|
O`quv jarayoniga pedagogika texnologiyalarini joriy etish metodikasi
|
bet | 1/7 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #159105 |
Bog'liq Javohir (1) O`quv jarayoniga pedagogika texnologiyalarini joriy etish metodikasi. O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning juda ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar (PT) va pedagogik mahorat (PM) bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir. O‘quv faoliyati, bu – keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo‘nalishida namoyon bo‘lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O‘quv faoliyati insonning ongli va maqsadli mehnati bo‘lib, u shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash va uning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda bolalikdan boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega. - O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko‘lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o‘z navbatida, o‘quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg‘armalarida muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning juda ko‘pchiligi pedagogik texnologiyalar (PT) va pedagogik mahorat (PM) bilan uzviy bog‘liq o‘zgarishlardir. O‘quv faoliyati, bu – keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo‘nalishida namoyon bo‘lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O‘quv faoliyati insonning ongli va maqsadli mehnati bo‘lib, u shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash va uning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda bolalikdan boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega.
|
| |