Mavzu: Oʻzbekistonda elektr ta’minoti tizimini intelektuallashtirishning joriy
etilishi
Reja:
1. 2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
elektr energiyasi bilan
ta’minlash konsepsiyasi
2. Magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirishda intelektuallashtirishning
joriy etilishi
2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan
ta’minlash
konsepsiyasi, ilg‘or xalqaro tajribani va jahon elektr energetikasi
rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini
hisobga olgan holda, O‘zbekiston
Respublikasida o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish va elektr energetika
tarmog‘ini yanada mutanosib rivojlanishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Konsepsiya mamlakatning elektr energetika tarmog‘ini o‘rta
va uzoq muddatli
istiqbolda rivojlantirish maqsadlari va yo‘nalishlarini, ustuvor yo‘nalishlarini va
ko‘rsatmalarini, shuningdek, elektr energetika tarmog‘ida davlat siyosatining amaliy
ro‘yobga chiqarishning ma’lum bosqichlarida uning samaradorligini ta’minlash
mexanizmlarini va maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalaridan yetkazib berish
quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 220-500 kV magistral
tarmoqlar orqali amalga
oshiriladi:
Umumiy quvvati 22,830 MVA bo‘lgan 77 ta PS;
Elektr uzatish liniyalari – 9 768 km.
Respublika bo‘yicha elektr energiyasini taqsimlash va iste’molchilarga
yetkazib berish quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 0,4-110 kV taqsimlash tarmoqlari
orqali amalga oshiriladi:
PS 35-110 kV – 1 626 dona, umumiy quvvati - 20 421 MVA
Elektr uzatish liniyalari 35-110 kV – 28 642 km;
TP – 75 534 dona, umumiy quvvati – 13 933 MVA;
Elektr uzatish liniyalari0,4-10 kV – 223 987 km.
Shu bilan birga, elektr tarmoqlari ob’ektlarining asosiy qismi 30 yildan ortiq
vaqt mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Jumladan,
asosiy va taqsimlovchi
tarmoqlarning 66 foizi, podstansiyalarning 74 foizi va transformator punktlarining
50 foizdan ortig‘i 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu esa
elektr energiyasini taqsimlash vayetkazib berishda texnologik yo‘qotish
darajasining oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Magistral
tarmoqlarda elektr energiyasining texnologik yo‘qotishlar o‘rtacha 2,72 foizni,
taqsimlovchi tarmoqlarda 12,47 foizni tashkil etadi
Magistral EUL,
km Taqsimlovchi EUL,km PS 35-500kV, dona TP 6-10/0,4 kV, dona
30 yildan kam ekspulatatsiya qilingan ,
30 yildan ortiq
ekspulatatsiya qilingan