tkazishda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlashda chet el investitsiyalarini jalb etgan holda qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha institutlari bilan birgalikda yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish ishlari loyihalarini ishlab chiqishni ta’minlaydi, instruksiya va ularga ilovlar bilan birga yangi ShNK va KNK lar ishlab chiqish va chop etishda ishtirok etadi.

Kompaniyani iqtisodiy rivojlantirish rejalari asosida kadrlarga bo‘lgan extiyojni rejalashtirish va aniqlash bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi.

Kompaniya tashkilotlari tomonidan qora va rangli metall topshirish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini ta’minlaydi.

Korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qardorliklarni kamaytirish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq tegishli choralarni amalga oshiradi.

Kompaniya va uning tarkibidagi korxonlarning iqtisodiy holatini muntazam ravishda o‘rganib boradi, tarmoqning iqtisodiy va ijtimoiy istiqbolli yillik rejalarini tuzish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Seminarlar o‘tkazilishi va Kooperatsion birjada Kompaniya korxonalarining sanoat mahsulotlarini ko‘rgazmasini tashkil qiladi.

Korxonalar iqtisodchilari bilan birgalikda uyushma va korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va iqtisodiy sog‘lomlashtirish yuzasidan qarorlar taklif qiladi.



“O‘zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasining Raisi bo‘lmagan paytda uning vazifalarini bajaradi.
Download 17,59 Kb.




Download 17,59 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zmaxsusmontajqurilish” ak raisi o‘rinbosarining funksional majburiyatlari

Download 17,59 Kb.