|
Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o’rni reja
|
bet | 3/7 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 129,5 Kb. | | #155148 |
Bog'liq 1-mavzuNutq qobiliyati-nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o`z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati.
O`qituvchining nutqi darsda hamisha o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki qoralayotgan bo`lsa ham, uning nutqi hamisha o`zining ichki kuchi, ishonchi, o`zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
O`qituvchining bayoni o`quvchilar fikri va diqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi, savollar qo`yib, ularni asta-sekin to`g’ri javob berishga undaydi, o`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu yerga alohida e`tibor bering!», «o`ylab ko`ring!» kabi). Shuningdek, o`rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o`quvchilar tez o`zlashtiradilar.
O`qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuz jihatdan erkin, ifodali, emotsional bo`lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning o`zlashtirishlari uchun o`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqaloqlik materialni o`zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatib qo`yadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo`ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib qo`yadi. O`qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g’ashini keltiradi.
Tashkilotchilik qobiliyati-birinchidan, o`quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o`z ishini uyushtirishni nazarda tutadi.
O`z ishini tashkil etish deganda ishni to`g’ri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o`qituvchilarda vaqtni o`ziga xos his etish-ishni vaqtga qarab to`g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish hususiyati hosil bo`ladi.
Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ba`zan uchrab turadi. Ammo tajribali o`qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o`zgartira oladi.
|
| |