• Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
  • Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
  • Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi




    Download 1,98 Mb.
    bet7/11
    Sana23.11.2023
    Hajmi1,98 Mb.
    #104274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik kapitali

    Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:
    Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:
    Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
    Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga xo‘jalik yuritishning ayrim shakllarida tadbirkorlik kapitalining doiraviy aylanishi, ularning bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarning iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.
    Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital
    Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
    Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag‘larning aylanish tezligi turlicha bo‘ladi. Masalan, unumli iste’molda bo‘lgan xom ashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir necha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
    Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi.
    1.Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi. 2.Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
    Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi
    Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital tayyorlanayotgan mahsulot moddiy tarkibiga buyum jihatdan kirmaydi, uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, o‘zining oldingi natural-buyum shaklini bir nechta doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall) har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.

    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi

    Download 1,98 Mb.