|
Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, Aylamak bo`lmas oning xaqqin ado ming ranj ila
|
bet | 2/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 129,5 Kb. | | #155148 |
Bog'liq 1-mavzuHaq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila, Aylamak bo`lmas oning xaqqin ado ming ranj ila.
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o`z ishining natijasi bilan mo`jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori bo`ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste`dodli kishidagina pedagogik mahorat bo`lishi mumkin.
O`qituvchining qobiliyatlari
Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o`qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste`dod, layoqat va zehn, ya`ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik hususiyat bo`lishi ham zarur.
Pedagogik faoliyatning samarali bo`lishi uchun o`qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo`lmog’i lozim:
Bilish qobiliyati. - Bunday qobiliyatga ega bo`lgan o`qituvchi fanni o`quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o`z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
Tushuntira olish qobiliyati - o`quv materialini o`quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o`quvchilarda mustaqil ravishda to`g’ri fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati. O`qituvchi zarur hollarda o`quv materialini o`zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o`quvchilarga etkaza olishi lozim.
Qobiliyatli pedagog o`quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularni nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo`yganliklarini tasavvur etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi o`zini o`quvchining o`rniga qo`ya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli bo`lgan narsalarning o`quvchilarga tushunilishi qiyin va mavxum bo`lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning shaklini alohida rejalashtiradi.
Kuzatuvchanlik qobiliyati. - o`quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’lik bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik. Bunday o`qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo`lmagan tashqi belgilar asosida o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg’amas o`zgarishlarni ham faxmlab oladi. O`quvchilar bunday o`qituvchi haqida:
«Qaramayotganga o`xshaydiyu, hamma narsani ko`rib turadi!», «O`quvchining xafa bo`lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!» - deydilar.
|
| |