Жамият ва инновациялар Общество и инновации




Download 460.36 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2024
Hajmi460.36 Kb.
#199899
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalar kun tartibida jismoni
BIUC, 1 daftar, , 6-7 Преоброзования Фуръе-1


Жамият ва инновациялар – 
Общество и инновации – 
Society and innovations 
Journal home page: 
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
 
Ways of organizing time for physical education in the schedule of 
preschoolers 
Nigora MUHITDINOVA 

Bukhara State University 
ARTICLE INFO 
ABSTRACT
Article history: 
Received February 2021 
Received in revised form
20 February 2021 
Accepted 15 March 2021 
Available online
15 April 2021 
The importance of physical education is the formation of a 
complex culture of movement, regular implementation of health, 
educational and pedagogical tasks. The fulfillment of these tasks 
ensures the perfection, functional development of the body, 
strengthening the health of the child, the acquisition of correct 
movement skills, physical qualities and an emotionally positive 
attitude to physical education and sports, the full development of 
the individual. The article reveals the main goals, objectives and 
features of physical education classes for preschool children, 
especially physical culture minutes. 
2181-1415/© 2021 in Science LLC. 
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords: 
preschool education, 
exercise,
physical maturity,
physical qualities,
fatigue, hardening. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar kun tartibida jismoniy madaniyat 
daqiqalarini tashkil etish yo‘llari 
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar: 
maktabgacha ta’lim, 
jismoniy mashq,
jismoniy kamolot,
jismoniy sifatlar,
toliqish, chiniqtirish. 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ahamiyati – harakatlar 
madaniyatining kompleks shakllanishi, sog‘lomlashtirish, 
ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan 
iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamoloti, organizmning 
funksional takomillashuvi, bola sog‘ligining mustahkamlanishi, 
ular tomonidan to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarining egallanishini, 
jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan 
emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama 
rivojlantirilishini ta’minlaydi. Maqolada maktabgacha yoshda 
bolalar kun tartibida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining, 
xususan jismoniy madaniyat daqiqalarining asosiy maqsadi, 
vazifalari va xususiyatlari ochib berilgan. 
1
Lecturer, Department of Theory and methods of physical culture, Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan.
E-mail: nigora@mail.ru 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 
272 
Способы организации времени для физической культуры
в расписании дошкольников 
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова: 
дошкольное образование, 
физические упражнения, 
физическая зрелость, 
физические качества, 
утомляемость, 
закаливание.
Важность физического воспитания – формирование 
комплексной культуры движения, регулярное выполнение 
оздоровительных, воспитательных и педагогических задач. 
Выполнение этих задач обеспечивает совершенствование, 
функциональное развитие организма, укрепление здоровья 
ребенка, приобретение правильных двигательных навыков, 
физических качеств и эмоционально положительного 
отношения 
к 
занятиям 
физкультурой 
и 
спортом, 
полноценное развитие личности. В статье раскрыты 
основные цели, задачи и особенности занятий по 
физическому воспитанию дошкольников, особенности 
занятий по физической культуре. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-oktabr kuni 
maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan 
yig‘ilishda ta’kidlaganidek “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan talim-tarbiya 
tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror 
aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani 
olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, 
farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini 
tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi” deb ta’kidlagan edi [1]. 
Yaxshi bilamizki yosh avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni beqiyos. 
Jismoniy tarbiya nazariyasining asoschilari F. Lesgaft, jismoniy mashqlarni tanlashda 
bolalarning yoshiga xos anatoma-fiziologik va psixologik xususiyatlari, harakatlarni asta-
sekin murakkablashtirib va xilma-xillashtirib borish kabi omillarni asos qilib oldi.
U jismoniy kamolotni faqat aqliy, axloqiy, estetik kamolot va mehnat faoliyati bilan o‘zaro 
aloqadorlikdagina mavjud deb bildi. E.A. Arkin, L.I. Chulitskaya, D.V .Xuxlayeva, 
A.V. Keneman … ilmiy tadqiqot ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy 
tarbiyalashning ilmiy asoslarini yaratdilar. O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani rivojlanishiga 
R.I. Ismailov, O.A. Rixsiyeva, X.T. Rafiyevalar ham jismoniy tarbiya nazariyasini 
rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Olimlarning ta’kidlashicha bola sog‘lom bo‘lib 
shakllanishida jismoniy mashq va doimiy harakatda bo‘lish bosh omil hisoblanadi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 
273 
Mamlakatimizning hozirgi kuni va istiqboli yoshlarni sog‘lom qilib tarbiyalash bilan 
uzviy bog’liq. Har tomonlama sog’lom avlodni kamol topishida maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini me’yorida 
va to‘g‘ri tashkil etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil, faol va sog‘lom 
insonnini tarbiyalash hayotning dastlabki bosqichlarida, ya’ni erta va maktabgacha yoshda 
amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarning ahamiyati – harakatlar madaniyatining 
kompleks shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam 
amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamoloti, organizmning 
funksional takomillashuvi, bola sog‘ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to‘g‘ri 
harakat ko‘nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va 
sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama 
rivojlantirilishini ta’minlaydi. Mashg‘ulotlarda sog‘lomlashtirish vazifalarini amalga 
oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo‘li bilan erishiladi. Ular 
organizmdagi barcha funksional birinchi jarayonni, uning optimal gigiyenik va 
chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. Ta’limiy – 
tarbiyaviy vazifalar mashg’ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy – axloqiy sifatlarini 
shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va 
atamalarni ma’lum qilish, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalari hamda jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash yo‘li bilan hal etiladi. Mashg’ulotlar xushchaqchaq intizomli, atrof-muhitda 
yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga 
yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata oladigan, shuningdek axloqiy sifatlar va ijodiylik 
namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Shundan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya 
ishlarining asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: 
– yosh avlodni bolalikdan boshlab jismoniy, aqliy, jihatdan tarbiyalab borishda 
jismoniy tarbiya shakllarini keng tadbiq etish; 
– kun tartibidagi sport-sog‘lomlashtirish va sport bayramlarini tashkil etish va 
o‘tkazish; 
– bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga 
sadoqatlik kabi tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya tizimida – kun tartibi, 
mashg‘ulotlar majmui, ovqatlanish, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), jismoniy mashqlar, 
madaniy gigiyenik ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar, uqalash, 
davolovchi gimnastika ritmika, sport o‘yinlari tashkil etadi. Jumladan bolalar harakat 
faoliyati shakllaridan biri kun tartibidagi jismoniy madaniyat daqiqalari va pauzalarining 
ahamiyati juda katta. Bog‘cha kun tartibidagi mashg’ulotlar orasida o‘tkaziladigan 
jismoniy madaniyat daqiqalari va pauzalarining maqsadi bitta (aqliy faoliyat talab etuvchi) 
mashg‘ulotlar davomida charchagan bolaga ish qobiliyatini tiklash, diqqatini mashg‘ulotga 
jalb qilish, muskullar va aqliy toliqishni bartaraf qilish, qad-qomat buzilishining oldini 
olish, bolalarning emotsional kayfiyatini oshirish [2]. 
Jismoniy madaniyat daqiqalarini tashkil qilib o‘tkazishda quyidagi metodik 
talablarga rioya qilishi zarur: 
– mashqlarning davomiyligi 3 minutgacha; 
– mashqlarning soni 3-4 ta; 
– har bir mashqning bajarilishi 4-6 marta; 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 
274 
– mashqlarning yo‘riqchi yoki jismoniy-kasbiy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis 
tomonidan tashkil etish va o‘tkazish; 
– mashqlar qo‘l, yelka, oyoq muskullari uchun bukish, egilish, engashish, tizzalarni 
bukish kabi mashqlar majmuasidan iborat bo‘lishi kerak; 
– qomat uchun bajariladigan mashqlar va asosiy harakat turlarini (yurish, yugurish, 
sakrash uloqtirish, tirmashish) rivojlantirish uchun mashqlarni tanlash majburiydir. 
Inson o‘z xatti-harakatini yuksak rivojlangan ongi orqali boshqara oladigan, o‘z 
harakatlari va qilayotgan ishlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra-bila oladigan ongli jonzot 
sifatida ko‘riladi. Ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalar hayoti davomidagi axborotlarni 
70 % ini qabul qilar ekan. Shu nuqtai nazardan tashkil etiladigan jismoniy madaniyat 
daqiqalarida bola harakatlari orqali aqliy faoliyatini rivojlanishiga asos bo‘ladi. Xususan 
yuqorida keltirilgan she’rlar hamohangligida bajariladigan jismoniy mashqlar orqali 
bolada tabiat bilan tanishtirish bilimlar mazmuni turli xil tirik organizmlar jumladan 
(hayvonlar harakati, tuzilishi) to‘g‘risida shuningdek turli tabiat hodisalari ularning
tabiat tomonidan umumiylik qonuniyatlari g‘oyasini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga ular 
jonivorlar, o‘simliklarning faqatgina alohida olingan, yaqqol ko‘zga tashlanadigan 
xususiyatlarini ko‘radilar (ayiq, quyon, o‘rdak va b.q mevalar) haqidagi tasavvurlarga ega 
bo‘ladilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy madaniyat daqiqalarini tashkil 
etishda bajariladigan harakatlarni she’rga moslab amalga oshirish bolaning intellektual va 
jismoniy rivojlanishidagi ta’sirlar samaradorligini oshishiga yordam beradi. Jumladan 
bolada tabiat manzarasi, hayvonot olami va turli hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarni 
shakllanishiga asos bo‘ladi [3]. 
Maktabgacha yoshdagi kichik guruh bolalari tabiat obyektlari, to‘g‘risidagi umumiy 
tasavvurlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga shakllanadi. Shuning uchun jismoniy tarbiyaning 
asosiy shakllari (jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, jismoniy madaniyat daqiqalari, ertalabki 
badantarbiya, sayrlar,ekskursiyalar)ni tashkil etishda ko‘proq yaqin atrofda joylashgan 
obyektlar bilan bog‘lab o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
Masalan: 
Yomg‘ir yog‘moqda-yerga ko‘lmaklar paydo bo‘ldi, 
Quyosh chiqdi – kun yorishdi. 
Chumchuqlar uchdi – birma-bir va galla – galla, 
Laylak-burgut – qaldirg’och. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning xususan o‘rta guruh tarbiyalanuvchilar o‘sib 
rivojlanishini hisobga olgan holda predmet, tushuncha yoki umumlashtirilgan tasavvur 
darajasidagi bilimlarni o‘z ichiga oladigan obyektlar bo‘yicha aniq tasavvurlarni 
o‘zlashtirishlari mumkin. Shuning uchun mashqlar kompleksi obyektlar to‘g‘risidagi 
bilimlarni chuqurroq, ya’ni ko‘proq belgilar, jonivorlar harakati, ularning tuzilishi, mashqlarni 
bajarish uchun turli tomonlar (o‘ng, chap, old, orqa va yon) to‘g‘risida to‘liqroq ma’lumotlar 
berish lozim. Bu yoshdagi bolalar shakllar (doira, to‘rtburchak, uchburchak), hayvonlarning 
harakatlari, yashash tarzi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. 
Katta guruhlarda esa bolalarning bilish imkoniyatlari yanada kengayib boradi. Ya’ni 
bolalar obyektlar, tabiat hodisalari, jismoniy va aqliy faoliyatida sezilarli o‘zgarishlar 
kuzatiladi. Bolalar bilan o‘tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalarida predmetlar, 
jihozlar bilan harakatlarni bajarish maqsadga muvofiq. Shuni alohida ta’kidlash lozimki 
jismoniy madaniyat daqiqalari uchun mashqlar kompleksini tayyorlashda bolalarning 
ruhiy holatini ko‘taruvchi, tasavvurini boyitadigan qolaversa intellektual rivojlantirishda 
xizmat qiladigan mashqlar to‘plamini tuzish tavsiya etiladi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 
275 
Jismoniy madaniyat daqiqalari va pauzalarida qo‘llaniladigan she’rlardan namunalar 
O‘ng qo‘limda besh barmoq, 
Chap qo‘limda besh barmoq. 
Ikkalasi o‘n barmoq, 
Kel bo‘laylik do‘st inoq. 
Tavsif: Bolalar “O‘ng qo‘l” – so‘zini eshitishlari bilan o‘ng qo‘lini ko‘taradi, “Chap 
qo‘limda besh barmoq – so‘zini eshitishlari bilan chap qo‘lini ko‘taradi, “Ikkalasi o‘ng 
barmoq” – so‘zini eshitishlari bilan ikkala qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. 
Qushlar uchar havoda, 
Baliq suzar daryoda. 
Quyon dikkilab yurar, 
Ayiq lapanglab yurar. 
Tavsif: “Qushlar uchar havoda” – deganda qo‘llarni tirsakdan bukib yon tomonga 
to‘lqinsimon harakatlantiramiz, “Baliq bo‘lib suzamiz” – deganda ikkala qo‘limizni 
birlashtirib oldinga harakatlantiramiz, “Quyon” – so‘zini eshitishlari bilan ikkala qo‘limizni 
oldinga tirsakdan bukib oyoq uchida uchamiz, “Ayiq lapanglab yurar” – deganda ikkala 
qo‘llarimizni yon tomonga keng quloch ochib oyoqlarimizni yelka kengligidan ozgina 
kengroq ochib yuramiz. 
Shamol-shamol jon shamol
Hammadan chaqqon shamol. 
Bog’imizga kela qol, 
Pishgan – pishgan meva ol. 
Tavsif: “Shamol – shamol jon shamol” – deganda qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib ikkala 
qo‘llarimizni barobariga tebranma harakatga keltiramiz, “Hammadan chaqqon shamol” - 
deganda qo‘llarimiz yuqoriga yanada tezroq harakatga keltirmiz, “Bog‘imizga kela qol” – 
qo‘llarni tushirib oyoqlarni birin-ketinlikda turgan joyda yuramiz, “Pishgan-pishgan
meva ol” - deyilganda qo‘llarni mevani yeganga o‘xshab galma-gal harakatga keltiramiz. 
Bog‘da olma pishibdi, 
Yerga tap-tap tushibdi. 
Savatchangni ola qol, 
Mevalarni terib ol. 
Tavsif: “Bog‘da olma pishibdi” – deganda qo‘llarning yuqoridan pastga galma-gal 
harakati, “Yerga tap-tap tushibdi” – deganda oyoqlarni yerga galma-gal uramiz, 
“Savatchangni ola qol”- deganda savatcha qo‘lida bordek, “Mevalarni terib ol” – deganda 
mevalarni savatga solish harakatini bajadilar. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 
276 
1-2-3 deb bizlar, qo‘lni sekin ko‘tardik, 
Tepaga, yonga, pastga navbat bilan bajardik. 
Bog‘chamizda har doim chiniqamiz o‘samiz, 
Tanamizga kuch yig‘ib sog‘lom bo‘lib boramiz. 
Tavsif: “1-2-3” – deganda qo‘llarni yuqoriga ko‘taramiz, “Tepaga,yonga,pastga” – 
deganda qo‘llarni navbat bilan tomonlarga harakatga keltiramiz, “Bog‘chamizda har doim 
chiniqamiz o‘samiz” – deganda qo‘llarni tirsakdan bukib, “Kuchlimiz-kuchlimiz” deb bir 
ovozda baqirib “Tanamizga kuch yig‘ib sog‘lom bo‘lib boramiz”. 
Shunday she’rlar ham borki ular orqali bolalar tanasini har tomonlama rivojlantirib, 
harakatlardan mustaqil tarzda bajarib bahramand bo‘ladilar. Bunday turdagi jismoniy 
madaniyat daqiqalarining o‘ziga xos xususiyati harakatlar oldin yo‘riqchi tomonidan 
o‘rgatiladi, she’rga mos harakatlar ketma-ketligi bolalarga yod bo‘lgandan so‘ng matn 
yo‘riqchi tomonidan aytiladi. Bolalar mustaqil tarzda matndagi so‘zlarga mos holda 
harakatlarni bajarib boradilar. 
Xulosa qilib aytganda bola organizmining mustahkam bo‘lishi va rivojlanishi 
jismoniy tarbiya hamda chiniqtirish tadbirlari bilan chambarchas bog’liqdir. Jismoniy 
tarbiyaning muhim sharti esa kun tartibi sanaladi. Kun tartibi turli faoliyat hamda dam 
olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir. Kun tartibini 
tashkil etuvchi barcha qismlar (ovqatlanish, uyqu, o‘yin, sayr, mashg‘ulotlar)ni bir 
me’yorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o‘tishni 
yengillashtiruvchi mustahham ko‘nikma hosil bo‘ladi. Aynan kun tartibiga rioya etish 
bolaning asab faoliyati tizimi va barcha fiziologik jarayonlarning kechishiga samarali ta’sir 
ko‘rsatadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1. “Maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy tizim yaratiladi” Sh.M. Mirziyoyev 
19.10.2017. 
2. Liviskiy A.N. “Maktabgacha yoshdagi bolalarni Jismoniy tarbiya asoslari va 
metodikasi” TDPU Toshkent. – 2008. 
3. А.V. Keneman, D.V. Хuхlаyeva “Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni jismoniy 
tarbiyalash nazariyasi va metodikasi” – Т.: 1988. 
4. Атоева М.Ф. Периодичность обучения физике. Аспирант и соискатель. – 
Москва, 2010. – № 6. – С. 41–43.
5. M.F. Аtoyeva. Interdisciplinary relations in physics course at specialized 
secondary education. The Way of Science. – Volgograd, 2016. – № 9 (31). – P. 22–24. 
6. M.F. Аtoyeva. The significance of periodicity at teaching physics. The Way of 
Science. – Volgograd, 2016. – № 10 (32). – P. 62–64. 
7. Атоева М.Ф. Эффективность обучения электродинамике на основе технологии 
периодичности. The Way of Science. – Volgograd, 2016. – № 10 (32). – P. 65–66. 
8. M.F. Аtoyeva. Use of Periodicity in Teaching Physics. Eastern European Scientific 
Journal. – Düsseldorf-Germany, 2017. № 4. – P. 35–39. 
9. M.F. Аtoyeva. Didactic foundations of inter-media relations in the training of 
university students. International Scientific Journal. Theoretical & Applied Science. p-ISSN: 
2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online). Year: 2020 Issue: 06 Volume: 86, Р. 124. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 3 (2021) / ISSN 2181-1415 
277 
10. M.F. Аtoyeva, R. Safarova. Pedagogical integration as a means of forming 
professionally important qualities among students of a medical university. Academicia. 
ISSN: 2249-7137 Vol. 10, Issue 8, August 2020. Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13 
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com. 
11. M.F. Аtoyeva. Pedagogical Tests As An Element Of Types Of Pedagogical 
Technologies. The American Journal of Applied Sciences, 2(09), (TAJAS) SJIF-5.276 DOI-
10.37547/tajas Volume 2 Issue 9, 19.09.2020. ISSN 2689-09. 92 The USA Journals, USA 
www.usajournalshub.com/index.php/tajas 164-169. Имп.5.2. 
12. Farkhodovna A.M. (2020). The problems of preparing students for the use of 
school physical experiment in the context of specialized education at secondary schools. 
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (9), P. 164-167. 
13. Saidov Safo Olimovich, Atoeva Mexriniso Farkhodovna, Fayzieva Kholida 
Asadovna, Yuldosheva Nilufar Bakhtiyorovna (2020). The Elements Of Organization Of 
The Educational Process On The Basis Of New Pedagogical Technologies. The American 
Journal of Applied Sciences, 2(09), P. 164-169. 
14. Asadovna F.K. (2020). Modern pedagogical technologies of teaching physics
in secondary school. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 
8(12), Part III, 85-90. 
15. S.O. Saidov, M.F. Atoeva, Kh.A. Fayzieva, N.G. Nasirova, Z.Kh. Fayzieva. Some 
actual issues of teaching modern physics in higher education. Psychology and education 
(2021) 58(1): (3542-3549 b). ISSN: 00333077. 
16. Atoeva Mehriniso Farhodovna, Eshmirzaeva Matluba Abdishukurovna. (2021). 
Application Of The Law Of Conservation Of Energy In Economics. The American Journal of 
Applied Sciences, 3(01), P. 93–103. 
17. Zebiniso ATOYEVA, The use of innovative pedagogical technologies in mathematics 
in secondary schools. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and 
innovations Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index/. 
18. Rahima Safarova, Characteristics of teaching physics in medical institutes, 
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations. Journal 
home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index.
19. Safarova Rakhima Sattor kizi, Preparing students for use of school physical 
experiment in the process of teaching physics, European Journal of Research and 
Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 9, 2020 ISSN 2056-5852. 
20. Mehriniso Atoyeva, The use of synergetic technologies in the study of physics 
course topics. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and 
innovations. Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index. 

Download 460.36 Kb.




Download 460.36 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Жамият ва инновациялар Общество и инновации

Download 460.36 Kb.
Pdf ko'rish