Ilm-fan va texnologiyalar. 2023 №1(1)




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.06.2024
Hajmi0,67 Mb.
#264842
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKTABDA MOBIL TA’LIM TIZIMIDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARDAN

Таянч атамалар:
 masofaviy ta'lim, Moodle, Chamilio, iSpring, Khan Academy, raqamli inqilob, 
mobil ta'lim, bulutli texnologiya, interaktiv qabulxona, ma’lumotlar ombori. 
Ключевые слова

дистанционное обучение, Moodle, Chamilio, iSpring, Khan Academy, цифровая 
революция, мобильное обучение, облачные технологии, интерактивная приёмная, база 
данных.
Key words: 
distance learning, Moodle, Chamilia, iSpring, Khan Academy, digital revolution, mobile 
learning, cloud technologies, interactive reception, database. 
1.Kirish 
Zamonaviy ta'lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi ushbu 
sohada yangi imkoniyatlar yaratib, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari va masofaviy o'qitish 
tizimlari keng rivojlanib bormoqda. Masofaviy ta'limni tashkil etish Moodle, Chamilio, iSpring, Khan 
Academy kabi LMS tizimlarida amalga oshirilmoqda va axborot texnologiyalari sohasining 
rivojlanishi masofaviy o'qitishda ham yangi bulutli texnologiyalardan foydalanish hisobiga bir qator 
yangi imkoniyatlarni yaratdi.
Raqamli inqilob ta’limni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
o‘zgartirib, o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Internet tarmog‘i, 
ijtimoiy tarmoqlar va mobil qurilmalardan foydalanish haqida turli fikrlar mavjud bo‘lsada[2], 
ta’limda mobil texnologiyalardan foydalanish jadallik bilan rivojlanib bormoqda [3]. Raqamli inqilob 
ta'lim modellarini o'zgartiradi, bu jarayonga talabalar, o'qituvchilar va ta'lim muassasalarini jalb 
qiladi [5]. Ta’lim modellarini ishlab chiqishda raqamli texnologiyalar va pedagogik yondashuvlardan 
to‘g‘ri foydalanish talabalarning ta’lim natijalarini yaxshilashga olib keladi hamda o'qituvchilarga 
ijodiy yondashuv uchun imkoniyat yaratadi. [6]. 

Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish