• O’SMIRLARDA AGRESSIYANING NAMOYON BO’LISHI B.M Aminbayeva UrDU magistratura talabasi L.E. Ataxanova
  • L. E. Ataxanova Urdu magistratura talabasi




    Download 441,9 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana18.05.2024
    Hajmi441,9 Kb.
    #242230
    Bog'liq
    o-smirlarda-agressiyaning-namoyon-bo-lishi



    Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
    «Психологические особенности развития современной 
    личности в годы устойчивого социально-
    экономического развития общества»
    “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
    ривожланиш йилларида замонавий шахс 
    ривожланишининг психологик хусусиятлари”
    Материалы международной конференции. 
    Ташкент. 24 ноября 2021г
    429 
    Халқаро анжуман тўплами. 
    Тошкент 24 ноябрь 2021й.
    O’SMIRLARDA AGRESSIYANING NAMOYON BO’LISHI 
     
    B.M Aminbayeva 
    UrDU magistratura talabasi 
    L.E. Ataxanova 
    UrDU magistratura talabasi 
    I.K. Atajonov 
    UrDU magistratura talabasi 
    АННОТАЦИЯ
    В этой статье исследуются концепции кризиса и агрессии в подростковом 
    возрасте. В частности, особое внимание уделяется показателям проявления 
    агрессивного поведения у подростков, основным причинам его возникновения 
    и психопрофилактике. 
    ABSTRACT 
    This article explores the concept of crisis and aggression in adolescence. In 
    particular, special attention is paid to the indicators of the manifestation of aggressive 
    behavior in adolescents, the main causes of its occurrence and psychoprophylaxis. 
    Bugungi kunda shiddat bilan o‟zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‟yayotgan 
    bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‟ylar ekanmiz, uning 
    yechimini aynan ta‟lim va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga 
    amin bo‟lamiz. O‟smirlardagi agressiya nafaqat pedagoglar va psixologlar, balki 
    butun bir jamiyat uchun birmuncha o'tkir muammolardan biri hisoblanadi. Inson 
    hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, hayotning yuqori ritmi, shaharlarning 
    zichligi, ortib borayotgan axborot vositalari insonlar psixik holatiga o‟z ta‟sirini 
    ko‟rsatmoqda. O‟smirlar jinoyatchiligining o'sib borayotgan oqimi va axloqning 
    tajovuzkor shakliga moyil bolalar sonining ortishi bunday xavfli ko'rinishlarni 
    uyg'otuvchi psixologik sharoitni o'rganishni birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lgan 
    vazifa sifatida ilgari surdi. Tajovuzning u yoki bu shakllari ko'pchilik o‟smirlar uchun 
    xarakterlidir, biroq ma'lumki, muayyan kategoriyadagi bolalarda tajovuzkorlik 
    axloqning turg'un shakli sifatida nafaqat saqlanadi, balki shaxsning turg'un sifatiga 
    transformatsiyalangancha rivojlanadi ham, natijada bolaning mahsuldor potensiali 


    Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
    «Психологические особенности развития современной 
    личности в годы устойчивого социально-
    экономического развития общества»
    “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
    ривожланиш йилларида замонавий шахс 
    ривожланишининг психологик хусусиятлари”
    Материалы международной конференции. 
    Ташкент. 24 ноября 2021г
    430 
    Халқаро анжуман тўплами. 
    Тошкент 24 ноябрь 2021й.
    pasayadi, to'laqonli kommunikasiya imkoniyati torayadi, uning shaxsiy rivojlanishi 
    deformatsiyalanadi.
    Agressiv o‟smir nafaqat atrofdagilarga, balki o'ziga ham bir talay muammolar 
    keltiradi. Tajovuzkorlik shaxsning turg'un shaxsiy chizig'iga aylanmasligi uchun bola 
    axloqining xususiyatlari va hissiy holatini tushunmoq, o'z vaqtida psixokorreksion 
    ishni tashkil eta olmoq darkor. O‟smirlarning tajovuzkor axloqini o'z vaqtida aniqlash 
    bola shaxsining rivojlanishidagi noxush variantning oldini olish uchun juda zarur 
    hisoblanadi. 
    O‟smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‟lgan davrni tashkil qiladi. 
    O‟smirlik bolalikdan kattalikka o‟tish davri bo‟lib, fiziologik va psixologik jihatdan 
    o‟ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O‟smirlik davrida o‟smirning “men”i 
    qaytadan shakllanadi [1]. Uning atrofdagilarga, ayniqsa, o‟z-o‟ziga bo‟lgan 
    munosabati, qiziqishlari, qadriyati yo‟nalishi keskin o‟zgaradi. Ularda ilgarigi 
    qiziqishlar so‟nadi va yangi qiziqishlar paydo bo‟ladi. Bunda ish qobiliyatining, 
    o‟zlashtirishning pasayishi, o‟smirlarning qo‟polligi va yuqori qo‟zg‟aluvchanligi, 
    o‟zidan qoniqmasligi, agressiya, xavotirlanish kayfiyat beqarorligi, depressiv 
    kechinmalar, tez ranjish, arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish, o‟zini past 
    baholash kabi salbiy xulq-atvor ko‟rinishlari namoyon bo‟ladi. O'smirlik davrida 
    bolalar hissiy jihatdan beqaror bo'lib qoladilar. Psixologlar buni gormonal o'sish, 
    tanani qayta qurish, balog'atga yetish kabi biologik omillar bilan bog‟laydi. Ammo 
    ba'zi hollarda hissiy o'zgarishlar radikal shakllarga ega bo'lib, agressiyaga aylanishi 
    mumkin. Agar o'smir o'z agressiyasi bilan yolg'iz qolsa, bu uni buzg'unchi jamoalarga 
    olib kirishi va natijada huquqbuzarliklarga olib kelishi mumkin. 
    Oddiy kundalik hayotda agressiya - zo„ravonlik yoki raqibni yengish uchun 
    vosita sifatida qo‟llaniladi. Agressiya tushunchasining o„ziga izoh berish qator 
    qiyinchiliklarni tug'diradi, chunki bu termin ko„plab xatti-harakat shakllarini o„zida 
    qamrab olgan. Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflaganlarida, 
    uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfe‟l, barcha narsani o„zi istaganidek qilishni 
    istaydigan, o„z g„oyalarini qat‟iy himoya qiladigan, yechimi yo„q muammolar 
    girdobiga o„zini giriftor qiladigan inson, deb ta‟riflashlari mumkin. Agressiyaga 
    nisbatan berilgan bunday ta‟rif to„g„ri yo noto„g„riligini bilish uchun bu tushunchaga 
    oydinlik kiritish lozim. R.Beron va D.Richardson bu tushunchaga shunday ta‟rif 
    beradi: “Agressiya lotin tilida “agressio” - hujum degan ma‟noni bildiradi, bu bir 
    jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan inson xulq-atvorining har xil formasi”. J.Buss 
    fikricha “Agressiya oqibatida boshqa organizm qandaydir zararli stimulni qabul etish 
    reaksiyasi”. N.Zilman tomonidan bildirilgan fikrga ko„ra agressiya boshqalarga tan 


    Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
    «Психологические особенности развития современной 
    личности в годы устойчивого социально-
    экономического развития общества»
    “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
    ривожланиш йилларида замонавий шахс 
    ривожланишининг психологик хусусиятлари”
    Материалы международной конференции. 
    Ташкент. 24 ноября 2021г
    431 
    Халқаро анжуман тўплами. 
    Тошкент 24 ноябрь 2021й.
    jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir [2]. Agressiyaning namoyon 
    bo‟lishining ko‟plab nazariy asoslari mavjud. Zigmund Freyd fikricha agressiv xulq 
    o‟z tabiati bo‟yicha g‟ayriixtiyoriy va muqarrar. Insonda ikkita birmuncha qudratli 
    instinkt mavjud: jinsiy (libido) va o'limga bo'lgan qiziqish (tanatos). Agar tanatos 
    quvvati sirtga yo'naltirilmasa, bu tezda individumning o'zini parchalashiga olib 
    keladi. Shunday qilib, tanatos bilvosita tajovuzning tashqariga chiqishiga va 
    boshqalarga yo'naltirilishiga ko'maklashadi. Hissiyotlarning tashqi ko'rinishi xavfli 
    harakatlarning namoyon bo'lish ehtimolini kamaytirishi mumkin. K.Lorens agressiya 
    barcha jonli mavjudotlar kabi insonda ham mavjud bo'lgan yashash uchun kurashning 
    tug'ma instinktidan boshlanish nuqtasini oladi. U yashash uchun kurash instinktining 
    manbayi bo'lmish agressiv quvvat organizmda to'satdan, doimiy tezlikda, vaqt o'tishi 
    bilan muntazam yig'ilgancha yuzaga keladi deydi. [3] 
    O‟smirlik davrida o‟g‟il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunday davrlar 
    bo‟ladiki, ularda agressiv fe‟l-atvor eng yuqori yoki eng past ko‟rsatkichlarga ega 
    bo‟ladi. O‟g‟il bolalarda ikki tipdagi agressiyaning namoyon bo‟lishi aniqlangan: 12 
    yosh va 14-15 yosh. Qizlarda ham ikki tipdagi agressiv xulq-atvorning eng yuqori 
    ko‟rsatkichlari 11 va 13 yoshga to‟g‟ri keladi [4]. O‟g‟il bolalar uchun agressiyani 
    to‟g‟ridan to‟g‟ri, ochiq shaklda va nizoga kirishayotgan shaxsning o‟ziga ko‟rsatish 
    xarakterlidir. Qizlarga esa aynan verbal agressiyaning turli ko‟rinishlarini ma‟qul deb 
    bilish xarakterlidir.
    O‟smirlar agressiv xatti-harakatning paydo bo‟lishi va namoyon bo‟lishida 
    quyidagi asosiy sabablar mavjud: 
    1. Oilaviy muhitning nosog‟lomligi. Oilada ota-ona va farzand o‟rtasidagi 
    nizolar, o‟zaro bir-birini tushunmaslik holatlari, oiladagi rahbarlik uslubining to‟g‟ri 
    yo‟lga qo‟yilmaganligi va noto‟liq bo‟lgan oilalarning mavjudligi o‟smirlarda 
    agressiyaning paydo bo‟lishiga olib keladi. Agressiv xulq-atvor natijasi qotillikkacha 
    olib borishi mumkin. Tadqiqotchilardan biri bo‟lgan F.Getting qotillar ko‟p hollarda 
    to‟liq bo‟lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. Uning “Oiladagi agressiv bolalarni 
    o‟rganish” bo‟yicha olib borgan maxsus tadqiqotining natijalariga ko‟ra, noto‟liq 
    oilalarda o‟ta qahrli, qo‟pol, agressiv va shu bilan birga voyaga yetmagan 
    jinoyatchilar kelib chiqayotganligini alohida ko‟rsatib o‟tgan. Uning ta‟kidlashicha 
    to'liq oilalarda ham, noto'liq oilalarda ham sog'lom yoki nosog'lom oilaviy muhit 
    mavjud bo'ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar oilada nosog'lom muhitni 
    vujudga keltiruvchi bosh omillardir.
     
    2. Tengdoshlar guruhi. O‟smirlar doim o‟zgalarga taqlid qiladilar. Ular 
    tengdoshlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o‟zlarini agressiv tutishga 


    Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
    «Психологические особенности развития современной 
    личности в годы устойчивого социально-
    экономического развития общества»
    “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий 
    ривожланиш йилларида замонавий шахс 
    ривожланишининг психологик хусусиятлари”
    Материалы международной конференции. 
    Ташкент. 24 ноября 2021г
    432 
    Халқаро анжуман тўплами. 
    Тошкент 24 ноябрь 2021й.
    urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o‟z tengdoshlari orasida siqib 
    chiqariladi. Bunday bolalar o‟zini xo‟rlangandek his qilib, o‟zi kabi agressiv bolalar 
    guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug‟dirmasdan qolmaydi.
    3.
     
    Ommaviy axborot vositalari agressiya kuchayishiga ta‟sir qilmoqda. 
    Namoyish etiluvchi jangari filmlar, ko‟rsatuvlar, internet orqali o„zining yosh va 
    psixologik xususiyatlariga mos kelmaydigan ma‟lumotlar, jangari o„yinlarni o„ynash 
    agressiyaning paydo bo‟lishiga sabab bo‟lmoqda.
    Yuqoridagi sabablarni bartaraf etish maqsadida ota-onalarga va o‟smirning 
    yaqinlariga quyidagilarni tavsiya qilamiz: 
    -
    O‟smirning mustaqil bo‟lishiga, tashabbus ko‟rsatishiga sharoit yaratish; 
    -
    Ularga nima qilishni buyurmaslik kerak, balki qanday yordam berishni 
    so‟rash kerak, ya‟ni uni qo‟llab-quvvatlashni, unga bo‟lgan ishonchni his qilishi; 
    -
    O‟smir bilan ota-onasi, yaqinlari tez-tez ularning hayotdagi maqsadlari 
    haqida gaplashishi; 
    -
    Oilada ota-ona tajovuzkorlik darajasini iloji boricha pasaytirish; 
    -
    Ishonchli munosabatlar o‟rnatish; 
    -
    O‟smirning sevimli mashg‟ulotlari bo‟lsa, uning quvvatini shu tomonga 
    yo‟naltirish, uni yutuqlari va mehnatsevarligi uchun doim maqtab rag‟batlantirib 
    turish lozim. 
    Demak, hozirgi kunda o‟smirlarda namoyon bo‟layotgan agressiv 
    harakatlarlaning paydo bo‟lish sabablarini aniqlash, destruktiv xulq-atvorning oldini 
    olish muammolarini ilmiy o‟rganish shuni ko‟rsatadiki, inson tabiatidagi bu 
    ko‟rinishni chuqur o‟rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga aylanib 
    bormoqda.
     
    REFERENCES
    1.
    Nishonova Z.T., Kamilova N.G'., Abdullayeva D.U., Xolinazarova M.X. 
    «Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» -Toshkent: 2017, 241-b
    2.
    N.Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” -TOSHKENT: 2013, 130-b 
    3.
    Кернберг О.Ф. Агрессия при расстройствах личности и перверсиях. М, 1998-
    134 с 
    4.
    Ш.Мустафаева. «Ўсмир психологияси: биз билмаган жиҳатлар». Фарғона-
    2015, 7-б. 

    Download 441,9 Kb.




    Download 441,9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    L. E. Ataxanova Urdu magistratura talabasi

    Download 441,9 Kb.
    Pdf ko'rish