27
Ilm-fan va texnologiyalar. 2023 №2(1)
bo'yicha hech qanday cheklovlarga ega emas, aksariyat hollarda bunday xizmatlarning hajmi
millionlab gigabaytlarga baholanadi. Dasturlar avtomatik ravishda yangilanadi, shuning uchun
barcha ilovalarda bo'lgani kabi, buni kuzatib borishning hojati yo'q."Bulut" ga web-brauzerlar orqali
kirilib, xohlagan joydan ishlash imkonini beradi, bunda asosiysi Internet tarmog’iga ulanish
imkoniyatining bo’lishi yetarli. Bu tizimda saqlanayotgan ma’lumotlar yaxshi himoyalangan, chunki
yuborilgan ma'lumotlar avtomatik ravishda saqlanadi va nusxalari zaxira serverlarga tashlanadi.
Bulutli texnologiyalarning didaktik imkoniyatlari quyidagilar:
o‘qituvchi va o’quvchilarning katta jamoasi uchun birgalikdagi ishlarni tashkil qilish;
talabalar va o‘qituvchilar uchun har xil turdagi hujjatlar almashish va tahrirlash imkoniyati;
yaratilgan mahsulotlarni xizmat ko‘rsatish joyidan foydalanuvchining hududiy
bog‘lanishining yo‘qligi sababli o‘quv jarayoniga tezda kiritish;
interfaol sinflar va jamoaviy o‘qitishni tashkil etish.
Dars jarayoniga bulutli texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda ma’lumotlarni
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birgalikda ularning vaqtini, iqtisodiy-moddiy
jihatlarini qo’llab quvvatlaydi.
Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishga misol sifatida quyidagilarni aytish
mumkin:
- elektron kundaliklar, jurnallar;
- talabalar va o‘qituvchilar uchun shaxsiy kabinetlar;
- interaktiv qabulxona;
- talabalar ma’lumot almashishlari mumkin bo‘lgan tematik forumlar;
- talabalar o‘qituvchi yo‘qligida yoki uning rahbarligi ostida ham muayyan o‘quv
muammolarini hal qilishlari mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qidirish;
- bulutli ma’lumotlar omborlari.
Shunday qilib, mobil ta’lim texnologiyalari va shu bilan birgalikda bulutli texnologiyalar
zamonaviy axborot dunyosining mashhur va jadallik bilan rivojlanayotgan sohalaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Bulutli hisoblash texnologiyasi bu turli xil apparat platformalarining IT-resurslarini
yaxlit holda birlashtirish va foydalanuvchiga mahalliy tarmoq yoki global Internet orqali kirishni
ta’minlaydigan innovatsion texnologiya bo’lib hisoblanadi.