24
Ilm-fan va texnologiyalar. 2023 №2(1)
MAKTABDA MOBIL TA’LIM TIZIMIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОБЛАЧНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМЕ МОБИЛЬНОГО
ОБУЧЕНИЯ В ШКОЛЕ
THE USE OF CLOUD TECHNOLOGIES IN THE MOBILE LEARNING SYSTEM
AT SCHOOL
Ismoilova Mahsuma Narziqulovna
Бухоро давлат университети Axborot texnologiyalari fakulteti katta o’qituvchisi
Исмоилова Махсума Нарзикуловна
старший преподаватель, факультет Информационных технологий, Бухарский
государственный университет
Ismoilova Mahsuma Narziqulovna
Senior Lecturer, Faculty of Information Technology, Bukhara State University
https://orcid.org/ 0000-0003-0496-9217
Annotatsiya
Hozirgi kunda onlayn va masofaviy ta’limga talab oshayotgan davrda mobil ta’limga ham
ehtiyoj tug’ildi. Maqola zamonaviy mobil qurilmalar ulardan ta’lim olishda foydalanish, uning
imkoniyatlariga bag’ishlangan. Maqolada mobil ta’lim har joyda va har qanday sharoitda ham qulay
bo’lib, ta’lim oluvchilar mobil qurilmalardan behuda emas, balki ta’lim olishda foydalanishi, bunda
mobil ilovalar qo’l kelishi haqida fikrlar bayon qilingan. Butun dunyoda ta’limda mobil ilovalar va
shu bilan birgalikda bulutli texnologiyalardan foydalanish jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda.
Mobil ta'lim texnologiyalari bugungi kunda juda ko'p texnik vositalarni talab qilmaydi, ammo
dasturiy resurslarga talab juda yuqori bo’lib qolmoqda. Ushbu maqola mobil ilovalar va bulutli
texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim berish jarayoniga bag'ishlangan. Maqolada ta’limda
qo‘llaniladigan mobil ilovalarning afzalliklari va bulutli hisoblashning imkoniyatlari muhokama
qilinadi. Mobil qurilmalarning ta’lim jarayonida qo’llanishi va ulardan foydalanishni tahlil qilish
orqali samarali ta'lim dasturlarini ishlab chiqish mumkin. Xususan, mazkur maqolada ta’lim
jarayonida mobil ta'limning amal qilinishi kerak bo’lgan tamoyillari tahlil qilingan. Muallif
maqolada ta’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni qo’llash masalasi jarayonida bulutli
texnologiyalarning ahamiyatli tomonlarini ham ochib beradi va ushbu texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga qo’llash davomidagi yutuq va kamchiliklarni ko’rsatib berilgan.