Kirish, laboratoriya ishini bajarish tartibi, mexnat muxofazasiva texnika xavsizligi




Download 36.5 Kb.
Sana06.12.2023
Hajmi36.5 Kb.
#112535
Bog'liq
LABORATORIYА ISHI №1
ehm-va-mb-rasmiy-royxatdan-otkazish-uchun-ariza, matematika ix sinf, algebra 7, 111, 10-АМАЛИЙ, Документ Microsoft Word, 2 5409082645806056083, 23-Labaratoriya ishi Dasturiy taminot uchun texnik topshiriq ishl, ILMIY TATQIQOT METOLLOGIYASI FANIDAN MUSTAQIL TA\'LIM3, 7-mavzu, Doc2, 1 маъруза тақдимоти, Bilimlar ombori va Ekspert tizimlari, Микропроцессор. Унинг структураси, mashq

LABORATORIYА ISHI №1
KIRISH, LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI, MEXNAT MUXOFAZASIVA TEXNIKA XAVSIZLIGI.

Kimyo sanoatini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashda, shu yo‘nalishdagi kasb-hunar bakalavrlariga katta mas’uliyat yuklangan. Chunki sanoatning intensiv rivojlanayotgan but armog‘ida zamonav iytexnika va texnologiyalarni boshqara oladigan kadrlarga bo‘lgan


Ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu yo‘nalishda tahsil olayotgan bakalavr tinglovchilari uchun «Kimyo texnologiyasida ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalari» fani asosiy fanlardan biri bo‘lib, bu fan ularga o‘zixtisosliklarini chuqur egallashlariga, umummuxandislik fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlashga hamda texnologik jixozlardan unumlif oydalanish usullarini o‘rganishlariga ko‘maklashadi.
"Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar" kursi umum-muxandislik-sikli fanlaridan mutaxassislik fanlariga o‘tishning maxsus kursi hisoblanib, bo‘lajak mutaxassis kadrlar uchun zaruriy fanlardan biridir.
Jarayonlar va qurilmalar to‘g‘risidagi zamonaviy ta’limot kimyo, fizika, matematika hamda bir qator muxandislik fanlari, ya’ni dizayn, texnik-chizmachilik, mikrobiologiya, elektrotexnika kabi fanlarga tayanadi.
"ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYON VA QURILMALAR" kursida aniq texnik-iqtisodiy sharoitlarda sanoat miqiyosida har xil kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda fizik va biokimyoviy jarayonlarning borishi o‘rganiladi.
Har qanday texnologik jarayon, uni amalga oshirish usullari orasidagi farqqa qaramasdan ma’lum turkumdagi qurilmada boradigan bir-biri bilan bog‘langan o‘xshash texnologik bosqichlardan iboratdir. Kimyo mahsulotlariga qo‘yiladigan yuqori talab, ishlab chiqarish samaradorligi, uning energiya va material sarfini kamaytirish, atrof-muxit ximoyasi kimyo ishlab chiqarish texnologik bosqichlarini xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi o‘xshash jarayonlardan farqini belgilaydi.
Bu kurs kimyo-texnologiyaning nazariy asosi bo‘lib, jarayonlarni tahlil qilish va ushbu jarayonlar amalga oshiriladigan qurilmalarning ishlash prinstipini o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Laboratoriya ishini bajarishdan avval talaba mustaqil ravishda ma’ruza matnlari va adabiyotlardan foydalanib laboratoriya ishini bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Laboratoriya ishini bajaruvchi xar bir talaba ushbu ishning maqsadini, moxiyatini, o‘rganiladigan jarayonga ta’sir etuvchi parametrlarning fizik ma’nosini va ish bajarish uslubini bilishi shart. Ushbu metodik ko‘rsatmadagi sxema va laboratoriya xonasidagi plakatlar asosida talaba laboratoriya qurilmasining tuzilishi, ishlash printsipi va ishlatish tartibi xamda o‘lchov nazorat asboblari bilan mustaqil ravishda yoki laborant yordamida oldindan tanishishi lozim.


Laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazilishi rejalashtirilgan kuni dastlab o‘kituvchi belgilangan ish bo‘yicha xar bir talaba bilan aloxida savol-javob o‘tkazib, uning laboratoriya ishiga tayyorgarlik darajasini aniqlaydi. Ushbu laboratoriya ishi bo‘yicha yetarli darajada nazariy bilimga ega bo‘lgan talabalarga ishni bajarish uchun ruxsat beriladi. Ruxsat olgan talabalar ishni bajarish uslubi va xavfsizlik texnikasi koidalariga rioya qilgan xolda laboratoriya ishini bajarishga (uqituvchi yoki laborant nazorati ostida) kirishadilar. Talaba tajriba mobaynida olingan natijalar, bajarilgan xisoblar va ularni taxlili asosida xisobot tuzadi.
Tuzilgan xisobot kelgusi darsda uqituvchiga topshiriladi. Xisobotda ishning maqsadi, qisqacha mazmuni, laboratoriya qurilmasining sxemasi va uni ishlash printsipi, aniqlanadigan fizik kattaliklarning ma’nosi,ularning to‘la xisobi, zaruriy jadvallar, grafiklar, diagrammalar va xulosalar o‘z aksini topishi shart.
Tajriba natijalari aks ettirilgan varoqda (protokolda) o‘qituvchi yoki laborant imzosi bo‘lishi kerak.
Fanni o‘qitishning kalendar rejasiga binoan belgilangan muddatlar ichida xisobot topshirilmasa o‘qituvchi talabani navbatdagi mashg‘ulotga kiritmaslik xuquqiga ega.
Download 36.5 Kb.




Download 36.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish, laboratoriya ishini bajarish tartibi, mexnat muxofazasiva texnika xavsizligi

Download 36.5 Kb.