Taqdimoti mavzu: masofaviy ta’limda internetning tutgan o‘rni




Download 5.5 Mb.
bet1/2
Sana15.01.2024
Hajmi5.5 Mb.
#138046
  1   2
Bog'liq
Xolmatova Umida(masofaviy ta\'lim va multimedia texnologiyalari 2)
6-ona-tili-2-chorak, 3-mavzu, 905, 3- mavzu..., 8-amaliy mashg\'ulot, 3-синтез серных свяжущих на основе местного сырья, десертатсия, 3 laboratoriya Jadvala redaktorlardan iqtisodiy masalalarni yechish (2), 6-laboratoriya (3), 14-Amaliy mashgulot, ADSORBSIYA, eyuf ariza namuna, falsafa2, Donayeva Bibisoira, 1234

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI AMALIY MATEMATIKA VA INTELLEKTUAL TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA YO‘NALISHI 4 – KURS 401 – GURUH TALABASI XOLMATOVA UMIDANING MASOFAVIY TA’LIM VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN


TAQDIMOTI

MAVZU: MASOFAVIY TA’LIMDA INTERNETNING TUTGAN O‘RNI


Reja:
  • Masofaviy ta’limning imkoniyatlari.

  • 2. Masofaviy ta’lim ̶ internet bilan uzviy bog‘liq.

Masofaviy ta’lim uslubi o‘qitishning yangicha zamonaviy shakli bo‘lib, u tinglovchi (o‘quvchi)ning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mustaqil bilim olishga, izlanishga, fikrlashga o‘rgatadi.
Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda.
Masofaviy ta’lim – o‘quv jarayonining maqsadi, mazmuni, uslublari, o‘qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda o‘qituvchilarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi.
Bugungi kunda dunyoda ko‘pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag‘larini tejamoqda.
Shuningdek, masofaviy ta’limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo‘lib, masalan, o‘qitish uchun sinflar, doskalar, stollar va boshqa o‘quv qurollari zarur emas. Moliyaviy xarajatlar asosan o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki bu tizim samarasida xarajatlar kamayadi. O‘quv-uslubiy materiallar qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik o‘quvchiga foydali bo‘ladi.
Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikatsiya, masofaviy ta’lim uslubiy materiallari, elektron va odatdagi darsliklar, audio va video darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) elektron kutubxonalar, testlar, multimedia elektron darsliklar va, albatta, internetga ulangan kompyuter kerak bo‘ladi.
Bunday ta’limda o‘quvchi har kuni ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Shu bilan birga bu tizim vositasida salomatligi cheklanganlar, uzoq hududlarda yashovchi bolalar, hatto mahkumlar bilan birga bo‘lib turgan bolalar ham ta’lim olishi mumkin.
Kattalarga esa masofaviy ta’limda o‘z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda ta’lim olish va malaka oshirishlariga imkoniyat yaratiladi.
Bundan tashqari, masofadan turib o‘qiganda bir necha kurslarda bir vaqtning o‘zida ta’lim olish imkoniyati mavjud.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan aslo qolishmaydi. Balki samarasiga ko‘ra ustunlik jihatlari ham bor. Negaki, o‘quv materialining asosiy qismini o‘quvchi o‘zi mustaqil o‘qib-o‘rganadi. Bu o‘tilgan mavzularni puxta o‘zlashtirish va eslab qolishga yordam beradi. Buning ustiga darslarni yangi texnologiyalar vositasida o‘qish tinglovchii uchun qiziqarli va mazmunli bo‘ladi.
Bunday ta’lim tizimida darsliklar, qo‘llanmalar yetishmasligi kabi muammolar bo‘lmaydi. O‘quvchi o‘quv materialini elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoq orqali qabul qilib oladi. Shu bilan birga ma’lum saytlarga obuna bo‘lishi, ma’lumotlar bazasiga kirib, o‘ziga kerakli axborotlarni olishi mumkin.
Ko‘pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, axborot qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi hech birimizga sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Bunga misol qilib: masofadan o‘qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar sohalarni aytishimiz mumkin.
Albatta masofaviy ta'limni internetsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Lekin xamma joyda ham internet yaxshi ishlaydi deb bo'lmaydi.

Download 5.5 Mb.
  1   2




Download 5.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqdimoti mavzu: masofaviy ta’limda internetning tutgan o‘rni

Download 5.5 Mb.