|
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni reja
|
bet | 1/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 129,5 Kb. | | #155148 |
Bog'liq 1-mavzu
PEDAGOGIK MAHORAT HAQIDA TUSHUNCHA, UNING
O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O’RNI REJA:
О`qituvchilik kasbining jamiyatda tutgan o`rni
Pedagogik mahorat tushunchasi
Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko`p jihatdan o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur.
Bugun pedagogning ma`naviyati, mafkuraviy e`tiqodi va o`quv jarayonini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega.
Birinchidan, pedagog jamiyatning fuqarosi sifatida o`z mavqei va faol o`rnini o`quvchilarga namoyish eta olishi lozim. Xususan, uning jamiyat va o`z jamoasidagi o`rni, tanlagan kasbi, o`qitayotgan predmeti bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lishi, talab va qoidalarga amal qilishi, me`yor va qonunlarni hurmat qilishi lozim.
Ikkinchidan, pedagogning e`tiqodi va bilimdonligi uning yangi bilimlar, o`zi tanlagan sohasidagi yangiliklarga nisbatan qiziqishida namoyon bo`ladi.
Uchinchidan, e`tiqodli va bilimdon pedagog o`ziga xos fikrlash tarzi bilan ajralib tura olishi shart. Chunki, yoshlar Shunday noyob, qaytarilmas, andozasiz fikrlash sharoitidagina mustaqil fikrlashga o`rganadilar va fanni boshqa fanlardan ajrata oladilar.
Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim.
Bular quyidagilar:
Dars mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til toptirish va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
Barcha bilimlarini, ko`rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati.
O`z fanini va predmeti sohasi bo`yicha chuqur va har tomonlama mukammal bilimlariga ega bo`la olishi, o`z ustida ishlash qobiliyati.
Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talabtakliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g’avg’o ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa kerak:
|
| |