• Kalit so‘zlar
  • Microsoft Word Gavhar Xudoyqulova




    Download 88.35 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana22.04.2024
    Hajmi88.35 Kb.
    #204140
      1   2
    Bog'liq
    9251-Текст статьи-22258-1-10-20231122 (2)
    245-251


    Journal of Pedagogy and psychology in modern education
    , Vol. 3 No.5 (2023) October 
    13 
    ZAMONAVIY O‘QITUVCHI VA UNGA QO‘YILADIGAN 
    TALABLAR 
    Xudoyqulova Gavhar Sulton qizi 
    JDPU 1-bosqich magistranti. 
    gavharxudoyqulova96@gmail.com 
    Annotatsiya:Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim 
    jarayonini tashkil etishda va o‘quvchilarni tarbiyalashda o‘qituvchilarning zamon 
    talabiga mos zamonaviy mutaxassis bo‘lib shakllanishi yuzasidan masalalar yoritib 
    o‘tilgan. 
    Kalit so‘zlar:o‘qituvchi, zamonaviy, mahorat, matonatli, psixolog, 
    kompetentlik, kompetensiya, pedogogik kompetentlik. 
    O‘qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib
    shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq 
    e’zozlab kelingan kasbdir. “O‘qituvchi – deydi Abu Nasr Al- Forobiy, - aql-
    farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan 
    fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur.” U o‘z fikrini davom ettirib: 
    “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu 
    sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-
    farosatga, ravon nutqqa ega bo‘lishi, o‘qituvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini 
    to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z nomusini 
    qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak 
    darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi,” – deb ta’kidlaydi. Abu Ali Ibn 
    Sinoning fikricha, “O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani 
    tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. 
    Mahoratli ustoz o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, aql 
    qatlamlariga kira olmog‘i lozim.” Nosiriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni 
    tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday deydi: “... O‘qituvchi munozaralarni 
    olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining 
    to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan 
    bo‘lishi lozim... o‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali
    qo‘pol 
    yoki 
    qattiq 
    bo‘lishi 
    mumkin 
    emas.

    Download 88.35 Kb.
      1   2




    Download 88.35 Kb.
    Pdf ko'rish