1.4- rasm. Elektr tarmoqlari holati
Respublika elektr energiya tizimi shartli ravishda 5 ta hududiy energiya
uzeliga bo‘lingan:
SHimoli-g‘arbiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati);
Janubi-g‘arbiy (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyati);
Janubiy (Surxondaryo viloyati);
SHarqiy (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari);
Markaziy (Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri).
2019 yil qish mavsumida yagona elektr energetika tizimining maksimal
yuklamalar soatlarida yuklama 10,4 ming MVtni, minimal va maksimal yuklama
o‘rtasidagi farq 2,3 ming MVtni tashkil etdi. O‘z navbatida, 2019 yilning yoz
mavsumida yagona elektr energetika tizimining maksimal yuklamalar soatlarida
yuklama 9,4 ming MVtga etib, maksimal va minimal yuklama o‘rtasidagi farq 2,6
ming MVt ni tashkil etdi.
SHu bilan birga, mavjud tartibga solish quvvatlarini yetarli emasligi IES
energobloklarining kunlik qo‘shimcha qayta ishga tushirilishiga, mos ravishda,
ortiqcha yoqilg‘i sarflashga va texnologik uskunalarning qo‘shimcha eskirishiga
olib keladi.
2019 y qish mavsumi
2019 y yoz mavsumi
minimal yuklanish ,
maksimal yuklanish
Bundan tashqari quyidagi asosiy muammolar mavjud:
25 yil avval ishga tushirilgan IES energobloklarining past FIK (25-35 foiz)
va zamonaviy BGU moslamalariga qaraganda yuqori yoqilg‘i sarfi (2 baravar);
elektr ta’minotidagi ko‘p sonli uzilishlarga va elektr energiyasining sifat
ko‘rsatkichlarini yomonlashishiga olib keluvchi taqsimlovchi tarmoqlar va
transformatorlarning yuqori darajada eskirganligi;
Mavjud elektr uzatish liniyalari va transformatorlarning asosiy qismining
quvvat o‘tkazish qobiliyatining pastligi iste’molchilarga elektr energiyasini yetarli
hajmda yetkazib berish imkoniyatini bermaydi;
elektr energetika ob’ektlarining past darajada avtomatlashtirilganligi va
raqamlashtirilganligi texnologik buzilishlarning oldini olish va tezda bartaraf etishga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Konsepsiyaning
asosiy
maqsadi
2020-2030
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasida elektr energiyasiga o‘sib borayotgan talabni raqobatbardosh
narxlarda qondirish va mavjud elektr stansiyalarni modernizatsiya qilish va
rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalariga
asoslangan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, elektr energiyasini
hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanishni rivojlantirish bilan yoqilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiya
qilish orqali O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika tarmog‘ini jadal
rivojlantirishdir.
Respublikani elektr energiyasi bilan ta’minlashni takomillashtirish
doirasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
birinchi – respublikaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini,
energoresurslar importiga bog‘liq bo‘lmagan holatda, ichki elektr energiyasini
ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga ta’minlash va bu orqali – energetik havfsizlikni
ta’minlash;
ikkinchi – iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish bilan parallel
ravishda uning energiya sarfini kamaytirish, shu jumladan iste’molchilar tomonidan
elektr energiyasidan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha iqtisodiy
mexanizmlarni joriy etish orqali
uchinchi – ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida elektr energiyasini
ishlab chiqarishda, yetkazib berish va taqsimlashda energiya samaradorligini
oshirish;
to‘rtinchi – elektr uskunalarni bosqichma-bosqich yangilash va ishlab
chiqarish hamda elektr tarmoqlarini quvvat zaxirasini ko‘paytirish hisobiga elektr
uskunalarni eskirishini oldini olish;
beshinchi – QTEMlardan foydalanishni rivojlantirish, kengaytirish va ularni
yagona elektr tizimiga integratsiyalash.
oltinchi - elektr energetika bozorining samarali modelini ishlab chiqish.
Konsepsiyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarni ko‘zda tutuvchi
tizimli chora-tadbirlarni joriy qilish orqali amalga oshiriladi:
|