• Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari: 1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi
  • 22-mavzu: Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi Ommaviy axborot vositalari




    Download 73.5 Kb.
    bet1/3
    Sana20.09.2023
    Hajmi73.5 Kb.
    #83077
      1   2   3
    Bog'liq
    22-mavzu- Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi
    26-mavzu- Ilmiy matnning kompleks tahlili

    22-mavzu: Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi


    Ommaviy axborot vositalari
    Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyin jarayondir. Buning sabablari quyidagicha,:
    - og‘zaki nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab olish imkoni kam bo‘ladi, chunki og‘zaki nutq tezkor va jadallashgan (avtomatik) jarayondir;
    - og‘zaki nutqning o‘ziga xos grammatik tuzilishi, qurilish tartibi mavjud. Ya’ni gap bo‘laklarining tushib qolishi, o‘rin almashishi, qisqarishi va b.
    - og‘zaki nutqda talaffuz, ohang, imo-ishora vositalari asosiy rol o‘ynaydi;
    - og‘zaki nutqning yuzaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutqning vaziyatiga, so‘zlovchining nutqy a’zolari normal va sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq;
    - kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e’tibor beravermaydi va b.


    Og‘zaki adabiy nutqning ko‘rinishlari:
    1. Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi. (Adabiy tilda gapiruvchi shaxslar nutqi).
    2. Lektorlar nutqi. (Pedagoglar, olimlar, targ‘ibotchilarning ma’ruzalari. Bu monologik xarakterdagi nutq).
    3. Radio va televideniye nutqi (tili). (Diktorlar, sharhlovchilar, jurnalistlar, muxbirlar nutqi).
    4. Sahna nutqi (Aktyorlar nutqi – dramatik asar tili. Dialogik xarakterga ega).
    Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Adabiy tilni o‘rganish va egallash to‘rt xil yo‘l bilan amalga oshadi:


    1. Tilni tabiiy holda egallash. Til ongli ravishda tabiiy holda eshitish va o‘zlashtirish orqali egallanadi.

    2. Tilni o‘qitish, o‘rgatish orqali egallash. Adabiy tilni o‘rganish va egallash ko‘nikmasi ta’lim muassasalarida o‘qitish, o‘rgatish yordamida shakllanadi.


    Download 73.5 Kb.
      1   2   3




    Download 73.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    22-mavzu: Mutaxassisning o‘zbekcha taqdimot nutqi Ommaviy axborot vositalari

    Download 73.5 Kb.