Taqsimlash elektr tarmog‘ini rivojlantirish.
Taqsimlash elektr tarmoqlari elektr energiyasini yakuniy iste’molchiga
yetkazib berish funsiyasini bajarib, nisbatan jadal rivojlanishi va yuqori texnologik
yo‘qotish darajasi bilan ajralib turadi.
Quyidagilar taqsimlash elektr tarmoqlarini
rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlari hisoblanadi:
- elektr energiyasini taqsimlash jarayonida uning texnologik va tijorat
yo‘qotishlarini kamaytirish;
- elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va sifatini yaxshilash.
Elektr energiyasini ulgurji raqobatlashgan bozoriga o‘tish
jarayonida,
taqsimlash tarmog‘ini ekpluatatsiya qilish va iste’molchilarga elektr energiyasini
sotish
funsiyalari ajratiladi, taqsimlash tarmoqlari esa davlat mulki bo‘lib qoladi.
Elektr energiyasini sotish funksiyasi shaffof tanlovlar asosida DXSH shartlari
bo‘yicha bosqichma bosqich xususiy kompaniyalarriteylerlariga o‘tkaziladi. 2021-
2025 yillarda 35-110 kV kuchlanishli yangi elektr
tarmoqlarini qurish va
mavjudlarini modernizatsiya qilishni ko‘zda tutuvchi davlat dasturi qabul qilinadi,
shuningdek, 2022-2025 yillar uchun tegishli davlat dasturi qabul qilinishi bilan past
kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish
ishlari davom ettiriladi. Mavjud 110/35/10/0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini
modernizatsiya qilish va yangi qurilish quyidagi tamoyillar asosida amalga
oshiriladi:
- 110/35/10 kV PS sonini yangi PS lar qurilishi va 35/10 kV PS larni yuqori
kuchlanish sinfiga o‘tkazilishi hisobiga ko‘paytirish;
-shaharlar va aholi yashash punktlari chegaralarida er osti kabellari yotqizish
yoki o‘z-o‘zini tutib turuvchi izolyasiyalangan simlarni tortish orqali 10, 35 va 110
kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarilar qurilishini amalga oshirish;
shaharlarda va yirik aholi punktlarida 35 kV va 110 kV PS larni yopiq turga
o‘tkazish;
shaharlarda va yirik aholi punktlarida 35/0,4
kV transformatorlardan keng
foydalanish;
- 10 kV va 35 kV kuchlanishga o‘tkazish orqali 6 kv kuchlanishdagi elektr
tarmoqlarini ekspluatatsiyadan chiqarish;
- 0,4-10kV kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari simlarini o‘z-o‘zini tutib
turuvchi izolyasiyalangan simlarga almashtirish va bir vaqtning o‘zida 0,4 kV elektr
uzatish liniyalari uzunligini qisqartirish.
2020-2021 yillarda elektr energetika tarmog‘ini raqamlashtirish dasturi
doirasida ma’lumotlar qayta ishlashning yagona markazi yaratiladi.Barcha
iste’molchilarda hamda elektr energetika ob’ektlarida EHNATni 17
joriy etish
loyihalari yakunlanadi
Nazorat savollari:
1. Taqsimlash elektr tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
qaysilar?
2. Respublikamizda qanday kuchlanishlarga mo’ljallangan elektr tarmoq
tizimlar mavjud?
3. Oʻzbekistonda elektr ta’minoti tizimini intelektuallashtirishda
qanday
qurilmalardan keng foydalanilmoqda?
4. SKADA tizimi haqida ma’lumot bering?