Volume-1, issue-5 115 amir temur davlatida ilm-fan va madaniyat




Download 386,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.12.2023
Hajmi386,91 Kb.
#128361
1   2   3   4   5
Bog'liq
115-118 Muxammadiyev Islomjon G‘ayrat o‘g‘li

 
 
 
VOLUME-1, ISSUE-5 
116 
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʼqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni 
tayyorlash
2
.
Shuningdek, Prezident Sh.M. Mirziyoyev 2020-yil 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni 
munosabati bilan yo‘llagan tabrigida “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, 
ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans 
poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, 
avvalo, uchinchi Renessansning mazmun mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur 
anglab olishi kerak. Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yoʼlining chorrahasida joylashgan ona 
zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat oʼchoqlaridan biri boʼlganini koʼramiz. 
Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho 
meʼmoriy obidalar, nodir qoʼlyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming 
yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, deb ta’kidlagan edi
3
.  
Shu bois O‘rta Osiyoda va butun Sharq olamida sodir bo‘lgan birinchi hamda ikkinchi 
Renessansning mohiyati, shart-sharoitlarini chuqur anglab yetishimiz zarur. Eng avvalo, Amir 
Temurning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rnini, XIV-XV asrda vujudga kelgan 
temuriylar Renessansi uchun shart-sharoit yaratib berganligini ta’kidlash joiz. Temuriylar 
davlati nafaqat hozirgi O‘zbekiston, balki Eron, Iroq, Ozorboyjon, kichik Osiyo, Hindiston kabi 
ko’plab hududlarini o‘z ichiga olgan ulkan va qudratli davlat edi. Amir Temur o’z davrida 
mazkur hududlarda yashagan yetmishdan ortiq millatni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
XIII asr boshlarida O’rta Osiyoni mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi mahalliy 
axalining turmush tarzini barcha sohalariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’pgina shaharlar
madrasalar, suv inshoatlari vayron qilinib, munajjim va olimlar boshqa yurtlarga ketishga 
majbur bo’ldi. Bu kabi yo’qotishlarni o’rnini faqatgina yangi va yanada yuksakroq o’sish 
bilangina to’ldirish mumkin edi. Kuchli bilim va irodaga ega bo’lgan Amir Temur o’z davrining 
talab va ehtiyojlarini to’g’ri anglab yetdi va uni amalga oshirdi. 
Amir Temur yoshlgidan kitob o’qishga, bilim olishga, allomalarimizning 
qoldirgan ilmiy merosini mukammal o’rganishga intilgan. Amir Temur kitob haqida “Kitob 
(bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va qal-idrokning, ilmu asosidur, xayotni yaratuvchi 
murabbiydir” deb ta’kidlagan edi
4

Amir Temur adabiyot, tarix, sheriyatni yahshi ko’rganligini Alisher Navoiy ham qayt 
etgan. “Temur Ko’ragon, - deb yozadi u, - agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo 
nazmu nasrni andoq xo’b mahalki’da o’qibdurlarkim, aningdek bir bayt o’qig’oni mimhg yaxshi 
bayt aytqoncha bor”
5

Amir Temur davrida ilmiy faoliyat eng yuksak cho’qqiga chiqdi. Tibbiyot ilmining otasi 
bo’lgan Ibn Sinoning asarlari, yer bilan oy o’rtasidagi masofani o’lchay olgan Beruniyning 
kitoblarini madrasalarda asosiy darslik sifatida o’qitildi. Algebra fanining asoschisi, tenglamalar 
kashfiyotchisi bo’lgan al-Xorazmiy hamda yunon olimlarining asarlariga sharhlar yozgan 
Farobiyning asarlaridan talabalar bilim olishgan. Aynan shu davrda Samarqand yirik ilm 
markazi sifatida tanilayotgan edi.Amir Temur ilm-fan va madaniyatni yanada yuksaltirish 
uchun ko’plab olim va o’z sohasinig kuchli mutaxasisi bo’lgan insonlarni Samarandga olib 
kelgan va ularning keying faoliyatini davom ettirish uchun sharoitlarni yaratib bergan. 
2
https://lex.uz/ru/docs/4417961
3
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oʼqituvchi va murabbiylar kuniga bagʼishlangan 
tantanali marosimdagi nutqi. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-
ituv-30-09-2020 
4
“Milliy tiklanish” gazetasi, 1996 yil, 18 iyun. 
5
Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. T. O’zdavnashr. 1984 yil, 123-bet. 



Download 386,91 Kb.
1   2   3   4   5




Download 386,91 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Volume-1, issue-5 115 amir temur davlatida ilm-fan va madaniyat

Download 386,91 Kb.
Pdf ko'rish