|
Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali
|
bet | 1/11 | Sana | 23.11.2023 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #104274 |
Bog'liq Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali Reja: KIRISH KIRISH Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon bo‘lishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu taqdimotning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir»
|
| |