Laboratoriya ishi №2
Mavzu:
Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish.
Ishning maqsadi:
CPT dasturida ikkinchi sath
kommutatori modeli bilan
ishlashni o’rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish
bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy qism.
Kommutator
(switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir
nechta uzellarini
(xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun
mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni
faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini
tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni
qayta
ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi.
Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi.
Kommutator
xotirasida
kommutatsiya
jadvalini
saqlaydi,
jadval
kommutatorning portiga mos keladigan qurilma MAC-adresini ko’rsatadi.
Kommutator yoqiganda bu jadval bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida ishlaydi.
Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha
portlariga yuboriladi. Bunda kommutator kadrni tahlil
qiladi va yuboruvchi-uzel
MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. Keyinchalik,
agar kommutatorning
portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo’lgan
uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko’rsatilgan port orqali
yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi kommutatorning qaysidir portiga
mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan
kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq jadvalni shakllantiradi va natijada
trafik lokalizatsiyalanadi.
Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma